4-modda. Fuqarolarning atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi huquq va majburiyatlari
Fuqarolar quyidagi huquqlarga ega:
o‘z hayoti va sog‘lig‘i uchun qulay atmosfera havosidan foydalanish;
atmosfera havosining holati hamda uni muhofaza qilish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida tegishli davlat organlaridan o‘z vaqtida va ishonchli axborot olish;
atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar va biologik organizmlar chiqarilishi hamda unga fizikaviy omillarning zararli ta’sir ko‘rsatishi tufayli o‘z sog‘lig‘iga va mol-mulkiga ziyon yetkazilgan hollarda zararning o‘rni qoplanishi;
atmosfera havosini muhofaza qilish masalalari bo‘yicha jamoatchilik fikrini o‘rganishni va jamoatchilik ekologik ekspertizasini amalga oshirishda ishtirok etish.
Fuqarolar:
Oldingi tahrirga qarang.
atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etishi;
(4-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
atmosfera havosining ifloslanishiga, kamayishiga va unga fizikaviy omillarning zararli ta’sir ko‘rsatishiga olib keluvchi harakatlarni sodir etmasligi shart.
(4-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 13-martdagi O‘RQ-529-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2019-y., 03/19/529/2765-son — 2019-yil 15-iyundan kuchga kiradi)
5-modda. Atmosfera havosini muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi
Oldingi tahrirga qarang.
Atmosfera havosini muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari amalga oshiradilar.
(5-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |