Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘G‘risida 1-modda. Atmosfera havosi tabiatni muhofaza qilish obyekti sifatida


-modda. Kimyoviy moddalarni ishlab chiqarish va ulardan foydalanish


Download 103.95 Kb.
bet9/14
Sana02.06.2024
Hajmi103.95 Kb.
#1837698
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
18-modda. Kimyoviy moddalarni ishlab chiqarish va ulardan foydalanish
Oldingi tahrirga qarang.
Kimyoviy moddalarni ishlab chiqaruvchi yoki ulardan foydalanuvchi korxona va tashkilotlar bunday moddalarning atmosfera havosida yo‘l qo‘yiladigan darajada to‘planish normativlarini, ularni nazorat qilish usullari va ekologik-toksikologik pasportlarini O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi belgilagan tartibda ishlab chiqadilar.
(18-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ishlatish taqiqlangan va ishlatishga yaroqsiz bo‘lib qolgan kimyoviy moddalarni zararsizlantirish davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi mavjud bo‘lganda, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
(18-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-aprelya O‘RQ-352-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘simliklarni himoya qilish vositasi, ularning o‘sishini tezlashtiruvchi omil, mineral o‘g‘it va boshqa preparatlar sifatida kimyoviy moddalarni ishlatishga qishloq xo‘jaligi o‘simliklarini himoya qilish vositalarini qo‘llash reglamentiga muvofiq yo‘l qo‘yiladi.
(18-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 13-martdagi O‘RQ-529-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2019-y., 03/19/529/2765-son — 2019-yil 15-iyundan kuchga kiradi)
19-modda. Ozon qatlamiga zararli ta’sir ko‘rsatishning oldini olishga doir talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Obyektlarni loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlashda, xo‘jalik va boshqa faoliyatni amalga oshirishda korxonalar, muassasalar va tashkilotlar ozonni buzuvchi moddalardan, tarkibida ozonni buzuvchi moddalar mavjud bo‘lgan uskunalar va texnik qurilmalardan foydalanish hamda qo‘llashni tartibga solishga doir chora-tadbirlarga rioya etishi lozim.
Tarkibida ozonni buzuvchi moddalar mavjud bo‘lgan buyumlardan foydalanuvchi va ularni ta’mirlovchi korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlar bunday moddalar hisobga olinishini va ular ozon uchun xavfsiz moddalar bilan almashtirilishini ta’minlashi lozim.
Ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ular mavjud bo‘lgan mahsulotlarning importi hamda eksporti ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan beriladigan ruxsatnomalar asosida amalga oshiriladi.
(19-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 13-martdagi O‘RQ-529-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2019-y., 03/19/529/2765-son — 2019-yil 15-iyundan kuchga kiradi)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-martdagi 126-sonli “Ozon qatlamini buzuvchi moddalardan foydalanishni to‘xtatish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori.

Download 103.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling