Atmosferada suv bug’i


Download 44.5 Kb.
Sana03.11.2023
Hajmi44.5 Kb.
#1743699
Bog'liq
207 1653 Atmosferad (4)





Atmosferada suv bug’i. Havoning namligi.


Reja:

  1. Atmosferadagi suv bug’i.

  2. Havoning namligi.

  3. Havoning namligini o’lchash.

Okeanlar, dengizlar, ko’llar va daryolar sirtidan uzluksiz ravishda suv bug’lanib turadi. Shuning uchun Yer atmosferasida har doim ham suv bug’lari mavjuddir. Bir yil davomida Yer atmosferasiga bug’lanuvchi suv miqdori ga yaqin bo’lib, uning ga yaqin qismi quruqlikka yog’ingarchilik sifatida tushadi. Albatta, suv bug’lari havoning barcha nuqtalarida bir xil miqdorda bo’lmaydi. Okean va dengizlar yaqinida qit`a ichidagiga nisbatan havo namroqdir. Yer atmosferasining turli qismlaridagi suv bug’lari miqdorini xarakterlovchi kattalik havoning namligi deyiladi.


Havoning namligini miqdoriy baholash uchun absolyut va nisbiy namliklardan foydalaniladi.
Havoning absolyut namligi unda mavjud bo’lgan suv bug’larining zichligi bilan yoki suv bug’ining bosimi orqali o’lchanadi.
Berilgan haroratda absolyut namlik havoni to’yintirish uchun zarur bo’lgan suv bug’i zichligining qancha qismini tashkil etganligini foiz hisobida ifodalovchi kattalik havoning nisbiy namligi deyiladi:
(1)
- absolyut namlik
- to’yingan bug’ zichligi.
Berilgan haroratda absolyut namlik havoni to’yintirish uchun zarur bo’lgan suv bug’i bosimining qancha qismini tashkil etishini foiz hisobida ifodalovchi kattalik havoning nisbiy namligi deb ataladi:
(2)
havoning nisbiy namligi
absolyut namlik
to’yingan bug’ bosimi
Sovish jarayonida havoning suv bug’lari bilan to’yinish ro’y bergan harorat shudring nuqtasi deyiladi.
Havoning namligini o’lchaydigan asboblar gigrometrlar va psixrometrlar deyiladi.
Kondensatsion gigrometr (yunoncha «gigros»- namlik) taglikka o’rnatilgan yassi silliqlangan sirtli silindrik metall qutichadan iborat. Qutichaning yuqori tomonida ikkita teshikcha bo’lib, ularning biri orqali qutichaga efir quyiladi va termometr o’rnatiladi, ikkinchisiga havo haydovchi nasos yoki noksimon rezina koptokcha ulangan bo’ladi.
Kondensatsion gigrometrning ishlash prinsipi shudring nuqtasini aniqlashga asoslangan, haroratni bilgan holda jadvaldan foydalanib absolyut namlik topiladi.
Sochli gigrometr bir uchi ustunchaga, ikkinchi uchi blok orqali o’tkazilib, unda doimiy kuchlanishni saqalsh uchun uncha katta bo’lmagan yukcha osilgan yog’sizlangan odam sochi tolasidan iborat. Bu gigrometrning ishlash Prinsipi havo namligi ortganda soch tolasining uzayishiga, havo quruq bo’lganda esa qisqarishiga asoslangan. Shunday qilib, havoning nisbiy namligi o’zgarishi bilan gigrometr strelkasi etalon asbobga nisbatan darajalangan shkala bo’yicha harakatlanadi.
Psixrometr (grekcha «psixria»- sovuq) ikkita bir xil termometrdan yasalgan. Ularning biri, sharchasi to’g’ridan- to’g’ri havoda turgani uchun quruq termometr, ikkinchisi esa nam termometr deyiladi. Nam termometrning sharchasi doka o’ralib, uning uchi suv solingan vannaga botiriladi. Dokadan suv bug’lanishi tufayli termometr sharchasi soviydi. Shuning uchun ham nam termometr quruq termometrga nisbatan past haroratni ko’rsatadi. Havo qanchalik quruq bo’lsa, termometrning ko’rsatishlaridagi farq shuncha katta bo’ladi. Termometrlarning ko’rsatishlarini belgilab, psixrometr uchun berilgan maxsus jadvaldan havoning nisbiy namligini aniqalymiz.


Nazorat uchun savollar:

  1. Nima uchun Yer atmosferasida doimo suv bug’i bo’ladi?

  2. Absolyut namlik deb nimaga aytiladi?

  3. Nisbiy namlik deb nimaga aytiladi?

  4. Shudring nuqtasi deb nimaga aytiladi?

  5. Havoning namligi qanday asboblar bilan o’lchanadi?

  6. Kondensatsion gigrometrning ishlashini tushuntiring.

  7. Sochli gigrometrning ishlashini tushuntiring.

  8. Psixrometrning ishlashini tushuntiring.

Download 44.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling