Atmosfera havosini zaharli gaz va changlardan tozalash usullari. Gidrosferani muhofaza qilish. Litosferani muhofaza qilish. Insonning xo
Download 1.5 Mb. Pdf ko'rish
|
2-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tashkiliy-xo„jalik tadbirlari
- O„rmon-meliorativ tadbirlar.
Tuproqni muhofaza qilish. Tuproq eroziyasi va deflyasiyasining oldini
olish va ularga qarshi kurashning erlarni muhofazalashdagi markaziy masalalardan biri hisoblanadi. Eroziyaning oldini olishga karatilgan tadbirlar qo‗yidagi 4 ta guruhga bo‗linadi: 1. Tashkiliy-xo„jalik tadbirlari - erdan foydalanish xududlarini to‗g‗ri tashkil etish, ya‘ni erlarning tuproq iqlim sharoitlari, qanday xildagi eroziyaga uchraganligi va eroziyalanish darajasiga karab, erdan foydalanishning tabaqalashtirilgan rejalarini tuzish va ular asosida eroziya va deflyasiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish usullarini belgilashga oid chora-tadbirlar kiradi. Ular er maydonlaridan foydalanish maqsadlarini aniqlash, ekinlar turi va ularning o‗zaro nisbatini belgilash, sug‗orish, ug‗itlash koidalarini belgilash, ishlov berish va ekin ustirish texnologiyalarini (texnologik harita) tuzish, chorva hayvonlarini boqishni tartibga solish, dehqonchichilik mashinalarini tanlash kabi bir kator tashkiliy-xo‗jalik ishlarini o‗z ichiga oladi. Masalan, ko‗p yillik utsimon ekin(beda) bilan koplangan tuproqning eroziya ta‘sirida yuvilishi 0 ga teng deb olinsa, bir yillik kam ishlov talab ekinlar (bug‗doy, ozuqa o‗tlari) o‗stirilgan tuproqlarda yuvilish 4-5 marta, ko‗p ishlov talab ekinlar (g‗o‗za, makkajo‗xori, kartoshka) o‗stirilgan tuproqlarda yuvilish 25 marta yukori bo‗ladi. Eroziyaga moyil engil(engil kumoq, kumloq, qumli) tuproqlarda ko‗p yillik o‗tsimon ekinlar xissasining 50% atrofida bo‗lishi yaxshi samara beradi. 2. Agrotexnik tadbirlar Bu guruhga er yuzasining tuzilishi(relefi) va tuproqlarning boshqa hususiyatlariga mos ravishda eroziyaga qarshi o‗llanadigan agrotexnik tadbirlar kiradi. Erlarni nishablikka nisbatan kundalangiga haydash va ishlov berish, erlarni chuqur kazib, ag‗darmasdan, yuzasida o‗simlik qoldiklarini qoldirib haydash, kundalang nam tutuvchi egatlar barpo etish, ko‗p yillik yoki serildiz o‗simliklardan kundalang himoya mintaqalari barpo etish, tuproqni optimal g‗ovakligi va suv utqazuvchanligini ta‘minlash, sug‗orishda egatlar uzunligi, suv sarfi va sug‗orish usullarini tug‗ri belgilash, yomg‗irlatib, tomchilatib, er ostidan sug‗orish usullarini ko‗llash, ug‗itlash norma va muddatlarini tug‗ri tashkil etish, organik ug‗itlardan ko‗proq foydalanish, tuproq yuzasini mustahkamlovchi kimyoviy vositalarni qo‗llash, ekinlarni plenka ostiga ekish, o‗simlik qoldiklari bilan mulchalash, bo‗ychan, zich usadigan ekinlardan shamolga qarshi kulislar vujudga keltirish, sershamol mavsumlarda tuproq yuzasini nam saqlash, ekin qatorlarini shamolga ko‗ndalang joylashgirish va boshqa yuqori unumli agrotexnik tadbirlarni o‗z vaqtida ko‗llash orqali eroziya va deflyasiyaga qarshi yuqori samaraga erishish mumkin. 3. O„rmon-meliorativ tadbirlar. Bu guruxga tuproqlarni eroziya va deflyasiyadan himoyalovchi o‗rmonzorlarni saqlab qolish va yangidan barpo etish, jarliklarning kengayishini oldini oluvchi daraxtzorlarni vujudga keltirish, shamolga karshi ihotazorlar barpo etish, qumliklarni ko‗chishdan saqlovchi va mustaxkamlovchi o‗simlik qoplamini shakllantirish, suv havzalarini himoyalovchi daraxtzorlarni barpo etish va boshqa shu kabi o‗rmonchilikka daxldor tadbirlar kiradi. Tuproqlarni deflyasiyadan himoyalashda ihotazorlarning ahamiyati kattadir. Ularning shamoldan himoyalovchi ta‘siri daraxt turi va balandligi, zichligi hamda tuproqning hususiyatlariga qarab 400 metrgacha etishi mumkin. O‗zbekiston sharoitida balandligi 6-8 metrga etgan ixotazor 60-250 metrgacha masofadagi tuproqni shamoldan saqlay oladi. Qumliklarni shamol ta‘sirida ko‗chishidan saqlashda fitomelioratsiya, ya‘ni selen, shuvoq, yulrun, qum qiyog‗i va boshqa cho‗l o‗simliklardan tashkil topgan mustaxkam o‗simlik koplamini vujudga keltirish hamda saksovul, kandim, kuyonsuyak kabi cho‗l butalaridan o‗rmonzorlar barpo etish yaxshi samara beradi. Download 1.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling