Atmosfera havosini zaharli gaz va changlardan tozalash usullari. Gidrosferani muhofaza qilish. Litosferani muhofaza qilish. Insonning xo


o„zgarib borish sxemasi (Manba. R.Ramade, 1998 y.)


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/45
Sana10.10.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1696937
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Bog'liq
2-ma\'ruza

o„zgarib borish sxemasi (Manba. R.Ramade, 1998 y.). 
Atmosferaning eng pastki qismi troposfera deb atalib, havo massasining 
0,8 dan ortiq qismini o‗z ichiga oladi. Bu balandlikni har 1 km ga ortishi bilan 
harorat pasaya boradi. Troposferaning qalinligi qutb kengliklarida 8-10 km bo‗lib, 
ekvatorda 16-18. Zichligi esa, erdan baland ko‗tarilgan sari kamayadi. 
Troposferaning yuqorisida, stratosferaga o‗tish qismida harorat aksincha sovib -
50 dan -80°S gacha etadi. Stratosferada erdan 25 km balandlikkacha harorat 
o‗zgarmay koladi. Stratosfera bo‗ylab quyoshning ultra-binafsha nurlari ta‘sirida 
ozon(O
3
) hosil bo‗ladi. Uning eng ko‗p konsentratsiyasi er yuzidan 22—25 km 
balandlikda kuzatiladi. Ozon er satxining yuqori kengliklarida ko‗p, urta va qo‗yi 
kengliklarida kam kuzatiladi. Uning miqdori faslga qarab ham o‗zgarib turadi: 
baxorda ko‗payadi, kuzda esa kamayadi. Erdan 55 km balandlikkacha harorat ortib
3-0 
0
S ga etadi. Stratosferadan so‗ng mezosfera qatlami joylashgan bo‗lib, uning 
Erdan balandligi 85 km gacha boradi. Bu qavatdan yuqorida harorat asta-sekin 
pasayib 85-95 km balandlikda 100-130 
0
S ga etadi. Bu qavatdan yuqorida 
ionosfera yoki termosfera joylashgan. Uning balandligi er 200-300 km gacha 
boradi. Bu erda harorat yana ortib 1000°S atrofida bo‗ladi. Ionosfera qavatidan 
keyin egzosfera qavati keladi. Uning eng yuqori chegarasi er satxidan 2000 km 


balandlikda joylashgan. Bu qavatning yuqori qismida atmosferaning asosiy tarkibi 
neytral vodoroddan, proton va elektronlardan tashkil topgan. 
Eng toza havo okean suvlari ustidadir. Qishloqlar ustida havodagi chang 
zarrachalari miqdori okean yuzasidagiga nisbatan 10 barobar, shaharlar ustida 35 
barobar, sanoat korxonalari ustida 150 barobargacha ortiq bo‗ladi. Havoning chang 
bilan ifloslanishi asosan, er satxidan 1,5-2 km balandlikkacha kuzatiladi va quyosh 
nurlarining yozda 20 % ini, qishda 50% ini tutib qoladi. Erda hayotning davom 
etishi, asosan, havoning tozaligiga bog‗lik. Masalan, inson ovqatsiz va suvsiz bir 
necha kun yashay olishi mumkin, ammo havosiz faqat 5 minutgina yashaydi. Bir 
kishi kuniga 1 kg ovqat va 2 litr suv ist‘emol qilib, 25 kg havoni nafas olish uchun 
sarflaydi. 
Toza havo faqat inson uchungina emas, balki hayvonot va o‗simlik dunyosi 
uchun, shuningdek, antibiotiklar, yarim o‗tqazgichlar, yuqori aniqlikka ega bo‗lgan 
ulchov asboblari ishlab chiqaradigan sanoat tarmoqlari uchun ham zarurdir. 
Jadvalda atmosfera havosining gaz tarkibi, xajmi va massasining 1995 yilga qadar 
bo‗lgan xolati to‗g‗risida ma‘lumotlar keltirilgan. 

Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling