Atmosferaning chegaraviy qatlamdagi havo haroratining ozgarishi Reja


Yerga tutash havo qatlamining tarkibi


Download 60.13 Kb.
bet2/4
Sana15.06.2023
Hajmi60.13 Kb.
#1477503
1   2   3   4
Bog'liq
Atmosferaning chegaraviy qatlamdagi havo haroratining ozgarishi

1. Yerga tutash havo qatlamining tarkibi
Odamlar, hayvonlar va о simliklaming yashashi uchun eng zaruriy sliartlardan biri - yerni o‘rab olgan havo qatlamining mavjudligidir. (Klamlar ovqatsiz bir oydan ko‘proq, suvsiz bir necha kun yashasa, liavosiz esa bir necha daqiqa davomidagina yashay oladi.
Atmosfera Quyoshdan Yerga tushayotgan nurlanish oqimi energi-. у as in mg, ya’ni quyosh radiatsiyasining yerdagi hayot uchun zarur qis- mini o‘tkazib, uning tirik organizmlar uchun zararli qismini to‘sib qoladi.
Yerni o‘rab olgan havo qatlami - atmosfera bo‘lmaganida yer yuzi quyosh radiatsiyasining ta’sirida kunduzi +100°C gacha isigan, kechasi csa - 100°C gacha sovigan bo‘lar edi. Atmosfera borligi sababli yer yuzi kunduzi ortiqcha isib, kechasi esa keskin sovib ketmaydi. Atmosfera borligidan Yer yuzining o‘rtacha yillik harorati 15°C ga teng.
Atmosfera Yerning o‘z o‘qi va quyosh atrofidagi harakatida ishtirok •‘ladi. Bundan tashqari havo yer yuziga nisbatan gorizontal va vertikal yo'nalishlarda uzluksiz harakat qiladi.
Yer sharini o‘rab turgan havo qobigH atmosfera deyiladi. Atmos- feming butun massasi 5,157-1018 kg ga teng bo‘lib, Yer massasi (^9787-10 Ag)ning taxminan milliondan bir ulushini tashkil qiladi.
Atmosfera butun massasining 50 foiziga yaqin qismi Yer yuzasidan ' kin gacha, 75 foizi esa 10 km gacha, 90 foizi 16 km gacha, 99 foizi esa Ю-35 km balandliklargacha cho‘zilgan qatlamlarda to'plangan.
Bu hisoblardan ko‘rinadiki, yer yuzidan 30-35 km balandliklardan vuqoridagi qatlamlardagi havo massasi nihoyatda oz bo‘lib, atmosfera biilun massasining 1 foizinigina tashkil qiladi.
Alinosfera Yerdagi barcha tirik organizmlarning yashash muhitidir |biMi|',a kislorodsiz anaerob yashaydigan bakteriyalar kirmaydi). Atmos-
feraning hozirgi vaqtdagiday tarkibi million yillar ilgari vujudga kelgan. Atmosfera bilan biosfera orasida tabiiy ravishda ta’minlangan dinamik muvozanat mavjud. Insonlar va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi obyektlari havoning hozirgi vaqtdagi mavjud tarkibiga moslashgan.
Atmosferaning yer yuzidan 50—100 m balandlikkacha bo‘lgan qatlamini yerga tutashgan qatlami deb yuritiladi. Bu qatlamning, ayniqsa uning yer yuziga juda yaqin qismining qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi uchun ahamiyati katta. Chunki bu qatlamda o‘tuvchi atmos­fera hodisalari o‘simliklar va hayvonot dunyosiga har doim ta’sir qiladi, yanada aniqroq qilib aytganda o‘simliklar (hayvonlar) shu qatlamdagi havoning turli fizik xossalari ta’sirida o‘sadi va rivojlanadi.
Atmosferani tashkil qilgan gazlarning mexanik aralashmasiga ‘ havo deb yuritiladi
Havoni asosan azot (N2), kislorod (02), argon (Ar), karbonat angidrid (CO2) gazlari tashkil etadi.
Bundan tashqari, atmosfera tarkibiga asosiy bo‘lmagan juda oz miqdordagi kripton (Kr), ksenon (Xe), neon (Ne), geliy (He), vodorod (H2), ozon (03), iod (J2), radon (Rn), metan (CH4), ammiak (NH3), is gazi (CO), oltingugurt (IV) oksid (S02),vodorod peroksid (H202) va boshqa gazlar kiradi.
Yer sirtiga yaqin joylashgan quruq va toza. havoning birlik hajmi- dagi azot uning 78,084 % ni, kislorod 20,946 % ni, argon esa 0,934 % ni tashkil qiladi. Yana 2.1-jadvaldan ko‘rinadiki, atmosfera umumiy haj- mining 99,96 % asosiy gazlar (N2, 02, Ar)ga to‘g‘ri kelib, qolgan boshqa gazlarning hammasi hajmning 0,04 % inigina egallaydi.
Atmosferaning pastki qismida har doim gorizontal va vertikal yo‘nalishlarda havo massalarining harakati ro‘y berib turganligi uchun havo o‘zaro yaxshi aralashib turadi. Natijada atmosferaning quyi qis­mida (25 km balandlikkacha) butun yer shari yuzi bo‘ylab havo tarkibi bir xil saqlanadi.
Biz 2.1-jadvalda quruq va barcha aralashmalardan tozalangan havo liirkibini ko‘rsatdik. Real sharoitda esa havo tarkibiga yana suv bug‘i ham kiradi. Shuning uchun ham havo har doim oz yoki ko‘p darajada nainlangan boiadi.
Havo tarkibidagi karbonat angidrid gazi, ozon va suv bug‘larining miqdori vaqtga nisbatan va geografik kenglikka qarab o‘zgaradi.
Karbonat angidrid gazi odamlar va hayvonlaming nafas chiqa- lisliida, mineral yoqilg‘i (ko‘mir, neft, tabiiy gaz)larning yonishida, or- l',:inik moddalarning chirishi va parchalanishida ajraladi hamda turlicha yoMlar bilan atmosferaga ko‘tariladi. Natijada yillar o‘tgan sari atmos- loradagi C02 miqdori ko‘paya boradi. Ammo o‘simliklar fotosintez jarayonida havodan C02 ni yutib, uning atmosferadagi miqdorining oshib ketishiga to‘sqinlik qiladi.
Insonlar sanoatning turli tarmoqlarida energiyaning qaytadan tik- liuiinaydigan manba (ko‘mir, neft, tabiiy gaz)larini qanchalik ko‘p yoqib ishlalsa, atmosferadagi C02 gazining miqdori ham shunchalik ko‘- payadi.
Ma’lumotlarga qaraganda 1987-yili butun dunyo davlatlari atmos- feraga faqat C02 ning o‘zidan 22 mlrd. t. chiqargan, shuning 23 % ini - AQSh da, 19 % ini - sobiq Ittifoqda, 13 % ini G’arbiy Yevropada, 8,7 % ini - Xitoyda, 7 % ini Sharqiy Yevropa mamlakatlarida, 23 % ini qolgan barcha davlatlar tomonidan chiqarilgan. Atmosferadagi C02 gazi quyoshning nuriy energiyasini Yerga tomon miqdor jihatdan bir oz ka- maytirib o‘tkazishda qatnashadi.
Ammo Yer yuzining katta to‘lqin uzunlikli infraqizil nurlanishini yutib, atmosferadan tashqariga chiqarmaydi. Boshqacha aytganda, CQ2 gazi ham issiqxona oynasi kabi vazifani bajarib, atmosferada «issiqxona effekti» ni vujudga keltiradi va Yerning nurlanish sababli ortiqcha sovib ' ketishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Bundan atmosferadagi C02 gazi miqdori ko‘paygan sari Yerning isishi kuchayadi degan xulosani ayta olamiz.
Ma’lumotlarga qaraganda XXI asrda yer sirtidagi o‘rtacha harorat o‘tgan asr oxiridagiga nisbatan 2020-yillarda 2,5°C ga, 2050-yillarda esa 3-4°C ga oshishi kutilmoqda. Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun insonlar at­mosferadagi C02 miqdorini kamaytirish choralarini jiddiy ravishda amalga oshirishi kerak. Yerning ortiqcha isishi quruqlik, dengiz va okean muzliklariga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.
Muzliklarning me’yoridan ko‘p erishi sababli maydoni kamayadi, shuningdek abadiy muzgarchilik hududlar maydoni ham qisqaradi. Natijada toshqinlar ko‘payib, insonlar hayotiga juda katta iqtisodiy zarar keltiradi.
Masalan, keyingi yillarda Yevropada, jumladan Fransiyada kuchli toshqinlar ro‘y berib, aholiga juda katta zarar yetkazdi. Umuman ol- ganda, havo tarkibidagi karbonat angidrid gazining ortishi, kislorod miqdorining kamayishi natijasida tirik organizmlar zarar ko‘radi, ular- ning nafas olishi qiyinlashadi va boshqa fiziologik funksiyalarning buzilishiga olib keladi.
Havo tarkibidagi suv bug‘i okeanlar, ko‘llar, daryolar, katta-kichik anhorlar, suv havzalari, nam tuproq, o‘simliklaming bug‘lanishi (tran- spiratsiyasi)dan hosil boiadi va havoning issiqlik konveksiyasi va tur- bulentligi yordamida atmosferada birmuncha balandliklarga ko‘tariladi.
Bunda balandlik oshgan sari uning miqdori kamaya boradi. Yer yuzidan 10-15 km balandlikda suv bug‘ining miqdori juda ham kamayib ketadi.
Yerga yaqin havodagi suv bug‘ining miqdori eng ko‘pi bilan atmos- lci-а umumiy hajmining 4 % igacha ortadi. Uning o‘rtacha miqdori qutb kengliklarida 0,02 %, tropik kengliklarda esa 2,5 % ga teng.
Suv bug'ining atmosferadagi biror balandlikda kondensatsiyasi va sublimatsiyasi natijasida bulutlar paydo bo ladi va sharoit yetarli boMganda u yoki bu turdagi yog‘inlar yog‘adi. Bundan tashqari^ suv (uig‘i infraqizil radiatsiyani yaxshi yutadi va o‘zi ham uzun to lqin uzunlikdagi infraqizil nurlarni chiqaradi.
Suv bug‘i (umuman atmosfera) nurlanishining Yerga tomon yo‘nalgan qismi, kechasi Yerning uzun to Iqinli nurlanishdan sovishini kamaytiradi.
Suvning bug'lanishida energiya sarflanadi, yoki bug lanayotgan su- yuqlik soviydi, natijada uning ustidagi havo qatlamlari ham soviydi. Suv bug‘ining kondensatsiyasi va sublimatsiyasi hodisalarida esa, aksincha issiqlik ajraladi. Bulutli kunlari havoning birmuncha iliq bo‘lishining sababi ham shunda.
2. Tuproq havosining tarkibi
Barcha tuproqlarda oz yoki ko‘p havo bor. Tuproqning nam boMmagan g‘ovakIiklari va bo‘shliklarini to‘ldirib turadigan turlicha gazlar aralashmasiga tuproq havosi deb yuritiladi. Tuproq havosidagi asosiy gazlar bo‘lib kislorod va karbonat angidrid gazi hisoblanadi.
Tuproqdagi havo o‘simlik hayoti uchun zarur omillardan biri bo'lib, o‘simlik ildizlarining nafas olishini va tuproqdagi har xil mikroor- ganizmlar hamda jonivorlarni kislorod bilan ta’minlaydi, tuproqda havo yetarli bo‘lgandagina o‘simliklar yaxshi o‘sadi va rivojlanadi. Tuproq havosining tarkibidagi kislorod va karbonat angidrid gazining miqdori, ularning atmosfera tarkibidagi miqdoridan farq qiladi. ’
Tuproq havosidagi C02 miqdori, atmosfera havosidagi miqdori (0,033 %) dan o‘nlab, hattoki yuzlab marta ham ortiq boMishi, kislorod miqdori esa atmosferadagi miqdori (20,946 %)dan kamayib 15-10 % largacha tushib qolishi mumkin. Tuproq havosida 02 va C02 lardan tashqari oz miqdorda ammiak, vodorod, vodorod sulfid, metan, argon, geliy va boshqa gazlar uchraydi. ’
Ma’lumotlarga qaraganda fizik xossalari qulay bo‘lgan va havo yaxshi kirib turadigan sharoitda tuproq havosidagi C02 miqdori o‘simliklarning vegetatsiyasi davrida 1-2 % dan oshmaydi, 02 ning miqdori esa 18 % dan kam bo‘lmaydi. Tuproq havosidagi 02 ning miq­dori 20 % ga yaqin bo‘lganida o‘simlik uchun eng qulay sharoit yaratiladi.
Agar tuproq tarkibidagi karbonat angidrid gazi ko‘payib ketsa, kis- lorodni siqib chiqarib ildizning nafas olishini qiyinlashtiradi.

Download 60.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling