Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi davlat nazorati va tekshiruvini rejalashtirish, tashkil qilish va o‘tkazish tartibi
Download 81.28 Kb.
|
1 2
Bog'liq368 10.06.2020
[OKOZ: 1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash / 11.02.02.00 Radiatsiyaviy xavfsizlik (shuningdek, 16.04.07.00ga qarang)] [TSZ: 1.Iqtisodiyot / Sanoat] O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori Atom energiyasidan foydalanish xavfsizligini davlat tomonidan tartibga soluvchi vakolatli organlarning atom energiyasidan foydalanish sohasida davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida “Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida davlat boshqaruvi va nazorati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 12-dekabrdagi PF-5594-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar, atom energiyasidan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan talablar buzilishining oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Atom energiyasidan foydalanish xavfsizligini davlat tomonidan tartibga soluvchi vakolatli organlar tomonidan atom energiyasidan foydalanish sohasida davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin: atom energiyasidan foydalanish sohasidagi davlat nazorati va tekshiruvini rejalashtirish, tashkil qilish va o‘tkazish tartibi; atom energiyasidan foydalanish sohasidagi norma va qoidalarning buzilishi aniqlanganda, tekshiruvlar o‘tkazilishini muvofiqlashtirish va tekshiruv natijalarini rasmiylashtirish tartibi; nazorat obyektlarida atom energiyasidan foydalanish sohasidagi xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlar mansabdor shaxslarining huquqlari, vazifalari va javobgarligi. 2. O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi atom energiyasidan foydalanish xavfsizligini davlat tomonidan tartibga soluvchi vakolatli organlar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining atom energiyasidan foydalanish sohasida davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshirishi jarayonida ushbu qaror talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlasin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i hamda O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi raisi B.V. Gulyamov zimmasiga yuklansin. O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV Toshkent sh., 2020-yil 10-iyun, 368-son Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyundagi 368-son qaroriga ILOVA Atom energiyasidan foydalanish xavfsizligini davlat tomonidan tartibga soluvchi vakolatli organlar tomonidan atom energiyasidan foydalanish sohasida davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi NIZOM 1-bob. Umumiy qoidalar 1. Ushbu Nizom atom energiyasidan xavfsiz foydalanishni davlat tomonidan tartibga soluvchi maxsus vakolatli organ va atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish xavfsizligini davlat tomonidan tartibga soluvchi alohida vakolatlarga ega bo‘lgan davlat organlarining (keyingi o‘rinlarda — xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlar) tomonidan atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish sohasida davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshirish tartibini belgilaydi. 2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normalar va qoidalar — atom energiyasidan foydalanish obyektlarining va mazkur sohadagi faoliyatning xavfsizlik talablarini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlar hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar; nazorat obyekti — atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyat yuritish huquqini beradigan litsenziya talablari va shartlari hamda atom energiyasidan foydalanish sohasidagi ishlarni amalga oshirish huquqini beradigan ruxsatnoma talablari va shartlari bajarilishini ta’minlaydigan yuridik shaxslar; nazorat subyekti — davlat tomonidan xavfsizlikni tartibga solish organlarining atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatni amalga oshirish jarayonida ekspluatatsiya qilayotgan tashkilot tomonidan xavfsizlikni ta’minlash uchun zarur bo‘lgan majburiy talablar va litsenziyaning amal qilish shartlariga rioya qilinishi, atom energiyasidan foydalanish obyektlarining ushbu sohada belgilangan normalar va qoidalarga muvofiqligini ta’minlaydigan mansabdor shaxslari; radiatsiya manbalari — tarkibida radioaktiv moddalar mavjud bo‘lgan yoki ionlashtiruvchi nurlanish chiqaradigan, yadroviy qurilmalar jumlasiga kirmaydigan majmualar, qurilmalar, apparatlar, uskunalar va buyumlar; radioaktiv moddalar — ionlashtiruvchi nurlanishni tarqatadigan, yadroviy materiallar jumlasiga kirmaydigan moddalar; Oldingi tahrirga qarang. radioaktiv chiqindilar — keyinchalik foydalanish uchun mo‘ljallanmagan, tarkibidagi radionuklidlarning aktivlik darajasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan ko‘rsatkichlardan yuqori bo‘lgan har qanday agregat holatidagi moddalar; (2-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) saqlash punktlari — yadroviy qurilmalar jumlasiga kirmaydigan hamda yadroviy materiallarni va radioaktiv moddalarni saqlash, radioaktiv chiqindilarni saqlash yoki ko‘mib tashlash uchun mo‘ljallangan statsionar obyektlar hamda inshootlar; tekshiruv (inspeksiya) — yuridik shaxslar tomonidan xavfsizlikni ta’minlash uchun zarur bo‘lgan majburiy talablar, litsenziyaning amal qilish shartlari bajarilishi, atom energiyasidan foydalanish obyektlarining atom energiyasidan foydalanish sohasida belgilangan normalar va qoidalarga muvofiqligi bo‘yicha xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlar amalga oshiradigan bir martalik nazorat; yadroviy materiallar — tarkibida bo‘linadigan (parchalanadigan) yadroviy moddalar bo‘lgan yoki ularni hosil qilishga qodir bo‘lgan materiallar; yadroviy qurilmalar — atom elektr stansiyalari, tadqiqot yadro reaktorlari, kritik va subkritik yadroviy stendlari bo‘lgan inshootlar hamda majmualar, yadroviy yoqilg‘idan va materiallardan foydalanish hamda ularni tashish uchun mo‘ljallangan qurilmalar. Oldingi tahrirga qarang. 3. Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi davlat nazorati va tekshiruvi atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar tomonidan atom energiyasidan foydalanish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablar (keyingi o‘rinlarda — majburiy talablar) buzilishining oldini olishga, ularni aniqlash va bartaraf etishga qaratiladi. (3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) 4. Yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlari uchun yadroviy, radiatsiyaviy, sanoat, yong‘inga oid, sanitariya-epidemiologik, ekologik xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiradigan xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlarning bevosita yadroviy qurilmalardagi va (yoki) saqlash punktlaridagi doimiy vakilligini nazarda tutuvchi davlat nazorati va tekshiruvi rejimi belgilanadi. Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi davlat nazorati va tekshiruvi ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi. 2-bob. Davlat nazorati va tekshiruvini tashkil qilish va o‘tkazish 5. Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi davlat nazorati va tekshiruvi: nazorat obyektlari tomonidan majburiy talablarning bajarilishini, ularning atom energiyasidan tinchlik maqsadlarda foydalanish sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya talablari va shartlari hamda atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish sohasidagi ishlarni amalga oshirish huquqini beruvchi ruxsatnoma talablari va shartlariga (keyingi o‘rinlarida — litsenziya va ruxsatnoma talablari va shartlari) rioya qilishni, shuningdek, xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlar ko‘rsatmalarining ijrosini qonunchilikda belgilangan tartibda tekshirishni (inspeksiyani) tashkil qilish va o‘tkazish; majburiy talablar, shuningdek, litsenziya va ruxsatnoma talablari va shartlari buzilishi aniqlangan holatlarda, ularni bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rish; nazorat obyektlari tomonidan majburiy talablar ijrosi, litsenziya va ruxsatnoma talablari va shartlariga rioya etilishini tizimli kuzatish; atom energiyasidan foydalanish sohasida majburiy talablar ijrosi holatini tahlil va prognoz qilish orqali amalga oshiriladi. 6. Atom energiyasidan foydalanish sohasida davlat nazorati va tekshiruvi: Oldingi tahrirga qarang. a) Atom energiyasidan foydalanish xavfsizligini davlat tomonidan tartibga soluvchi maxsus vakolatli organ (keyingi o‘rinlarida — maxsus vakolatli organ) — O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi — atom energiyasidan foydalanish obyektlarida atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi, atom energiyasidan foydalanish obyektlari xavfsizligining ta’minlanishi, atom energiyasidan foydalanish obyektlarining jisman himoya qilinishi, yadroviy qurilmalarda va (yoki) saqlash punktlarida radioaktiv moddalar, yadroviy materiallar hamda radioaktiv chiqindilarning hisobiga rioya etilishi bo‘yicha; (6-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) b) atom energiyasidan foydalanish xavfsizligini davlat tomonidan tartibga solish bo‘yicha alohida vakolatlarga ega bo‘lgan davlat organlari: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi — ifloslantirish manbalari monitoringi, shuningdek, atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslar tomonidan ekologik xavfsizlik talablariga rioya qilinishi, atrof tabiiy muhit — ishlab chiqarish monitoringi hamda tabiatdan barqaror oqilona foydalanish bo‘yicha; O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi — tegishli davlat boshqaruvi hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi vositasida avariyaga oid tashqi va ichki rejalarning bajarilishi, shuningdek, davlat boshqaruvi organlari va boshqa yuridik shaxslarning avariyaga oid shayligi va atom energiyasidan foydalanish obyektlarida yong‘in xavfsizligi talablarini ta’minlash bo‘yicha davlat nazorati; O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi — yuridik xodimlar va aholining radiatsiyaviy va yadroviy xavfsizligi, shuningdek fuqarolar salomatligini muhofaza qilish sohasidagi qoida va normalarga rioya etilishi bo‘yicha; O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi — yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va foydalanishdan chiqarish yuzasidan davlat arxitektura-qurilish nazorati; Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi — yadroviy qurilmalarni va (yoki) saqlash punktlarini joylashtirish uchun yer qa’rini geologik o‘rganishda, tog‘ ishlarini geologik-marksheyderlik ta’minlashda, shuningdek, obyektlar joylashgan zonadagi yer osti suvlari ishlab chiqarish monitoringida yuridik shaxslar tomonidan yer qa’rini muhofaza qilish sohasidagi qonunchilik hujjatlari va normativ hujjatlar talablarining bajarilishi bo‘yicha; (6-band “b” kichik bandining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi — yadroviy materiallarni, radioaktiv moddalarni, radiatsiya manbalarini, yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlari uchun uskuna va texnologiyalarni olib kirish hamda olib chiqishda bojxona nazorati; Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi — atmosfera havosi, yuza suvlar (tabiiy oqimlar) ifloslanishi monitoringi; (6-band “b” kichik bandining sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-apreldagi 200-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2021-y., 09/21/200/0318-son) O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi — atom energiyasidan foydalanish obyektlariga tutash hududda jamoatchilik tartibini muhofaza qilish, huquqbuzarliklarning oldini olish va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash uchun; O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati — yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlarining xavfsizligiga tahdid soluvchi qo‘poruchilik va terrorchilik harakatlarini o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etishga yo‘naltirilgan yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlarining jisman himoyasini ta’minlash, shuningdek, kiberxavfsizlik sohasida tartibga solish uchun; O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi — yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlari hududiga ruxsatsiz kirish, radioaktiv moddalardan, yadroviy materiallardan va radioaktiv chiqindilardan ruxsatsiz foydalanishning oldini olishga, shuningdek, ularning o‘g‘irlanishi va zararlanishining oldini olishga yo‘naltirilgan yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlarining jisman himoyasini ta’minlash; O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi — radioaktiv moddalar, yadroviy materiallar va radioaktiv chiqindilarning yaxlitligi va saqlanishiga har qanday tajovuzni o‘z vaqtida aniqlash va ularga barham berishga yo‘naltirilgan yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlarining jisman himoyasini ta’minlash orqali amalga oshiriladi. 7. Tekshiruv (inspeksiya) rejalari “xavfni tahlil etish” tizimi natijalariga asosan xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlar tomonidan har yili 15-dekabrga qadar ishlab chiqish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili va maxsus vakolatli organ bilan kelishgan holda tasdiqlanadi. 8. Tekshiruv (inspeksiya) o‘tkazish muddati o‘n kalendar kunidan oshmasligi kerak. Tekshiruv (inspeksiya) o‘tkazish muddatlarini tegishli asoslar (nazorat obyekti rahbarlarining, mas’ul shaxslarining yo‘qligi, boshqa asosli sabablar) mavjud bo‘lganda o‘zgartirish, yoki tekshiruv o‘tkazish imkoniyati yo‘qligi tufayli uning muddatini kechroqqa ko‘chirish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili bilan kelishilgan xolda amalga oshiriladi. Bunda atom energiyasidan foydalanish xavfsizligini davlat tomonidan tartibga solish bo‘yicha alohida vakolatlarga ega bo‘lgan davlat organlari tekshiruv (inspeksiya) muddati o‘zgargani va o‘zgarish sabablari to‘g‘risida maxsus vakolatli organni xabardor qiladi. Oldingi tahrirga qarang. 9. Nazorat obyektlari tomonidan majburiy talablar ijrosi, litsenziya hamda ruxsatnoma talablari va shartlariga rioya qilinishini tizimli kuzatish, majburiy talablar, litsenziya va ruxsatnoma talablari va shartlari ijrosining holatini tahlil va prognoz qilish xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlar tomonidan ular o‘tkazgan davlat tekshiruvi va nazoratini amalga oshirish bilan bog‘liq tekshiruvlar (inspeksiyalar) va boshqa tadbirlar natijalari asosida, shuningdek, nazorat obyektlari tomonidan atom energiyasidan foydalanish sohasida qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda taqdim etiladigan: (9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) litsenziya hamda ruxsatnoma talablari va shartlariga rioya qilish; yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilish; atom energiyasidan foydalanganda xavfsizlikni ta’minlashga ta’sir ko‘rsatadigan hodisalar va ularning oqibatlari; nazorat obyekti xodimlarining hamda kuzatuv zonasida yashaydigan aholining salomatligini yomonlashtirgan hodisalar; atrof-muhitga ko‘rsatiladigan ta’sir, ishlab chiqarish ekologik nazorat natijalari; yadroviy materiallar, radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilarning mavjudligi va harakatlanishi, shuningdek ularning eksporti va importi; atom energiyasidan foydalanish obyektlarida uskunalar tayyorlanishi va qo‘llanishining atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normalar va qoidalar talablariga muvofiqligi; atom energiyasidan foydalanish obyektlarida sodir bo‘lgan noxush hodisa va avariyalar sabablarini texnik jihatdan o‘rganish natijalari; yadroviy qurilmalar, radiatsiya manbalari va saqlash punktlarining xavfsizlik holati; atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyat yuritish huquqini beruvchi litsenziya va ishlarni amalga oshirish huquqini beruvchi ruxsatnomani olish bosqichida taqdim etilgan hamda tegishincha litsenziyalashtirilayotgan faoliyat turlari va ish turlari xavfsizligiga aloqador bo‘lgan ma’lumotlarning yangilanishi yoki ularga o‘zgartirishlar kiritilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi. 10. Xavfsizlikni davlat tomondan tartibga soluvchi organlar nazorat obyektidan olingan ma’lumotlarni tahlil qilish natijalari bo‘yicha quyidagilarni amalga oshiradi: o‘tkazilgan tekshiruvlarning natijalarini tekshiruv tamomlangandan keyin uch kun mobaynida tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimiga kiritish; atom energiyasidan foydalanish obyektlari xavfsizligi holatini, shuningdek, majburiy talablarning bajarilishi hamda litsenziya va ruxsatnoma talablari va shartlariga rioya qilish holatini baholash; taqdim etilgan ma’lumotlarning to‘liqligi va ishonchliligini baholash, majburiy, litsenziya va ruxsatnoma talablari va shartlarining buzilishiga, shuningdek, yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlarida radioaktiv moddalar, yadroviy materiallar va ridioaktiv chiqindilarni hisobga olish va nazorat qilishda anomaliyalarga va ularga nisbatan ruxsat etilmagan harakatlarga olib kelgan sabablar va sharoitlarni o‘rganish, “xavfni tahlil etish” tizimi natijalari asosida kelgusidagi tekshiruvlarni (inspeksiyalarni) rejalashtirish; davlat tekshiruvi va nazoratini amalga oshirish bilan bog‘liq tadqiqotlar, sinovlar, ekspertizalar, tekshirishlar va boshqa tadbirlar o‘tkazish (o‘tkazilishini tayinlash), zarurat bo‘lganda, ekspertlar va ekspert tashkilotlarini jalb qilish; yadroviy materiallarni navbatdan tashqari jismoniy xatlovdan o‘tkazish yoki ularning parametrlarini tasdiqlovchi qo‘shimcha o‘lchovlarni amalga oshirish radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilarni ularning yo‘qolishi mumkinligi yoki ruxsatsiz to‘planishini tasdiqlovchi dalillar aniqlanganda, xatlovdan o‘tkazish uchun rasmiy talab yuborish; atom energiyasidan foydalanish obyektlarining jisman himoya qilish tizimi samaradorligini, uning pasayishi mumkinligini ko‘rsatuvchi holatlar aniqlanganda, navbatdan tashqari baholash o‘tkazish uchun rasmiy talab yuborish. 3-bob. Rejalashtirilgan tekshiruvlar (inspeksiyalar) 11. Xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlarning tarkibiy va hududiy bo‘linmalari tashkil etadigan yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlarining tekshiruvlar (inspeksiyalar) belgilangan tartibda Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimida ro‘yxatga olingan reja asosida o‘tkaziladi. 12. Tekshiruvning (inspeksiyaning) maqsadlari, vazifalari va predmetini batafsil bayon qilish uchun uning ajralmas qismi bo‘lgan rejalashtirilgan tekshiruv (inspeksiya) dasturi tasdiqlanadi. 13. Xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organ tekshiruv (inspeksiya) tayinlagani to‘g‘risida tekshiruv boshlanishidan 30 kalendar kunidan kam bo‘lmagan muddatda tekshiruv (inspeksiya) o‘tkazilishi haqida bildirishnoma (xat) yuborish orqali yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlari rahbarlarini xabardor qiladi, bildirishnomada (xatda) quyidagilar ko‘rsatilishi kerak: tekshiruv (inspeksiya) turi; tekshiruv (inspeksiya) o‘tkazish uchun asos; nazorat obyektining nomlanishi; tekshiruvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi (tekshiruvchilar guruhining tarkibi, tekshiruv (inspeksiya rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi); tekshiruv (inspeksiya) dasturida nazarda tutilgan tekshiruv (inspeksiya) o‘tkazilishi kerak bo‘lgan masalalar (savollar) ro‘yxati; tekshiruv (inspeksiya) o‘tkazish muddati (tekshirish boshlanish va tugallanish sanasi); boshqa ma’lumotlar (zarurat bo‘lganda). Obyektining rahbari bildirishnoma hujjatini olishdan bosh tortishi tekshiruvni (inspeksiya)ni bekor qilish uchun asos hisoblanmaydi. 14. Tekshiruv (inspeksiya) o‘tkazishda quyidagi masalalar (savollar) o‘rganiladi: aniqlangan majburiy talablar, litsenziya hamda ruxsatnoma talablari va shartlarining buzilishini bartaraf etish to‘g‘risida avval berilgan ko‘rsatmalarning bajarilishi; atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normalar va qoidalar talablarining bajarilishi; davlat ekologik ekspertizasi xulosasi talablarining ijrosi, tabiatni muhofaza qilish tadbirlarining bajarilishi, shuningdek, atrof tabiiy muhit — ishlab chiqarish monitoringining o‘tkazilishi; yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlarining uskunalar va tizimlar resursini boshqarish tartibiga rioya qilinishi; yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlarining uskunalari va tizimlariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlarini o‘tkazish tartibiga rioya qilinishi; atom energiyasidan foydalanish obyektlarining uskunalari va tizimlarini sinovdan va ko‘rikdan o‘tkazish ishlari davriyligi va hajmi; Oldingi tahrirga qarang. nazorat obyektining unga atom energiyasidan foydalanish sohasidagi qonunchilik hujjatlari bilan berilgan atom energiyasidan foydalanish obyektlarining xavfsizligini ta’minlash qismidagi vakolatlarining to‘liq amalga oshirilishi; (14-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) Oldingi tahrirga qarang. xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlarga atom energiyasidan foydalanish sohasidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq yadroviy qurilmalar, radiatsiya manbalari va saqlash punktlarining xavfsizlik holati to‘g‘risida taqdim etilayotgan ma’lumotning ishonchliligi; (14-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) nazorat obyektlari tomonidan yadroviy qurilmalar, radiatsiya manbalari va saqlash punktlarini barpo etish, ulardan foydalanish va foydalanishdan chiqarishning barcha bosqichlarida sifatni ta’minlash dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, shuningdek, ushbu dasturlar bajarilishini nazorat qilish; atom energiyasidan foydalanish obyektlarining xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish; yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlarini jisman himoya qilishning holati; yadroviy materiallar, radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilarni hisobga olish va nazorat qilish holati; yadroviy materiallar, radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilarning fakt bo‘yicha mavjudligi; atom energiyasidan foydalanish obyektlarining xavfsizligini ta’minlashga ta’sir ko‘rsatuvchi tizimlar va ularning elementlarining zarur tavsiflarini qo‘llab-quvvatlash; kadrlarni tanlash va tayyorlash, ishchilar (xodimlar) bilimini tekshirish va ishlashga ruxsat berish tizimini tashkil qilish; foydalanish va texnologik hujjatlar talablariga rioya qilinishi; litsenziya va ruxsatnoma talablari va shartlariga, shuningdek, atom energiyasidan foydalanish obyektlari xodimlariga beriladigan atom energiyasidan foydalanish sohasida ishlarni amalga oshirish huquqini beruvchi ruxsatnoma talablari va shartlariga rioya qilinishi; avariyalarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etishg uchun nazorat obyektlarining shayligi bo‘yicha tadbirlar o‘tkazilishi; texnologik jarayonlarni amalga oshirishda atom energiyasidan foydalanish obyektlari xavfsizligini ta’minlash; radioaktiv chiqindilar bilan bog‘liq ishlar tartibiga rioya qilish; majburiy talablar ijrosi bilan bog‘liq boshqa masalalar. 4-bob. Tekshiruvlar (inspeksiyalar) o‘tkazilishini muvofiqlashtirish 15. Davlat tekshiruvi va nazoratini amalga oshirish doirasida alohida vakolatlarga ega davlat organlari tomonidan tekshiruvlar (inspeksiyalar) o‘tkazilishini maxsus vakolatli organ o‘z vakolatlari doirasida muvofiqlashtiradi. 16. O‘tkazilgan tekshiruvlar (inspeksiyalar) to‘g‘risidagi ma’lumot har chorakda keyingi oyning 10 kunigacha alohida vakolatlarga ega bo‘lgan davlat organlari tomonidan maxsus vakolatli organga kelgusida umumlashtirish va yakuniy ma’lumotni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish uchun taqdim qilinadi. 5-bob. Tekshiruvlar (inspeksiyalar) natijalarini rasmiylashtirish 17. Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normalar va qoidalarning buzilishi aniqlangan tekshiruv natijalari bo‘yicha tekshiruv (inspeksiya) dalolatnomasi tuziladi. Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normalar va qoidalarning buzilishi aniqlanmagan tekshiruv natijalari ma’lumotnoma tarzida rasmiylashtiriladi. Tekshiruv (inspeksiya) dalolatnomasi (ma’lumotnomasi) uch ish kuni davomida ikki nusxada rasmiylashtiriladi hamda imzo qo‘yilgan sanani ko‘rsatgan holda, nazorat subyektining tekshiruv (inspeksiya) o‘tkazish uchun vakolatli shaxsi yoki tekshiruvga jalb qilingan boshqa shaxslar tomonidan imzolanadi. Dalolatnoma (ma’lumotnoma) imzo qo‘yilgan kundan boshlab bir ish kuni davomida nazorat obyekti yoki uning vakiliga imzo qo‘ydirib topshiriladi (topshirish to‘g‘risida bildirishnoma buyurtma xat bilan yuboriladi) Tekshirilayotgan nazorat obyekti tekshiruv natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomani (ma’lumotnomani) olishdan bosh tortsa, xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organning mansabdor shaxsi bu haqda tekshiruv natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomaga (ma’lumotnomaga) tegishli qayd kiritadi va shu vaqtdan boshlab tekshiruv (inspeksiya) tugallangan deb hisoblanadi. 18. Nazorat obyekti tekshiruv dalolatnomasi (ma’lumotnomasi) asosida tekshiruv dalolatnomasida (ma’lumotnomasida) ko‘rsatilgan muddatda aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha tadbirlar rejasini ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlarga taqdim etadi. 19. Nazorat obyekti xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organga tadbirlar rejasining har bir bandi ijrosi to‘g‘risida tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilib yozma ravishda ma’lumot beradi. Qoidabuzarliklar bartaraf etilganini tasdiqlovchi taqdim etilgan hujjatlarning to‘liqligi va ishonchliligi uchun nazorat obyekti rahbari mas’uldir. 20. Aholi hayoti va salomatligiga, atrof-muhitga haqiqiy zarar yetkazish xavfini yuzaga keltiruvchi normalar va qoidalar talablarining buzilish holatlari aniqlanganda, qoidabuzarlik aniqlangan kunda nazorat obyektining atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatini o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘liq yoki qisman to‘xtatish to‘g‘risida ko‘rsatma chiqariladi. 21. Nazorat obyektining atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatini to‘xtatish to‘g‘risidagi ko‘rsatmani nazorat obyekti tekshiruvini (inspeksiyasini) o‘tkazgan xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organning mansabdor shaxsi imzolaydi. Nazorat obyektining atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatini to‘xtatish to‘g‘risidagi imzolangan ko‘rsatma qoidabuzarlik aniqlangan kundan keyin bir ish kunidan kech bo‘lmagan muddatda nazorat obyektiga topshiriladi yoki topshirish to‘g‘risidagi bildirishnoma buyurtma xat orqali yuboriladi. Nazorat obyektini tekshiruvdan (inspeksiyadan) o‘tkazgan alohida vakolatlarga ega bo‘lgan davlat organning mansabdor shaxsi tomonidan imzolangan atom energiyasidan foydalanish sohasidagi nazorat obyekti faoliyatining to‘xtatilishi to‘g‘risidagi ko‘rsatma nusxasi xabarnoma sifatida maxsus vakolatli organga yuboriladi. 22. Nazorat obyekti xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organni atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatni to‘xtatishga olib kelgan qoidabuzarliklar bartaraf etilgani to‘g‘risida tegishli hujjatlarni taqdim etgan holda yozma ravishda xabardor qilishi kerak. 23. Xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlar taqdim etilgan materiallarni ko‘rib chiqadi va bildirishnoma olgan kundan boshlab 2 ish kunidan kechiktirmasdan, nazorat obyektining atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatini qayta tiklash to‘g‘risida qaror qabul qiladi. 24. O‘tkazilgan tekshiruvlar natijalariga rozi bo‘lmagan nazorat obyektlari xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi yuqori organlarga nizoli masalalarni aniqlashtirish uchun yozma ravishda murojaat qilishga haqlidir. 25. Xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi har bir organ ko‘rsatma shaklini belgilangan tartibda ishlab chiqadi va tasdiqlaydi. Ko‘rsatma blankasi belgilangan tartibda hisobga olinadi va saqlanadi. 6-bob. Xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlar mansabdor shaxslarining huquqlari va javobgarligi 26. Tekshiruv (inspeksiya) o‘tkazayotgan nazorat subyektlari tekshiruv (inspeksiya) o‘tkazish davomida atom energiyasidan foydalanish obyektlariga xizmat guvohnomasini va xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlar rahbarining (rahbarlar o‘rinbosarlarining) tekshirish (inspeksiya) tayinlash to‘g‘risidagi buyrug‘ining ko‘chirma nusxasini taqdim etgach, qarshiliksiz kirish huquqiga egalar. 27. Tekshiruv (inspeksiya) o‘tkazishda nazorat subyektlari texnik vositalardan va foydalanishni nazorat qilish vositalaridan (shu jumladan, yadroviy materiallar va radioaktiv moddalar tarkibini tekshirish va nazorat qilish vositalari, audio, foto va video qayd etish vositalari, plombalovchi qurilmalardan) foydalanishi mumkin. Oldingi tahrirga qarang. 28. Davlat nazoratini amalga oshirishda nazorat subyektlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan huquqlardan foydalanadi, taqiq va cheklovlarga rioya qiladi hamda o‘z majburiyatlarini bajarmaganliklari yoki yetarlicha bajarmaganliklari uchun javobgar bo‘ladi. (28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) 7-bob. Yakunlovchi qoidalar 29. Nazorat subyektining harakatlari yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilish mumkin. Oldingi tahrirga qarang. 30. Xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlar va ularning mansabdor shaxslari qarorlari va harakatlari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish mumkin. (30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) Atom energiyasidan foydalanish xavfsizligini davlat tomonidan tartibga soluvchi vakolatli organlarning tomonidan atom energiyasidan foydalanish sohasida davlat nazorati va Tekshiruv (inspeksiya)ini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ILOVA Atom energiyasidan foydalanish xavfsizligini davlat tomonidan tartibga soluvchi vakolatli organlarning atom energiyasidan foydalanish sohasida davlat nazorati va Tekshiruv (inspeksiya)ini amalga oshirish SXEMASI Oldingi tahrirga qarang.
Download 81.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling