Atmosfera havosini zaharli gaz va changlardan tozalash usullari. Gidrosferani muhofaza qilish. Litosferani muhofaza qilish. Insonning xo


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/45
Sana10.10.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1696937
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   45
Bog'liq
2-ma\'ruza

Atrof-muhit monitoringi – atrof tabiiy muhit va ekologiya hukuki ob‘ektlari 
holatini va ularning kishilar faoliyati natijasida o‗zgarib borish darajasini kuzatib 
borish va ularning oldini olish choralarini belgilash. Monitoringni asosiy maqsadi 
– qo‗yidagilar bo‗yicha ilmiy asoslangan tadbirlarni ishlab chiqishdir: 
- atrof muhitni muhofaza qilish; 
- tabiiy resurslardan oqilona foydalanish 
- insonlar sog‗lig‗i va tirik organizmlar uchun xavfli turli vaziyatlarning oldini 
olish va ogoxlantirish
- tabiat komplekslari va ob‘ektlarini muhofaza qilish. 
XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab fan-texnika rivojlanishi natijasida 
jamiyatning tabiatga ta‘siri kuchayib ketdi. Oqibatda sayyoraviy, mintaqaviy va 
maxalliy ekologik muammolar kelib chiqa boshladi.
Monitoring haqida birinchi marta BMT ning «Inson va atrof muxitining 
muammolari» bo‗yicha konferensiyasi ( Stokgolm shaxri 1972 5-16 iyun) da 
maxsus ekspertlar tomonidan monitoring tizimini tashkil etishga doir takliflar 


bildirildi.
Ekologik monitoring deb- biosferani tashkil etuvchi abiotik komponentlar 
xolatini va ekosistemalarda ifloslanish, erlardan qishloq xo‗jaligida foydalanish, 
urbanizatsiya va boshqalarning ta‘siri bilan bog‗liq bo‗lgan antropogen 
o‗zgarishlarni aniqlash tushuniladi.
Monitoring so‗zi inglizcha so‗zdan olingan bo‗lib kuzatish, nazorat qilib borish 
ma‘nolarini bildiradi. 
Ekologik 
monitoringi 
asosiy yunalishlari 
1.Atrof-muxitga ta‘sir ko‗rsatuvchi omillarni va muxit xolatini kuzatish. 
2. Atrof-muxitining xaqiqiy xolatini kuzatish va baxolash. 
3. Atrof-muxit xolatinig bashorati va bu xolatning baxosi.
Monitoringlar uch xil: global, regional, lokal yo‗nalishlarda olib boriladi.
Monitoring tizimi quyidagi belgilarga qarab tavsiflanadi. 
Monitoring olib borilayotgan xudud maydoniga , atmosfera, suv, tuproq va 
boshqalar ya‘ni ob‘ektlarga ko‗ra bo‗linadi. 
Metodlariga ko‗ra: 
1. Asboblar bilan o‗lchash
2.Masofaviy tasvir
Ta‘sir turlariga ko‗ra: 
Geofizikaviy
Biologik
Tabiiy geografik
Iqtisodiy, ijtimoiy
Maqsadlariga ko‗ra: 
1.Muxitning xozirgi xolatini aniqlash
2.Qiska muddatli bashorat
3.Uzoq muddatli xulosalar
4.Tadqiqotlar
5.Muxitga bo‗layotgan ta‘sirlarni kuzatish
Monitoringni tashkil qilish quyidagi bosqichlarga ajratiladi: 
Bioekologik
Geoekologik
Biosfera 
1. Bioekologik monitoring bosqichi- atrof-muxitning ifloslanishi uning inson 
salomatligiga ta‘siri nuqtai nazaridan kuzatiladi. 
2. Geoekologik monitoring boskichi- tabiiy ekotizimning funsiyalar tarkibi va 
uning buzilishi, o‗simlik va xayvonlarning populyasion holati, qishloq xo‗jaligi 
ekinlarining hosildorligi bo‗yicha kuzatiladi. 
3. Bisfera monitoring boskichining - asosiy vazifasi atrof-muxitni dunyo 
miqyosida kuzatishdan iborat. Dunyo miqyosida bo‗ladigan o‗zgarishlarning axoli 
salomatligi va faoliyatiga ta‘sirini baxolashdir.
Kuzatish uslublariga ko‗ra monitoring turlari: 
Er sun‘iy yo‗ldoshlaridan -(sputniklar) monitoringda masofaviy metodlardan 
foydalaniladi. 


Iqlim monitoringi- asosiy maqsadi iqlim tizimlarini va ularning extimoliy 
o‗zgarishlarini kuzatish va baxolashdir. 
Biologik monitoring- biota xolati uning antropogen omillarga ta‘sir reaksiyasini 
va funksiyalarini kuzatadi va aniqlaydi. 
Ekstren monitoring- ―Ekstren‖ lotincha ―ekstra‖ tashqi favqulotda, zudlik bilan 
degan ma‘noni bildiradi. Bu monitoring atmosferadagi o‗zgarishlar, ozon 
qatlamidagi o‗zgarishlarni, neft tashuvchi kemalar xalokatlarining oqibatlarini 
kuzatishda muhim ahamiyatga ega.
O‗zbekistonda atrof-muxit monitoringini amalga oshirish: 
O‗zbekistonda mavjud idoraviy xizmatlar faoliyatini uyg‗unlashtirish va atrof 
tabiiy muxitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish 
maqsadida O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan 2002 yil 4 
aprelda 111 sonli ― O‗zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat 
monitoringi haqidagi Nizomini tasdiqlash to‗g‗risida‖ gi qarori qabul qilindi. 
2003 yil 16 sonli va 2006 yil 16 martda 48 sonli qarori bilan O‗zbekiston 
Respublikasi atrof tabiiy muhit monitoringi dasturlari qabul qilingan. 
Respublikamizda: 
Atrof muhitni ifloslantiruvchi 
Atmosfera havosini ifloslantiruvchi 
Oqava suvlarni ifloslantiruvchi 
Tuproqlarni ifloslantiruvchi manbalar monitoringi amalga oshiriladi. 
Atrof muhit monitoringi mamlakatimizning bir qancha muassasa va tashkilotlari 
tomonidan amalga oshiriladi. 
Atmosfera 
xavosi 
va 
suv 
xavzalarining 
ifloslanishi- 
O‗zbekiston 
Gidrometeorologiya Bosh Boshqarmasi, er osti suvlarining ifloslanishi, nohush 
tabiiy geografik jarayonlarning rivojlanishi – O‗zbekiston Geologiya qo‗mitasi 
tuproqlarning sho‗rlanishi va grunt suvlari me‘yori – O‗zbekgidrogeologiya 
korxonasi, kollektor suvlarning minerallashuvi darajasini- Qishloq va suv xo‗jaligi 
vazirligi, o‗rmonlar xolati - O‗rmon xo‗jaligi davlat qo‗mitasi, atrof muxitni inson 
salomatligiga ta‘sirini – Sog‗liqni saqlash Vazirligi tomonidan nazorat qilinadi.
Bu tashkilot va muassasalarning monitoringi - Ekologiya va atrof muhitni 
muhofaza qilish davlat qo‗mitasi tomonidan boshqariladi.

Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling