Atmosferaning tuzilishi va tarkibi Atmosferada kechadigan fizik kimyoviy jarayonlar. Havo muhitining ifloslanish oqibatlari


Havo muhitining ifloslanish oqibatlari


Download 28.77 Kb.
bet6/6
Sana09.01.2022
Hajmi28.77 Kb.
#268044
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ekalogya Rustambek

. Havo muhitining ifloslanish oqibatlari Noqulay meteorologik sharoitlar natijasida atmosferada chiqindi gazlar konsentratsiyasi oshib borib, qalin toksik tumanlar hosil bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda. Toksik moddalaming to‘planishi hisobiga og‘ir xastaliklardan nobud bo‘lish hollari kuzatilmoqda. Havoni ifloslantiruvchilar umumiy toliqishni, ish faoliyatini kamaytirishni, yo‘tal, bosh aylanishi, ovoz bo‘g‘ilishi, o‘pka va ko‘zning turli kasalliklarini, organizmning umumiy zaharlanishini, organizm kasalliklarga qarshi kurashish qobiliyatining susayishini keltirib chiqaradi. Yirik shaharlar havosida sanoat tashlamalari, avtomobillardan chiqadigan gazlar: qurum, kul, tutun, changlar o‘ziga xos quyosh spektrining ultrabinafsha qismi atmosferaning quyi qatlamlariga yetib kelishini qiyinlashtiradi. Masalan, Parij shahridan uncha uzoqda joylashmagan sanoat korxonalari hududlarida ultrabinafsha nurlar 0,3 % ni, uzoqda joylashgan zavod va fabrikalar hududlarida esa 3,0 % ni tashkil qiladi. Ultrabinafsha nurlarning yetishmovchiligi bolalarda raxit va avitaminoz kasalliklari rivojlanishiga sabab bo‘lmoqda. Kimyoviy moddalaming inson organizmiga mutagen, konserogen, allergen, aterosklerotik, embriotoksik va hatto jinsiy mutatsiya ta’sirlari aniqlangan. Pestitsidlar muntazam me’yordan 3-4 va 9 marta ko‘p qo'llanilgan hududlarda yurak-tomir tizimining kasallanish darajasi 1,2 va 2,2 marta oshganligi ma’lum. 0 ‘sim!ik!arni himoya qilishda qokllaniladigan kimyoviy vositalar bilan va siydik yo'llari kasalliklarini kelib chiqishi o'rtasida uzviy bog'liqlik mavjud. Kelajakda pestitsidlarni ishlatish natijasida bolalarning nobud bo'lishi, aholi o'rtasida bronxit, bronxial astma, avitaminoz va boshqa kasalliklami keskin ortib borishi bashorat qilinmoqda. Bronxit, bronxial astma, o'pka, yuraktomir kasalliklarining kelib chiqish sababi ko'p hollarda atmosfera havosining ifloslanishidandir. Atmosfera havosining chiqindilar bilan ifloslanishi XX asrdan e’tiboran tez sur’atlar bilan borganligi qayd etilgan. Katta shaharlarda atmosfera havosi tarkibidagi chang miqdorining har xil bo'lishi shaharlar ozodaligiga, ko'kalamzorlashtirilganligiga, sanoat korxonalarining katta-kichikligiga hamda ularni shahar hududida joylashganligiga bog'liq. Havoning changli yoki tumanli bo'lishi va ularning quyosh radiatsiyasiga ta’siri shahar muhitini o'zgartirib yuboradi, havo harakatini sekinlashtiradi, uning nisbiy namligini kamaytirishi ham mumkin. Shaharni quyuq tuman bosishi ham xavflidir, chunki tuman tomchilari tarkibidagi zaharli moddalar inson organizmiga kirgach, salbiy ta’sir ko'rsatadi. Jumladan, nafas yo'llarining shilliq qavatlarini yallig'lantirib, turli kasalliklami keltirib chiqaradi. Shunday tumanli kunlarda bemorlarning ahvoli keskin yomonlashadi. Masalan, surunkali bronxit, emfizema, tumov kasalliklariga duchor bo'lgan bemorlar o'zlarini yomon his qiladilar. Atmosfera havosidagi chang zarrachalari inson organizimiga noxush ta’sir qiladi. Changlarning asorati ular tarkibidagi kimyoviy moddalaming biologik faolligiga, tabiatiga, fizik jihatiga bog'liq bo'ladi. Masalan, havodagi chang tarkibida qo'rg'oshin, margimush, marganets, kadmiy. ftor aerozollari organizmga tushib, surunkali kasalliklami paydo qiladi. Jumladan, kamqonlik, flyuoroz, poliartrit, polinevrit kabi kasalliklar kelib chiqadi. Ayniqsa, radioaktivlik xususiyatiga ega bo'lgan changlar o'ta xavfliligi bilan ajralib turadi. Radioaktiv changlar naqadar xavfli ekanligini Chernobil fojiasi va Semipalatinsk poligoni asoratlari misolida ko'rish mumkin. ' Zaharli bo'lmagan yirik diametrli chang zarrachalari ko'z va burunning shilliq qavatlariga tushib, ularni jarohatlaydi, yallig'lanish jarayoni burunda, tomoqda, kekirdakda va bronx www.ziyouz.com kutubxonasi naylarida kuzatiladi. Bunday hollar o‘tkir va surunkali rinit, laringit, faringit, traxeit, bronxit yoki traxeobronxit, laringotraxit kabi kasalliklami keltirib chiqaradi. Nafas yo'llari orqali o'pkaga kvars changlari tushsa pnevmokonioz kasalligini, elektr stansiyalardan chiqadigan qurumlar tarkibida 14,9-19,7% atrofida kremniy qo‘sh oksidi moddasining boMishi esa slikoz kasalligini keltirib chiqaradi.
Download 28.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling