Atom fizikasi


Qurilma chizmasi va ishlash printsipi


Download 0.6 Mb.
bet15/29
Sana12.03.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1261988
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29
Bog'liq
2 5321212257789546284

Qurilma chizmasi va ishlash printsipi
Elektronlarning chiqish ishini turli usullar bilan o’lchash mumkin. Biz bu yerda ikki elektrodli elektron lampada hosil bo’luvchi termoelektronlar to’yinish tokini o’lchash yo’li bilan elektronning chiqish ishini o’lchaymiz. Termoelektronlar to’yinish toki Richardson formulasi bilan ifodalanadi
(2)
Bu yerda A-doimiy, T-harorat. (2) formuladan ko’rinib turibdiki, termoelektronlar to’yinish toki haroratga kuchli bog’liqdir. Katod temperaturasining T1 va T2 qiymatlariga mos keluvchi termoelektronlarning J1 va J2 to’yinish toklari qiymatlarini diodning volьtamper xarakteristikasini o’lchash yo’li bilan aniqlab, katod materialidan elektronning chiqish ishini topish mumkin. Haqiqatan ham,
,

tenglamalardan
(3)
kelib chiqadi. (3) tenglamaning ikkala tomonini (T2T1)2 ga ko’paytirib, so’ng logarifmlasak, chiqish ishi uchun quyidagi formulani olamiz

(4)
3-rasmda qurilmaning chizmasi ko’rsatilgan. D-diod katodi U2 manbadan olinuvchi va RH potentsiometr yordamida 0 dan 6 V ga qadar o’zgartirilishi mumkin bo’lgan UN kuchlanish bilan

3-rasm
qizdiriladi. Katod tokini AN ampermetr yordamida o’lchash mumkin. Diodning katodi bilan anodi orasiga berilgan anod kuchlanish esa U1 manbadan olinib, uni Ra reostat yordamida 0 dan 300 V oralig’ida o’zgartirish mumkin. Anod kuchlanishi va toki Ua volьtmetr va A ampermetr yordamida o’lchanadi. U va U manba sifatida UIP-2 dan foydalaniladi.
Katod kuchlanishining uch yoki to’rt qiymatida anod kuchlanishini o’zgartirib, unga mos keluvchi anod toki o’lchanadi va diodning 4-rasmda ko’rsatilgan volьtamper xarakteristikalari olinadi. Rasmda ikkita volьtamper xarakteristika egri chiziqlari ko’rsatilgan. Volьtamper xarakteristikalarning biror

4-rasm.
Ua anod kuchlanishiga mos keluvchi to’yinish toklari qiymati J1 va J2 aniqlanadi. (4-rasmdagi A va V nuqtalarga mos keluvchi to’yinish toki).
Anod to’yinish tokiga mos keluvchi katod harorati quyidagi formula asosida aniqlanadi
(5)
Bu formulada R0-diodning ichki qarshiligi, -qarshilikning harorat koefftsienti. R0 va  berilgan diod uchun ma’lumdir. U holda
(6)
(6) formuladagi Rt ning qiymati quyidagi formuladan topiladi

(Jn-A ampermetr yordamida o’lchanadi, Un esa volьtmetr yordamida o’lchanadi). (4) formuladagi Kelьvinlarda o’lchanuvchi katod haroratining qiymati (6) dan aniqlangan va tselьsiylarda kelib chiquvchi haroratning qiymati asosida hisoblanishini nazarda tutish kerak, albatta. SHunday qilib, J1 va J2 hamda T1 va T2 larni bilgan holda (4) formula yordamida zlektronning chiqish ishi hisoblanadi.



Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling