Atmosferaga chiqarib tashlanadigan zararli moddalarning havoga tarqalishi va ruxsat etilgan me’yoriy miqdorlarini hisoblash


Download 58.07 Kb.
bet1/3
Sana20.01.2023
Hajmi58.07 Kb.
#1104888
  1   2   3
Bog'liq
1 amaliy mashg\'ulot


2-Amaliy mashg‘ulot


Atmosferaga chiqarib tashlanadigan zararli moddalarning havoga tarqalishi va ruxsat etilgan va ruxsat etilgan me’yoriy miqdorlarini hisoblash




Atmosfera havosining yer ustki qatlamini sanoat korxonalaridan tashianadigan zararli moddalar bilan xavfli ifloslanish darajasi zararli moddalarning yer ustki konsentratsiyasi bilan aniqlanadi. Cmaks (mg/m3) Cmaks eng noqulay ob-havo sharoitiga to‘g‘ri keladigan va tashlash joyidan ma’lum masofada o‘matiladi. Zararli moddaning Cmaks kattaligi ruxsat etilgan konsentratsiyasidan (REK mg/m3) oshmasligi kerak, ya’ni quyidagi shart bajarilishi lozim Cmaks < REK. Bir vaqtning o'zida atmosferada bir necha moddalarning biigalikda ta’sir xususiyatiga ega bo'lgan zararli moddalar konsentratsiyasining yig‘indisi birdan oshmasligi kerak:

bundа С1, С2,...Сn - hududning bir nuqtasidagi atmosfera havosiga tushayotgan zaharli moddalarning konsentrasiyasi, mg/m3;
REK1, REK2 , REKn - zaharli moddalarning tegishli mumkin bo'lgan chegaraviy miqdori.
Cmaks ning qiymati – yakka, og'zi dumaloq manbadan issiq holatda tashlanyotgan gaz-havo aralashmalari uchun quyidagi formula orqali aniqlanadi:
(1)
sovuq aralashma uchun quyidagi formula orqali aniqlanadi:
(2)
bunda A – atmosferaning temperatura stratifikasiyasiga bog'liq bo'lgan va ifloslantiruvchi moddalarning vertikal va gorizontal yo'nalishida tarqalish sharoitlarini hisobga oluvchi koeffisient. O'rta Osiyoning subtropik zonasi uchun – 240, qolgan rayonlari va Qozog'iston uchun – 200;
M – ifloslantiruvchi moddaning miqdori, g/s;
F - zaharli moddalarning atmosfera havosida cho'kish tezligini hisobga oluvchi koeffisient. Gazsimon moddalar uchun F=1; changlar uchun F=2-3;
m va n – gaz-havo aralashmasini manbaning og'zidan chiqish sharoitlarini hisobga oluvchi o'lchovsiz koeffisientlar.
m koeffisienti quyidagi formula orqali aniqlanadi:


(3)
f parametri quyidagi formula orqali topiladi:
(4)
f ≥ 100 bo'lganda, chiqindilar sovuq, f ≤ 100 bo'lganda esa issiq hisoblanadi;
bunda D – chiqindilar manbasining diametri, m;
W – gaz-havo aralashmasining manbadan chiqish o'rtacha tezligi, m/sek;
Н – manbaning yer sathidan balandligi, m;
- gaz-havo aralashmasi temperaturasi; Tgaz bilan atrof muhitdagi havo temperaturasi Th farqi;
V1 – gaz-havo aralashmasining hajmi, m3/sek; quyidagi formula bo'yicha topiladi:
, m3/sek (5)
n koeffisient V parametrga bog'liq bo'lib, quyidagi formula bo'yicha aniqlanadi:
bo'lgandа n=3
0.3 < Vm ≤ 2 bo'lganda, (6)
Vm > 2 bo'lganda n=1
issiq chiqindilar uchun Vm quyidagi formula bo'yicha hisoblanadi:
(7)
sovuq chiqindilar uchun:
(8)
N ta manbalar uchun Сm quyidagicha hisoblanadi:
issiq chiqindilar uchun:
(9)
sovuq chiqindilar uchun:
(10)
М – barcha manbadan atmosferaga kelib tushayotgan gaz-chang aralashmasining umumiy hajmi, m3/sek, quyidagicha topiladi:
V=V1* N (11)
Yakka manbadan tashlanayotgan zaharli moddaning miqdorini REKdan oshib ketmasligini ta'minlaydigan chegaraviy mumkin bo'lgan chiqindilar miqdori quyidagi formuladan aniqlanadi:
issiq chiqindilar uchun:
(12)
sovuq chiqindilar uchun:
(13)
Сf - zaharli moddaning fonli miqdori, мg/m3.
Zaharli moddalarning miqdori ularning REKsidan va maaksimal yer yuzasidagi konsentrasiyasidan oshmaydigan miqdoridagi chiqindini tashlayotgan bitta manba quvurining uzunligini (N, m) quyidagi formula orqali aniqlash mumkin:
sovuq holatdagi chiqindilar uchun:
(14)
issiq holatdagi chiqindilar uchun:


(15)



Download 58.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling