Atmosferaning tuzilishi


Gidrosfera guruhiga berilgan topshiriqning to‘g‘ri javobi


Download 327.13 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana16.06.2023
Hajmi327.13 Kb.
#1490256
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
„Atmosferaning tuzilishi“

Gidrosfera guruhiga berilgan topshiriqning to‘g‘ri javobi: 
O‘zan deb ataluvchi chuqurlikda oqayotgan suv oqimi daryo deb ataladi. Daryo 
boshlanadigan joy uning manbai deyiladi. Qo‘shni daryolar havzalarini bir-biridan 
ajratib turadigan chegara suvayirg‘ich deyiladi. 
Atmosfera guruhiga berilgan topshiriqning to‘g‘ri javobi: 
Qor yig‘adigan va muzlik hosil bo`ladigan balandlikning quyi chegarasi qor 
chizig`i deyiladi. Qor chizig‘i qutbiy o‘lkalarda dengiz sathigacha pasayadi. Dunyodagi
eng katta orol – Grenlandiya muzliklar bilan qoplangan. Quruqlikda qor to‘planib, 
hosil bo`lgan ko‘p yillik muzlar muzliklar deyiladi. Muzliklar siljiydi. 
Guruhlar javoblari tinglanib, globuschalar beriladi va mavzu xulosa qilinadi. 
III. Yangi mavzuni yoritish. 
O‘qituvchi mavzuni tushuntirishdan boshlaydi: „Endi sayyoramizning 
uchinchi qobig’i– atmosferani ya’ni havo qobig‘ini“ o‘rganishga kirishamiz. Atmosfera 
– yunoncha „atmos“ - bug‘, „sphaira“ - shar ma’nosini bildiradi. Atmosfera Yer bilan 
birga aylanadi. Yer yuzini samodan keladigan meteor jismlardan, Quyoshning tirik jonlar 
uchun zararli bo‘lgan ultrabinafsha nurlaridan saqlaydi. Atmosfera bo‘lmaganida Yer 
yuzi kunduzi +120°C gacha qizib, tunda esa -180°, -200°C gacha sovib ketar edi. Havo 
qobig‘i Yer yuzini shaffof ko‘rpa kabi asrab turadi. 
Yerning havo qobig‘i asosan ikki xil gazdan, ya’ni azot va kislorod aralashmasidan 
iborat. Havodagi gazlarning 78 % ini azot, 21 % ini kislorod tashkil etadi. Bulardan 
tashqari havoda karbonat angidrid, boshqa gazlar, suv bug‘lari, changlar ham bor.
Azot va kislorod nisbati o'simliklar ta’sirida saqlanib turadi. Lekin avtomobillardan 
chiqadigan is gazi, yirik korxonalardan chiqadigan tutun havoni ifloslaydi. Shuning 
uchun ham havo tarkibini, uning tozaligini doimo qattiq nazorat qilib turish
ifloslanishining oldini olish zarur. Chunki, insonning sog‘ligi atmosferaning tozaligiga 
juda bog‘liq. Buyuk bobomiz Abu Ali ibn Sino, agar havoda tutun bilan chang bo’lmasa, 
kishilar ming yoshga kirar edilar, degan ekan. Haqiqatan ham, toza havo sog‘liq garovi 
bo‘lsa, uning ifloslanishi turli kasalliklarga sabab bo‘ladi.
Yer havo qobig‘ining yuqori aniq chegarasi yo‘q. Taxminan 3000 km balandda deyi-
ladi. Lekin turli balandlikda havoning tarkibi, harorati, zichligi har xil bo‘lib, atmosfera 
bir qancha qatlamlarga ajratiladi. 


Atmosfera qatlamlari “Elektron darslik”asosida 2 daqiqa tushuntiriladi. 
Troposfera - atmosferaning quyi qatlami („tropos“ - yunoncha so‘z bo‘lib, 
aylanmoq, o‘zgarmoq degani). O‘rtacha qalinligi 10-11 km. Qutblar ustida 8-9 km, 
ekvatorda 18 kmgacha yetadi. Havodagi barcha suv bug‘lari shu qatlamda. Bu qatlamda 
bulutlarpaydo bo‘ladi. Yog'inlar yog‘adi, ob-havo o‘zgarib turadi, tirik mavjudotlar shu 
qatlamda yashaydi. Yuqoriga ko‘tarilgan sari har 1000 m da harorat 6°С pasayadi. 

Download 327.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling