Atmosfera havosini zaharli gaz va changlardan tozalash usullari. Gidrosferani muhofaza qilish. Litosferani muhofaza qilish. Insonning xo


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/45
Sana10.10.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1696937
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Bog'liq
2-ma\'ruza

Atmosferadagi ozon. Ozon (O
3
) juda kam miqdorda ekanligiga 
qaramasdan, atmosferaning yuqori qatlamlarida (ayniksa stratosferada) boradigan 
fizikaviy jarayonlarda muhim rol uynaydi. Ozon qobig‗i butun Er sharini qoplab
atmosferada 10 kmdan 70 km balandlikkacha uchraydi, lekin ozon 
molekularlarining (O
3
) maksimal miqdori 20-25 km balandlikda joylashgan. 
Atmosferadagi ozonning umumiy massasi tahminan 3,2 • 10
9
t ni tashqil qiladi. 
Ozon atmosferaning yuqori chegarasiga tushadigan quyosh nurlanishining 3% ga 
yaqinini yutadi. YUtilish spektrning 0,22 — 0,29 mkm to‗lqin uzunligidagi 
ultrabinafsha sohasida sodir bo‗ladi. Spektrning bu sohasinig yutilishi shunchalik 
kattaki, quyosh nurlarining energiyasi ozon qatlamining eng yuqori qismlarida, 50 
— 45 km balandlikda deyarli to‗liq yutiladi. SHu sabali bu balandlikdagi havoning 
harorati 0°gacha ko‗tariladi. 
Ultrabinafsha nurlarning asosiy xususiyati ularning yuqori biologik faollikka 
ega ekanligidir. Ular bakteriyalarning ko‗pgina turlarini o‗ldiradi, badanni 
foraytiradi, organizmda D vitamin hosil bo‗lishiga ko‗maklashadi. Biroq, 
ultrabinafsha nurlanishning ozgina miqdorigina foydali xisoblanadi. Katta 
miqdorlari inson terisi kasalliklariga (eritema) va xatto kuyishga olib kelishi 
mumkin. 
Agar ozon bo‗lmaganda biologik faol ultrabinafsha nurlar Erdagi barcha 
biologik jarayonlarni va balki butun organik hayotni sezilarli o‗zgartirgan bo‗lar 
edi. Demak, ozon ximoyalovchi ekranni hosil qiladi. Atmosferaning ba‘zi 
moddalar bilan global ifloslanishi ozon ekrani zichligini kamaytirishi va «ozon 
teshiklari» ni paydo qilishi mumkin, deb xisoblanadi. 
Atmosferada ozon paydo bo‗ladigan fizikaviy va kimyoviy jarayonlar 
murakkab tabiatga ega. Ikki atomli kislorod molekulalari quyoshning ultrabinafsha 
nurlarini yutganda qisman atomlarga parchalanadi. Kislorod atomlari ko‗zg‗algan 
holda bo‗ladi (ya‘ni m‘yoriy holatdagiga nisbatan katta energiya zahirasiga ega 
bo‗ladi). SHu sababli ozon molekulasi uchlama tuknashuvda ya‘ni kislorod 
molekulasi, kislorodning atomi va ortiqcha energiyani qabul qilib oluvchi azot 
yoki boshka gaz molekulasi bir —biri bilan tuqnashgandagina hosil bo‗ladi. Bir 
vaqtning o‗zida qarama —qarshi jarayon — ozonning kislorodga parchalanishi 
sodir bo‗ladi. 
Atmosferadagi ozon miqdori sutkalik (kunduzi — maksimum, kechasi - 
minimum) va mavsumiy (bahorda — maksimum, kuz va kishda — minimum) 
o‗zgarishlarga ega. Kenglikning ortishi bilan maksimumga erishish kechroq 
oylarga suriladi. 



Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling