Atmosferaning tuzilishi va tarkibi Atmosferada kechadigan fizik kimyoviy jarayonlar. Havo muhitining ifloslanish oqibatlari


Download 28.77 Kb.
bet5/6
Sana09.01.2022
Hajmi28.77 Kb.
#268044
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ekalogya Rustambek

Kislotali yomg‘irlar. Atmosferaning oltingugurt va azot gazlari bilan ifloslanishi bilan bog'liq holda yog'inlarning kislotaga aylanishi namoyon bo‘ladi. Bunday hodisa, odatda, atmosferaga oltingugurt va azot gazlari chiqaradigan yirik sanoat korxonalari osmonida sodir bo'ladi va bulutlar yordamida harakatlanib, boshqa hududlarga ham yog‘ishi mumkin. Masalan, Germaniya va Buyuk Britaniya hududlarida joylashgan korxonalardan tarqalgan azot va oltingugurt gazlari havoga chiqib, undagi suv bug‘lari bilan birikib, kislotali yomg‘irni hosil qiladi va bu hudud uchun asosiy hisoblangan g‘arbiy shamol yo‘nalishiga tushib, Skandinaviya, Baltika va Rossiyaning shimoli-g‘arbiy qismining katta hududlariga borib yog‘adi. Kislotali yomg‘irlar ayniqsa nordon tarkibli tuproqlar uchun juda xavfli. Chunki bunday yomg‘irlar tuproqdagi moddalar almashinuvini buzadi, ular tuproq tarkibidagi og‘ir metallarni yuvadi. Natijada tuproqning toksiklik hossalari oshadi, kalsiy miqdori kamayadi va o ‘simlikning o ‘sishi to‘xtaydi. Kanada va Shvetsiyaning ko‘pchilik ko4llari ekologik jihatdan o ‘lik hisoblanadi. Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, Skandinaviya davlatlaridagi qator ko‘llar suvining kislotalilik darajasi pomidor sharbati va sut zardobi kislotaligiga, bu yerda yog‘adigan yog‘inlarning kislotaliligi esa oshxona uksusi va nordon uzum vinosi kislotaligiga teng. Bu borada Norvegiyada ham holat og‘ir. Bu davlatda atmosferaga oltingugurt birikmalari chiqarilm aydi, chunki elektr energiyasi asosan gidroelektrostansiyalarda ishlab chiqariladi. Ammo, atrofdagi tog`lar o ‘ziga xos orografik qopqon vazifasini bajarib, kislotalangan iflos yog‘inlarning hosil bo‘lishiga yordam beradi. Natijada suvning kimyoviy tarkibi o‘zgaradi. Hozirgi kunda Norvegiyadagi ko‘llarning deyarli yarmida hayot alomatlari tugagan. Oltingugurt angidridi havodagi suv va bug‘lar bilan o‘zaro ta’sirlashib sulfat kislotasi ko‘rinishida binolar ustiga yog‘ishi natijasida binolar tez eskiradi va buziladi. Kislota saqlovchi yomg‘irlar va bug‘lar tomlardagi temir tunukalarni korroziyaga uchratib, tez ishdan chiqishiga sabab bo‘ladi. Kimyo korxonalari joylashgan mintaqalarda havodagi zararli moddalar konsentratsiyasi qishloq joylaridagiga nisbatan yuqori bo‘lgan sharoitlarda temir va uning qotishmalarini korroziyaga uchrash tezligi 20 marta, alyuminiyli qotishmalarniki esa 100 marta tez kechishi aniqlangan. Atmosferaning ifloslanish darajasining 2 marta ortishi, sanoat uskunalarining xizmat qilish muddatini birinchi kapital ta’mirgacha 1,5 marta qisqarishiga olib keladi. Kislotali yomg‘irlardan himoyalanish usullaridan biri turli xil yonilg‘ilar tarkibidagi oltingugurt miqdorini kamaytirish va freonlar ishlab chiqarishni taqiqlashdan iborat. Azot oksidlari miqdorini yonilg‘i yonish haroratini pasaytirish, ya’ni texnologiyani o‘zgartirish yo‘li bilan qisqartirish mumkin. Baland mo‘rilar qurib, azot va oltingugurt tashlamalarini ular chiqayotgan manba atrofida kamaytirish vaqtinchalik va oxiriga yetkazilmagan tadbirdir. Ko‘l va tuproqlarning ifloslanishini kamaytirish uchun ularga ohak bilan ishlov beriladi yoki suvga va tuproqqa ishqoriy moddalar(masalan, kalsiy karbonat) qo‘shiladi.


Download 28.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling