Atmosfera havosini zaharli gaz va changlardan tozalash usullari. Gidrosferani muhofaza qilish. Litosferani muhofaza qilish. Insonning xo


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/45
Sana10.10.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1696937
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   45
Bog'liq
2-ma\'ruza

II. Kimyoviy ifloslanish 


1. Uglevodorodlar – gazsimon va suyuq Tabiiy gaz, suyuq neft mahsulotlari 
2. Yuvuvchi vositalari 
Sovun, sintetik faol moddalar 
3. Plastmassalar 
Turli polimer moddalar 
4. Pestitsidlar 
Turli sohalarda qo‗llanadigan biologik 
faol («tiriklikni o‗ldiruvchi») sintetik 
birikmalar 
5. Oltingugurt birikmalar 
Oltingugurtli gazsimon, suyuq, va qattiq 
birikmalar 
6. Azot birikmalar 
Azotli 
gazsimon, 
suyuq, 
qattiq 
birikmalar 
7. Sintetik birikmalar 
Biologik faollikka ega turli organik 
birikmalar 
8. Og‗ir metallar 
Turli metallar Pb, Hg, Cu, Zn, Co, Sb, 
Mn birikmalari
9. Ftorli birikmalar 
Ftorning gazsimon, suyuq va qattiq 
zaharli birikmalar 
III. Biologik ifloslanish 
1. Mikrobiologik 
Zamburug‗lar sporalari, bakteriyalar, 
viruslar 
2. YUqumli (infeksion) 
Kasallik kuzg‗atuvchilar 
Radioaktiv ifloslanish – muhitdagi birikmalar mikdorining tabiiy darajadan 
ortishi bilan bog‗liq. Bu turdagi ifloslanishning asosiy manbasi radionuklidlar 
tutgan radioaktiv chiqindilar va sinov poligonlaridagi yadro portlashlaridir. 
Ularning emirilish davri bir necha haftadan bir necha yuz yilgacha davom etadi va 
bu vaqt ichida radioaktiv moddalar juda katta xavf tug‗diradi. Radioaktiv moddalar 
ozuqa zanjiri bo‗ylab tarqalib, inson organizimiga tushadi va unda sog‗liqqa zararli 
miqdorlarda yig‗ilishi mumkin. 
Ionlashtiruvchi nurlanishlarning organizmga ta‘siri turlichadir. Umuman 
olganda, nurlangan organizmda immunitet pasayadi, onkologik kassaliklar 
extimolligi paydo bo‗ladi, genetik darajada o‗zgarishlar yuz berishi mumkin va 
x.k. 
Havoning ifloslanishi ham inson organizmiga salbiy ta‘sir ko‗rsatib, ular 
salomatligining yomonlashishiga sabab bo‗lmoqda. Ayniksa oltingugurt oksidi, 
ftor birikmasi, azot oksidlari, har hil sanoat changlari, radioaktiv moddalar va 
qishloq xo‗jalik pestitsidlari inson organizmida har hil kasalliklarni vujudga 
keltiradi. 
Oltingugurt oksidi (SO) xavoda ko‗p to‗plansa insonlarda bronxit, gastrit va 
o‗pka kasalliklarini vujudga keltiradi. 
Uglerod oksidining (CO) havoda ortib borishi tufayli inson or-ganizimida 
gemoglobin susayadi, yurak, qon-tomir tizimlarida buzilishlar sodir bo‗ladi, 
arteroskleroz xastaligi rivojlanadi, bosh aylanadi, og‗riydi, yurak tez-tez urib, uyqu 
buziladi, kishi tajang bo‗lib qoladi.


Vodorod sulfid (H
2
S) gazining xaddan tashqari ko‗payib ketishi natijasida 
insonning boshi og‗riydi, qayt qiladi, darmonsizlanadi va hatto hid bilish qobiliyati 
zaiflashadi. 
Ftor birikmalari ta‘sirida esa burundan qon keladi, tumov paydo bo‗ladi, odam 
yo‗taladi. 
Azot oksidlari (NO, NO2, NO3) tufayli o‗pka xastalanadi, qon bosimi 
pasayadi va natijada bosh aylanib, xushidan ketadi, qayt qiladi, nafasi bo‗g‗iladi. 
Inson organizmi uchun zararli bo‗lgan har xil changlar yil sayin atmosfera 
tarkibida ko‗payib bormoqda. Zararli chang va boshqa qattiq zar-rachalar 
sanoatlashgan rayonlarda, shaharlarda qishloqlarga nisbatan ko‗p. Bular inson 
organizmiga xavo bilan birga kirib, ularda xar xil xasta-liklarning vujudga kelishini 
tezlashtiradi. CHang zarrachalari inson terisini xususan shilliq pardalarini 
zararlaydi, ko‗z xastaligini tezlashtiradi. Ayniqsa sement zavodi, tog‗-kon 
sanoatidagi keraksiz tog‗ jinslari (otval), sanoat chiqindilaridan kelgan changlar, 
konlarda, yo‗l qurilishida, tug‗on qurilishida o‗tqaziladigan portlashlardan vujudga 
kelgan changlar atrofidagi o‗simliklarga salbiy ta‘sir etadi. 
Atmosferaning ifloslanishi hayvonlarga ham salbiy ta‘sir etadi.
Hozirgi kunda aksariyat ishlab chiqarish korxonalarida toza suv ko‗p 
miqdorda ishlatilib, yaxshi tozalanmasdan ochiq suv havzalariga tashlanishi 
oqibatida suv havzalaridagi tabiiy suvning kimyoviy tarkibi o‗zgarib kelmoqda. Bu 
hol aholi orasida turli hil kassaliklarning tarqalishiga olib kelmoqda. Aholi 
o‗rtasida suv orqali bo‗ladigan va yuqadigan kasalliklarning kelib chiqishida 
ichimlik suvlari tarkibidagi azot gibridlar va azot nitratlar indikator rolini o‗ynaydi. 
Bu moddalar bilan zaharlangan kishilarda quvvatsizlik, rangsizlik kabi alomatlar 
kuzatiladi. 
Hozirgi kunda aholini gigiena talablariga javob beradigan toza ichimlik suvi 
bilan ta‘minlash, insonlar salomatligini muhofaza qilishning asosiy omillaridan 
bo‗lib qolmoqda. Aholini toza ichimlik suv bilan ta‘minlash, suv orqali 
tarqaladigan yuqumli kasalliklardan asrash va suvning kimyoviy tarkibini 
o‗zgarishidan kelib chiqadigan zaxarlanishni oldini olish muhim ahamiyat kasb 
etadi. Suvning sifati va tabiiy holatining buzilishi, ular takribida yuqumli 
kasalliklar qo‗zg‗atuvchi mikroorganizmlar va g‗ijja tuxumlarining hamda turli 
kimyoviy moddalar miqdorining ko‗payib ketishi, albatta inson salomatligiga 
ziyon etqazadi.
Bu erda shunga e‘tibor berish kerakki, tabiatdagi ekologik omillar biri 
ikkinchisi bilan qanday o‗zaro bog‗langan bo‗lsa, inson a‘zolari ham shunday 
bog‗liqdir. Organizmning biror a‘zosi uning vazifasini to‗la bajarmasa, uning 
ta‘siri tufayli boshqa a‘zolarida xam tabiiy ravishda o‗zgarishlar sodir bo‗ladi. 
Tibbiy biologik tekshirishlar natijasi shuni ko‗rsatdiki, tashqi muhit ta‘sirida 
inson organizimida kechadigan fiziologik va biologik jarayonlar keskin o‗zgarar 
ekan. 


Fan va texnikaning jadal rivojlanishi tabiatdan va uning resurslaridan 
foydalanish, ularni muhofaza qilish qo‗yidagi vazifalarni kompleks holda amalga 
oshirishni talab qiladi:
1. Tabiatni insonlarni yashash makoni, hayot kechirish manbai, ruhiy va estetik 
ehtiyojini qondiruvchi shart-sharoit sifatida toza saqlash. 
2. Tabiiy resurslardan foydalanishning ko‗lamini, strukturasini, mikdorini va 
xarakterinii tartibga solish. 
3. Ishlab chiqarishda iste‘mol qilinadigan xom ashyoning ko‗p qismini chiqindiga 
chiqarib, atrof-muhit tabiatni ifloslovchi, allaqachonlar o‗z asrini yashab bo‗lgan 
eski texnik va texnologik jarayonlarni kam chiqindi chiqaradigan zamonaviy 
texnologiya bilan almashtirishga erishish. 
4. Tabiiy resurslardan sanoat ishlab chiqarishning uzoq muddatli o‗sishini hamda 
kelajak avlodlaring har tomonlama rivojlanishini baravar hisobga olgan xolda 
foydalanishga erishish. 
Tabiatni muxofaza qilishning axamiyati xilma-xil bulib, ular umumlashtirib 
qo‗yidagi iqtisodiy, sog„lomlashtirish-gigiena, tarbiyaviy va estetik kabi 
aspektlarga ajratiladi. 
1. Iqtisodiy aspekti. Tabiat va tabiiy resurslar jamiyatning moddiy farovonlik 
manbai sifatida qaralib, uning muhofaza qilishning iqtisodiy aspekti o‗tmishda 
ham, hozir ham asosiy masala bo‗lib hisoblanadi. CHunki inson o‗zi uchun zarur 
bo‗lgan moddiy boyliklarni hammasini tabiatdan oladi. Natijada, tabiiy resurslarga 
bo‗lgan ehtiyoji tobora o‗sib borayotganligi tufayli tabiatni muhofaza qilishning 
iqtisodiy aspekti juda katta ahamitga ega bo‗lib qoladi. CHunki tabiiy resurslarning 
holati yomonlashsa jamiyat uchun juda katta iqtisody zarar etadi. 
2. Sog‗lamlashtirish-gigienik aspekti so‗nggi yillarda tabiatni sanoat, transport, 
maishiy-kommunal, qishloq xo‗jalik chiqindilari va boshqalar bilan ifloslanishi 
tufayli vujudga keladi. CHunki tabiat qancha ifloslansa kishilarning salomatligiga 
shuncha salbiy ta‘sir etadi. Binobarin, havo musaffo, suv va zamin toza bo‗lsa, 
o‗rmonlar, maysazorlar, o‗tloqlar, bog‗lar ko‗p bo‗lsa, ajoyib jilg‗a va soylar
xushmanzara erlar serob bulsa, kishilar salomatligi uchun shunchalik yaxshi 
sharoit yaratiladi. 
3. Tarbiyaviy aspekti – tabiatni muxofaza kilishda muhim o‗rin egallaydi. 
CHunki kishilar tabiatni sevsa, tabiatga nisbatan to‗g‗ri munosabatda bo‗lsa, ularda 
oliyjanoblik, xushfe‘llik, muloyimlik xislari uyg‗onadi. Tabiatni sevish, uning 
resurslariga nisbatan tug‗ri munosabatda bulish, yoshlar ongining har tomonlama 
o‗sishiga, ularda vatanparvarlik xissiyoti va tarbiyasining shakllanishiga sabab 
buladi. 
4. Estetik aspekti. Atrofni o‗rab olgan tabiatning zilol suvlari, jilga va shifobaxsh 
soylari, musaffo havosi, yam-yashil vodiylari, qorli tog‗ cho‗qqilari, o‗rmonlari, 
serunum tuprokli maysazorlar bilan qoplangan dalalar kishilarga estetik zavk berib, 
ijod ishlariga chorlaydi. Tabiat qancha sermanzara, go‗zal, toza bo‗lsa, kishilarning 
madaniy hordiq chiqarib, estetik zavq olishlari uchun muhim omil bo‗lib, olim, 
shoir, yozuvchi, rassom, bastakor, ishchi va dehqonlarga ilhom beradi, ularni yangi 
ijodlarga va mehnatga chorlaydi. Demak, tabiat inson hayoti uchun moddiy manba 


bo‗lib qolmasdan balki, bitmas-tuganmas go‗zallik manbai bo‗lib, ularga estetik 
zavq beradi.

Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling