2 - ma‟ruza: ATMOSFERA HAVOSINI MUHOFAZA QILISH.
ATMOSFERA HAVOSINI ZAHARLI GAZ VA CHANGLARDAN
TOZALASH USULLARI. GIDROSFERANI MUHOFAZA QILISH.
LITOSFERANI MUHOFAZA QILISH. INSONNING XO„JALIK
FAOLIYATI TA‟SIRIDA ATROF MUHIT HOLATI O„ZGARISHI VA
UNING OQIBATLARI. MONITORING.
BARQAROR
RIVOJLANISHMUAMMOLARI VA ISTIQBOLLARI.
EKOLOGIK
MONITORING VA EKOLOGIK EKSPERTIZA.
Reja:
1. Atmosfera havosining ta‟rifi, chegaralari, tarkibi.
2. Atmosfera resurslari.
3. Havoning ifloslanish sabablari va manba‟lari.
4. Atmosfera ifloslanishining salbiy oqibatlari.
Tayanch iboralar: atmosfera, troposfera, stratosfera, mezosfera,
ionosfera, termosfera, ekzosfera, albedo, iqlim, antropogen, ozon, smog.
Er kurrasini o‗rab olgan havo qatlamini
«Atmosfera» deyiladi.
Atmosfera
o‗zining hajmi bo‗yicha er sayyorasining qolgan qismlaridan bir necha marta katta
bo‗lishiga qaramay, uning massasi er massasining 0,000001 ga yaqin qismini ya‘ni
5 kvadrillion 157 trillion tonnani tashkil etadi.
Atmosferaning yuqori chegarasi deb shartli ravishda erning tortish kuchi bilan
uning aylanishi evaziga markazdan intilish kuchi muvofiqlashgan joyi qabul
qilingan. Bu sathda atmosfera bilan erning o‗zaro bog‗lanishi yo‗qoladi.
Xisob-
kitoblarga ko‗ra, bu satx, ellepsoidal yuzaga ega bo‗lib, ekvatorda 42, qutblarda 48
ming
km balandlikda joylashgan. SHunga qaramasdan,
atmosferaning deyarli
barcha massasi(99 % dan ortig‗i) uning quyi qatlamiga - troposfera va stratosferaga
to‗g‗ri keladi. Atmosfera balandligi ortishi
bilan uning tarkibiy qismi, zichligi,
harorati va havoning harakat tezligi o‗zgarib boradi.
1-jadval