Atmosferani gazsimon moddalar bilan ifloslanish
vodorod sulfid + azot oksid + oltingugurt ikki oksidi uglerod oksid + vodorod
Download 30.88 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqMA’RUZA2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uglevodorodlar
- Uglerod oksidi
vodorod sulfid + azot oksid + oltingugurt ikki oksidi uglerod oksid + vodorod
sulfid +uglevodorodlar, ammiak + fenol Yuqorida aytilganidek, ko’p miqdorida tashlanadigan chiqindilardan tashqari atmosferaga boshqa toksik xususiyatga ega bo’lgan moddalar xam tashlanadi. Bular - neft mahsulotlarini ishlab chiqarishda ishlatiladigan erituvchi va kimyoviy reagentlar, aromatik uglevodorodlar. moy spirtlari va kislotalari va boshqalar ularning atmosferaga tashlangan miqdorilarini doim xam aniqlab bu’lmaydi. SHuning uchun hisoblash ishlarida ko’p miqdorida tashlanadigan chiqindilar miqdoriini 10-20% ga oshirib, olingan shartli konsentratsiyani urtacha REK ga tenglashtirish tavsiya etiladi. Uglevodorodlar, oltingugurt ikki oksidi, azot oksidi, vodorodsulfid va boshqa gazsimon modsalar atmosfera chiqqandan keyin nisbatan qisqa vaqt ichida yuqoladi. Uglevodorodlar atmosferadan dengiz va okeanlarning suvida erishi, keyinchalik esa, suv va tuproqda mikroorganizmlar ishtirokida fotokimyoviy va biologik jarayonlar natijasida yukoladi. Oltingugurt ikki oksidi va vodorodsulfid sulfatlargacha oksidlanib er yuzasita utiradi. Kislotali xossaga ega bulganligi uchun, ular beton va metalldan iborat bo’lgan inshootlarni korroziyaga uchratadi, plastmassa, suniy tola, teri va boshqa materiallarni xam emiradi. Oltingugurt ikki oksidining asosiy qismi usimliklarga yutiladi va dengiz va okean suvlarida eriydi. Uglerod oksidi uglerod ikki oksidigacha oksidlanadi va fotokimyoviy sintez jarayonida usimliklar tomonidan yutiladi. Azot oksidi oksidlanish va tuyinish reaksiyalari natijasida yuqoladi. Ifloslantiruvchi moddalar atmosferadan tez yuqolsalar xam, ularni atmosferada qancha vaqt bulishlarini hisobga olish kerak bo’ladi va shunga qarab, zavod atrofidagi sanitar zonani hisoblanadi. Chiqindilarni kamaytirish uchun ularning ayrimlari yoqib yuboriladi. NQI zavodlarida atmosferaga chiqaziladigan gazlar, uglevodorod parlarining tashkillashtirilmagan tashlamalari, yomon xidga ega bo’lgan moddalar, bitum qurilmasidan oksidlanib chiqqan havo, vodorodsulfid yokib yuboriladi, yondirilganda bir xil ifloslantiruvchilar urniga ulardan zaxarlirok bo’lgan boshkalari paydo bo’lishi mumkin. Masalan, uglevodorodlar yondirilganda tuyinmagan uglevodorodlar, uglerod oksid, azot oksid, texnik uglerod, oltingugurt ikki oksidi, vodorodsulfid va boshqalar hosil bo’ladi. Uglevodorod yoqilg’isi yonganda, piroliz reaksiyalari natijasida ko’p miqdorida tuyinmagan birikmalar hosil bo’ladi. Ular polimerlanish, zichlanish va xalqali modda hosil bulish reaksiyalari hisobiga yuqori molekulali mahsulotlar, texnik uglerod, fenol, formaldegid, 3,4-benzpiren va boshqa moddalar olinadi. Ideal xolatda tashkil qilingan toza uglerodli yoqilg’ini yonish jarayonida quyidagi turt modda hosil bo’lishi kerak: SO 2 , H 2 O, O 2 , N 2 . Lekin real sharoitda bu birikmalardan boshqa moddalar hosil bo’ladi: uglevodorodlar, uglerod oksid, azot oksid, ammiak, vodorod, sinil kislotasi, fenolformaldegid, 3,4-benzpiren va boshqa moddalar. Agar yoqilg’i tarkibida oltingugurt xam bulsa, chiqindi tarkibi bundan xam turli tuman bo’ladi. Yonish temperaturasini oshirganda, ortiqcha havo va yoqilg’i yuqori temperaturali zonada ko’p vaqt bulsa, chiqindi tarkibida zaxarli moddalar kamayadi. Demak, yonish jarayonida kam miqdorida zararli moddalar hosil bo’ladigan sharoit yaratish kerak."NQI zavodida turli yoqilg’iilar yondirganda hosil bo’ladigan oksidlarning asosiy manbalar- texnologik ustanovkalardagi pechlar, katalizatordagi koksni yondirganda hosil bo’ladigan gaz va fakel gazlari. Yoqilg’i yonganda hosil bo’ladigan oltingugurt ikki oksidining miqdorii yuqoridagi qurilmalarda yoqilg’ii tarkibidagi oltingugurt miqdoriga bog’liq, yonish jarayonini qanday tashkil qilishga bogliq emas. Qolgan oksidlarning miqdori esa qisman yoqilg’i tarkibiga bogliq, asosan yonish jarayonini qanday tashkil qilinishiga bogliq. SHuning uchun oksidlar miqdoriini kamaytirishda yonish jarayoniga katta eэtibor berish lozim.NQI zavodi tarkibiga katalitik kreking qurilmalari kirgan bulsa, atmosfera va zavod territoriyasi qushimcha katalizator changi bilan ifloslanadi. Chiqindilarning miqdori ba’zi qurilmalarda 1 tonna xomashyoga 0,5 dan 1,5 kg gacha etadi. Bu chiqindilarni kamaytirishdagi asosiy usullardan biri yuqori samarali siklonli separatorlarni (ajratgich) qo’llashdan iborat. Ko’rsatilgan tadbirlar qimmatbaxo katalizatorni yuqotishdan asraydi va tashqi muhitni ifloslanishdan asraydi. Download 30.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling