Atmosfera havosining sanoat ishlab chiqarish hisobiga ifloslanishi. - Atmosfera havosining sanoat ishlab chiqarish hisobiga ifloslanishi.
- Atmosferani ifloslantiruvchi (Statsionar) manbalar:
- - toshko'mir yoqish hisobiga, atmosferaga qurum, kul. SO2 chiqaradigan issiqlik elektr stantsiyalari (IES);
- - atmosferaga ajratayotgan gazlar bilan birga qurum, chang, temir oksidi va SO2, ayrim hollarda ftoridlar chiqaradigan metallurgiya zavodlari;
- - ko'p miqdorda chang chiqaruvchi manba hisoblanadigan tsement zavodlari hisoblanadi. Anorganik moddalar ishlab chiqaradigan korxonalar atmosferani SO2, SiF4, HF, NO, N02 kabi gazlar bilan ifloslaydi. Tsellyuloza ishlab chiqarish, neftni qayta ishlash korxonalari atmosferaga yomon hidli gaz holatdagi chiqindilarni tashlaydi.
Atrof-muhit sifatini sanitar-gigienik va ekologik me‘yorlash. - Atrof-muhitning muhim tarkibiy qismlaridan biri atmosfera havosidir.
- Biosferaning turg‘unligi uning sofligiga bog‘liq. Atrof-muhitning ifloslanishi o'simlik, hayvonlar, inson, inshootlar, uskunalar va turli tuman moddiy jismlarga salbiy ta‘sir ko'rsatadi. Bizni o'rab turgan havo (atmosfera) hayotimizning asosiy omilidir. Ammo inson o'z hayoti uchun zararli moddalardan foydalana boshlagan vaqtdan boshlab u nafas oladigan havoning tozaligiga jiddiy xavf tug‘dirib keladi.
Shunday qilib, ushbu muammolarni bartaraf etish uchun ikkita asosiy vazifa ilgari suriladi. - Shunday qilib, ushbu muammolarni bartaraf etish uchun ikkita asosiy vazifa ilgari suriladi.
- Bir tomondan, aholi punktlaridagi aholi sog‘lig‘ini muhofaza qilish maqsadida atmosferani tekshirish, shuningdek, ifloslangan havoning o'simlik va hayvonlarga ta‘sirini aniqlash uchun qishloq xo'jaligi hududlarida havo tarkibini tadqiq etish.
- Ikkinchi tomondan, xodimlar salomatligini saqlash uchun ishlab chiqarish binolarida ishchi zonalar havosining tozaligini nazorat qilish.
Atmosfera havosini muhofaza qilishda muhandislik chora-tadbirlari. - Atmosfera havosining asosiy ifloslantiruvchi manbalariga – barcha sanoat korxonalari, avtotransport, issiqlik elektr stantsiyalari, yoqilg‘i yoqish shoxobchalari, chorvachilik majmualari va shu kabi manbalar kiradi. Har bir manbada o'ziga xos chiqindi gazlar hosil bo'ladi va atmosfera havosiga tashlanadi.
- Atmosferaga tashlanuvchi chiqindi gazlardan tozalashda: Adsorbsiya; xemosorbsiya; katalitik va termik usullardan keng foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |