Atmosferaning chegaraviy qatlamdagi havo haroratining ozgarishi Reja


Download 60.13 Kb.
bet3/4
Sana15.06.2023
Hajmi60.13 Kb.
#1477503
1   2   3   4
Bog'liq
Atmosferaning chegaraviy qatlamdagi havo haroratining ozgarishi

Atmosfera bilan tuproqning gaz almashinish hodisasiga aeratsiya deyiladi.
Tuproqda C02 ning oshishiga yo‘l qo‘ymaslik va tuproq aeratsi- yasini yaxshilash uchun ekinlarda qator oralarini o‘z vaqtida ishlash kerak.
Gaz almashinish omillariga: diffuziya, yog‘inlar yoki sug‘orish hi- sobiga namning tuproqqa kirishi, atmosfera bosimi va tuproq haro- ratining o‘zgarishi, shamolning ta’siri va sizot suvlarning ko‘tarilishlari kiradi.
Diffuziya hodisasi gaz hajmining bir qismi zichligi katta, ikkinchi qismi zichligi kam bo‘lganda ro‘y beradi. Bunda zichligi katta tomon- dan, kam tomonga ma’lum miqdordagi gaz massasi ko‘chadi va bu jarayon yopiq idishdagi gaz zichligi bir xil bo‘lguncha davom etadi.
Ma’lumki, atmosfera havosi tarkibida azot miqdori ko‘p bo‘lsada yuksak o‘simliklar uni atmosferadan bevosita o‘zlashtirishga moslash- gan emas. Biroq atmosfera azotini ba’zi turdagi o‘simliklar, o‘zlarining ildizida va ildiz rizosferasida erkin yoki bog‘liq holatda yashaydigan bakteriyalar yordamida to‘play oladilar. Masalan, dukkakli o‘simliklar ildizida, ildiz rizosferasida simbiotik usulda oziqlanib, erkin yashaydi­gan azotobakter va klostridium bakteriyalar yordamida atmosfera mole- kulyar azotini yaxshi to‘-playdi. Bundan tashqari dukkakli o‘simliklarning ildizida yashaydigan tugunak bakteriyalar ham atmos­fera azotini yaxshi o‘zlashtiradi.
Atmosfera azoti ham o‘simlik bargiga C02 gazi bilan aralashib dif- fuziyalanadi. Ammo bu azotni o‘simlikning o‘zi o‘zlashtirmaydi, balki yuqorida ko‘rsatganimizdek ildizdagi turli bakteriyalar o‘zlashtiradi va ular azotni o‘simlik o‘zlashtira oladigan holatga o'tkazib to‘playdi.
Ma’lumotlarga qaraganda, dukkakli o‘simliklardan biri bo‘lgan uch yillik bedaning har gektar maydoni tuproqda bir yilda 300-400 kg gacha azot to‘playdi. Bu azot miqdori bedadan bo‘shagan yerga ekilgan ekinlarni bir necha yil davomida yuqori hosil olish uchun yetarli bo‘ladi.
Azot tuproqqa yog‘inlar bilan oz bo'isada tushadi. Azot har gektar yerga yog‘in bilan bir yilda 3-4 kg nitrat va ammiak ko‘rinishida tu­shadi. .
Shunday qilib, azot tuproq unumdorligini oshirishda katta ahami- yatga ega.
Kislorod. 0‘simlik hayotidagi eng muhim jarayonlardan biri- fotosintez jarayonidir.
О‘simliklarning yashil bargida karbonat angidrid gazi va suvdan quyosh yorug‘ligi ta’sirida organik moddalarning hosil bo‘lish jara- yoniga fotosintez deyiladi. Bu jarayonda havoga erkin kislorod ajralib chiqadi. Tabiatdagi kislorodning yagona manbayi yashil o‘simliklardir. Demak, qayerda yashil o‘simliklar qalin bo‘lsa, o‘sha yeming havosida kislorod shunchalik ko‘p bo‘ladi. Tabiatdagi kislorod o‘simliklar va hayvonlarning nafas olishiga, tuproqdagi organik moddalarning chinshiga va yonishiga sarflanadi.
0‘simliklar uzluksiz nafas oladi va u jarayon to‘xtasa o‘simlik no­bud bo'ladi. 0‘simliklarda nafas olish jarayoni fotosintez jarayoniga teskari bo‘lib, bu jarayonda organik moddalar anaerob sharoitda ok- sidlanib, karbonat angidrid gazini va suvni hosil qiladi va energiya ajra- lib chiqadi. Ajralgan bu energiya o‘simlikning o‘sish, rivojlanish, hara- katlanish jarayonlari va boshqalarga sarflanadi.
Ekinlarning yaxshi o‘sishi va rivojlanishi uchun tuproqqa kis- lorodning kirish sharoitini yaxshilash kerak. Bunga tuproqning aeratsi- yasini kuchaytirish orqali erishiladi. Tuproqda kislorod qanchalik ko‘p va oziq moddalar yetarli bo‘lsa, tuproqdagi bakteriyalarning faoliyati
uchun qulay sharoit yaratiladi.
Karbonat angidrid gazi. Karbonat angidrid gazi yashil o‘simlik- - lardagi fotosintez jarayoni uchun zarur. Bu jarayonda o‘simlik havodagi C02 gazini iste’mol qiladi, havoga esa erkin kislorod ajralib
chiqadi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Yer sharidagi barcha o‘simliklar yil davomida fotosintez natijasida 450 milliard tonna organik modda hosil qiladi. Bu jarayonda o‘simliklar 174 milliard tonna C02 ni o‘zlashtirib, havoga 500 milliard tonnaga yaqin erkin kislorod ajratadi.
Karbonat angidrid gazi qishloq xo‘jalik ekinlari hosilining shakl- lanishida muhim omil hisoblanadi. 0‘simliklar, hayvonlarning nafas olishida, tuproqdagi organik moddalarning chirishida, yoqilg ilai yonishida havoga karbonat angidrid gazi ajraladi.
Masalan, V.N. Makarov ma’lumotiga binoan 1 gektar yerdan sut- kasiga 400-600 kg karbonat angidrid gazi ajralib chiqadi.
Tuproq yuzasidagi havoda C02 miqdori, о simliklar qoplami usti- dagi havodagi C02 miqdoridan 2—3 marta ко p bo ladi. Karbonat an- gidridning bunday taqsimlanishi fotosintez jarayonining faol о tishiga
yordam beradi.
Suv bug‘i. Suv bug‘i tabiatdagi suv aylanishining muhim qismi. Suv bug‘ining atmosferadagi kondensatsiyasi va sublimatsiyasi nati­jasida bulutlar paydo bo‘ladi, muayyan sharoitlarda esa bulutlardan u yoki bu turdagi yog‘inlar yog‘adi. 0‘simliklar yozda ко proq bug lanib o‘zining haroratini boshqaradi. Bundan tashqari suv bug i atmosferada «issiqxona effekti» ni yaratishda ham ishtirok etadi. Havodagi suv bug‘ining miqdori havo namligi deb ataladi (VI bobga qarang). ^
4. Aerozollar. Atmosfera ifloslanishi va unga qarshi kurash choralari
Real sharoitlarda atmosfera tarkibida asosiy va juda oz miqdordagi boshqa asosiy bo‘Imagan gazlar, suv bug‘i, turli xil qattiq va suyuq zar- ralar bor.
Atmosferada muallaq holatda mavjud bo ‘Igan qattiq va suyuq zar- ralarga aerozollar deb yuritilishini avval ta’kidlaganmiz, Atmosfera, aerozollaming borligi sababli doimo oz yoki ko‘p darajada ifloslangan bo‘ladi.
Kelib chiqishiga qarab aerozollar quyidagi turlarda uchraydi:

Download 60.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling