Atmosferaning chegaraviy qatlamdagi havo haroratining ozgarishi Reja


Download 60.13 Kb.
bet4/4
Sana15.06.2023
Hajmi60.13 Kb.
#1477503
1   2   3   4
Bog'liq
Atmosferaning chegaraviy qatlamdagi havo haroratining ozgarishi

Tabiiy aerozollar. Ularga:
a) suv bug‘ining atmosferada kondensatsiyasi va sublimatsiyasi natijasida hosil bo‘lgan suv tomchilari va muz kristallchalari;
b) o‘rmonlarning yonishidan atmosferaga ko‘tarilgan tutun, qurum va kul zarralari;
d) cho‘llar va tuproqlardan atmosferaga ko‘tarilgan qum va chang zarralari;
e) kosmik fazodan kelgan va vulqonlarning portlashidan hosil bo‘lgan qum va chang zarralari;
f) okean va dengiz suvlari to‘lqinlanganda yuqoriga sachragan suv tomchilarining bug‘lanishidan keyin qolgan tuz zarralari;
g) atmosferadagi turli-tuman bakteriyalar, o‘simliklar guli changlari, sporalar va boshqalar kiradi.
Insonlarning xo‘jalik faoliyati natijasida (antropogen) hosil bo‘lgan aerozollarga:
a) ko‘mir bilan ishlaydigan elektr stansiyalar, ko‘mir, metallurgiya, kimyo sanoati korxonalari, sement, ohak, neftni qayta ishlash va boshqa /.avodlar, isitish tizimlari qozonlaridan atmosferaga ko‘plab miqdorda turli xildagi aerozollar ko‘tariladi. Ulaming asosiylariga quyidagilarni ko‘rsatsak bo‘ladi: azot oksidlari, ammiak, uglerod oksidi, ftor, ftoridlar, oltingugurt dioksidi, oltingugurt uglerodi, oltingugurt vodorodi, sulfat kislotasi, vodorod ftoridi (freon), oltingugurt oksidi, rux, mis, xlor, M'om, kadmiy, qo‘rg‘oshin, simob, kremniy va boshqalar;
www.ziyouz.c^ kutubxonasi
b) avtotransport vositalaridan chiqadigan is gazi, azot oksidi, sulfat
angidrid va qo‘rg‘oshin zarralari kiradi. .
Atmosferaning ifloslanishi odamlarning sog‘ligiga, ekinlarnmg o‘sishi va rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Tabiiy yo‘smda vujudga kelgan aerozollarning zararli ta’sirini tushunish uchun quyidagi
misollarni keltiramiz.
Hozirgi vaqtda Orol dengizining sathi 17 m dan ко proq pasaygan,
uning sohillari 60-80 km ga chekingan.
Orol dengizining qurib qolgan tubidan har yili atmosferaga 70 mln. tonnaga qadar tuz changi ko‘tarilmoqda. Bu tuz - to‘zonlar shamol bilan katta masofalarga tarqaladi. Ular Buxoro, Qashqadaryo viloyatlandagi ekin maydonlariga ham tushib yerlarni sho‘rlantirmoqda, natijada o‘simliklar ildiz tizimining rivojlanishini susaytirmoqda.
Surxondaryo viloyatining Termiz, Angor, Jarqo‘rg‘on va Muzrabod tumanlarida deyarli har oyda takrorlanib turadigan chang bo‘ronlari qishloq xo‘jalik ekinlariga katta zarar yetkazmoqda. Qum va chang bo‘ronlari o‘simliklarga salbiy ta’sir qilib, fotosintez va nafas olish iarayonlarining buzilishiga sabab bo‘lmoqda.
Insonlarning sanoat va transport sohasidagi faoliyati natijasida at­mosferada aerozol zarralari miqdori ko‘payishini quyidagi misollarda
ko‘rsatamiz.
Agar butun dunyo mamlakatlarining sanoatdagi faohyatmi e tmorga olsak, atmosferaga har yili juda ko‘p million tonnalab turli moddajar chiqarilishini tasavvur qila olamiz. Ularnmg ko‘pchiligi zaharli bo lib odamlar, hayvonlar va o‘simliklarga zararli ta’sir ко rsatadi. Masalan, Toiikiston alyuminiy zavodidan atmosferaga chiqadigan zahar l chiqindilar ta’siridan Sariosiyo, Uzun, Denov, Oltinsoy tumanlarida ya- shovchi odamlar orasida havoning ifloslanishidan kasallanganlar Ыг hayvonlardan ham kasallanganlari uchraydi. Ayniqsa, qishloq xo jalik ekinlariga alyuminiy zavodidan chiqib havoda tarqaladigan ftorli bink- malar yuqoridagi tumanlar ayrim xo‘jaliklarming ekinzorlariga zarar
keltirmoqda.
Atmosferani radioaktiv moddalar ham ifloslantiradi. Atmosferaga yadro va termoyadro portlashlardan, shuningdek uran konlaridan ko‘plab miqdorda radioaktiv zarralar ko‘tariladi va shamol ta’sirida katta hududlarga tarqaladi va uzoq vaqt saqlanadi.
Hozirgi kunda respublikamizga atmosferaning radioaktiv ifloslanish xavflni tahdid solayotgan manbalardan biri Qirg‘iziston Respublikasi- dagi «Moylisuv» radioaktiv moddalar qoldiqlari qabristonidir.
Umuman olganda yer yuzasidagi har bir 1 sm2 yuzaga to‘g‘ri kelgan atmosfera ustunida 108-109 dona aerozol zarralar bor. Atmosferadagi aerozol zarralarning umumiy massasi 1011 kg ga yaqin bo‘lsada, biroq atmosferaning umumiy massasidan juda ham kichik.
Aerozollardan ko‘pchilik turlarining havodagi konsentratsiyasi ma’Fum qiymatidan oshib ketsa insonlar, hayvonlar va o'simliklarga zararli ta’sir ko‘rsatadi.
0‘simliklar uch m havoni ifloslantiruvchi oltingugurt, ftor birikma- lari, uglerod oksidi, xlor, uglevodorod va boshqalar eng ko‘p zarar yet- kazadi. Ular fotosintez jarayonining me’yoriy o‘tishini buzib, o‘simlik- larning o‘sish va rivojlanish jarayonini sekinlashtiradi.
Tekshirishlar sabzavot ekinlaridan - shpinat, karam, salat, redis- kalarning oltingugurt uglerodga juda ham sezgirligini ko‘rsatadi.
Atmosfera bu gaz bilan ifloslanganda kartoshka, qand lavlagi, po- midor, tok va bedalarning hosildorligining kamayishini ko‘rsatadi.
Azot oksidining havodagi konsentratsiyasi 0,08 mg/m3 va undan oshiq bo‘lsa, sabzavot ekinlarining o‘sishi va rivojlanishi sekinlashadi va hosildorligi pasayadi. Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin. Umumlashtirib aytganda, havoni ifloslantiruvchi aerozol laming o‘simlikka zararli ta’sir etmasligi uchun uning qiymati ruxsat etilgan miqdori (REM)dan oshiq bo‘lmasligi kerak. Odamlar bilan o‘simliklar uchun REM miqdori o‘zaro bir xil emas.
Har bir sanoat korxonasi, har bir avtomobil ishlayotganda atmosfe­raga chiqadigan zaharli gazlarni kamaytirish hozirgi davming eng asosiy talabidir.
Atmosfera havosini tabiiy yo‘l bilan tozalashda o‘simliklarning xizmati juda katta. Chunki o‘simliklarning ko‘pchiligi atmosfera gazlarini, shu jumladan zaharli gazlarni yutib ulaming havodagi miqdorini kamaytiradi. Yashil o‘simliklar atmosfera havosidagi chang miqdorini 2-3 marta kamaytiradi.
Atmosfera havosining tozalanishida yog‘inlar ham muhim rol o‘ynaydi. Qor va yomg‘ir atmosferadagi zaharli moddalarning ma’lum qismini yer yuziga olib tushadi.
Yog‘ingarchilik qancha ko‘p bo‘lsa, havo tarkibi shuncha tozala- nadi. Ammo atmosferaning tabiiy yo‘l bilan tozalanishi sekinlik bilan o‘tadi. Shuning uchun insonlar tabiiy tozalanish bilan cheklanmasdan, atmosferani zaharli aerozollardan tozalash yo‘llarini ishlab chiqishi kerak.
Hozirgi vaqtda barcha davlatlarda, shu jumladan 0‘zbekiston Res- publikasida ham atmosferaga chiqariladigan zararli aerozollarning miqdorini kamaytirish yoki butunlay yo‘qotish choralari amalga oshiril- moqda. Buning uchun sanoat korxonalaridagi texnologik jarayonlami takomillashtirish hisobiga kam chiqindili yoki chiqindisiz korxonalar qurilmoqda.
Chiqindili zavodlarda maxsus moslamalar ishlatilib, ajralib chiqa- yotgan gazlar, shuningdek yarim mahsulotlar zararli moddalardan to- zalanib, ushlab qolinmoqda va mahsulot ishlab chiqarishga qaytadan ishlatilmoqda.
Atmosferani tozalashda ahamiyatga ega bo‘lgan texnologik jarayon- lardan yana biriga ishlab chiqarishda zaharli moddalarni zahari kam moddalar bilan almashtirishni ko‘rsatish mumkin. Masalan, sanoat korxonalaridagi qozonlami ko‘mir yoki mazut yoqib emas, balki gaz yoqib ishlatilsa, atmosferaga chiqarib tashlanadigan zararli moddalar 70­90 % ga kamayadi.
Avtomobillarga benzin o'rniga siqilgan gaz ishlatilsa, atmosferaga chiqariladigan zararli chiqindilar kamayib, atrof muhit ancha kam ifloslanadi, yoki karbyuratorli dvigatellar o‘rniga injektorli dvigatellar ishlatilsa, atmosferaning ifloslanishi kamayadi.
Shunday qilib, atmosferani ifloslantiruvchi zaharli aerozollardan butunlay tozalash (yoki keskin kamaytirish) davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan ishdir.
0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida» gi hamda 1996-yil 27-dekabrda qabul qilingan «Atmos­fera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida» gi qonunlari respublikamizda atmosfera havosini ifloslantirishga qarshi kurashishning huquqiy asoslarini belgilab beradi.
Hozirgi vaqtda respublikamizda atmosfera havosini muhofaza qilish sohasida barcha tadbirlar izchillik bilan amalga oshirilmoqda.
Download 60.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling