Atom fizikasi


Download 0.6 Mb.
bet28/29
Sana12.03.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1261988
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
2 5321212257789546284

Qurilmani sxemasi

 - nurlanishlar sochilishini o’rganuvchi qurilma sxemasi X-rasmda ko’rsatilgan.


 -nurlanishlar manbai (1), qo’rg’oshin kopteyner (2) ga joylashtirilgan, unda ochib bekitadigan qopqoqchasi (3) bor. Ushbu holda  - nurlanishlar manbai sifatida 137Cs radionuklididan foydalaniladi. Bu manbani ishlatilishiga sababi ushbu radionuklid monoxromatik va spektrda energiyasi 662 keV ga teng bo’lgan bitta  -chiziq beruvchi nurlanish chiqaradi. Sochuvchi modda sifatida organik kristall stilьbendan foydalaniladi. Gamma-kvantlar  burchakka sochilgandan keyin, fotokuchaytirgichga ulangan NaJ kristalliga kelib tushadi. Bizning holda  - kvantlar NaJ kristallida ikki effekt hisobiga yutiladi ya’ni fotoeffekt va kompton effekt. Fotoeffektda  - kvantning hamma energiyasi yutiladi. Kompton effekti natijasida, kompton elektronlarga -kvant energiyasining bir qismi beriladi. SHuning uchun ham yutilgan Yen energiyani impulьs amplitudasi U (U  En) bo’lgan kuchlanish impulьsga chiziqli aylantiruvchi FEU chiqishida, monoxromatik - kvantlar uchun ham impulьslar kattaligi bo’yicha taqsimoti spektr ko’rinishda bo’ladi.
Bu spektr 4-rasmda ko’rsatilgan. X o’qi bo’yicha impulьslar amplitudasi, U o’q bo’yicha esa impulьslar soni N qo’yilgan. O’ng tomonda to’liq yutilish cho’qqisi, chap tomonda esa kompton taqsimoti ko’rsatilgan. To’liq yutilish cho’qqisining maksimum holati Um, Na J kristalliga tushayotgan -kvantlar Ye energiyasiga mos keladi. Agar NaJ kristtaliga kelib tushayotgan - kvantlar dastasida ichida biz tekshirayotgan energiyali -kvantlar bilan birgalikda yuqori energiyali -kvantlar ham mavjud bo’lsa, u holda tekshirilayotgan energiyaga mos keluvchi to’liq yutilish cho’qqisi, yuqori energiyali -kvantlar kompton taqsimotlar fonidan ajratib bo’lmasligi ya’ni biz tekshirayotgan cho’qqi ushbu fon ostida qolib ketishi mumkin. Ushbu holda tekshirayotgan energiya to’liq yutilish cho’qqini, yig’indi spektr “effekt  fon” dan “fon” ni ayrish natijasida faqat “effekt” spektri qoladi.

4-rasm
Energetik spektrlarni olish, amplitudaviy analizator yordamida amalga oshiriladi. Zamonaviy ko’p kanali analizatorlarda cho’qqilarni topish, ular chegarasini, markazini, yarim balandligining kengligi va cho’qqilar yuzasini ushbu analizatorda joylashgan EHM programmasi yordamida amalga oshiriladi. Analizatorlarda olingan spektrda ( aniqrog’i -spektrda) X-o’qida kanallar soni, U-o’qida esa impulьslar soni joylashgan bo’ladi ya’ni X-rasmdagiga o’hshash bo’ladi. Agar analizator energiya bo’yicha kalibrovka qilinsa, X-o’qida har bir kanalga mos keluvchi energiya bo’ladi. Ushbu holda analizator ekranidagi -spektrda joylashgan cho’qqilar markazlprining energiyalarini aniqlash mumkin. Analizatorni 1173 keV va 1332 keV energiyalarga ega ikkita chiziqli kobalьt-60 (60So) radionuklidi yordamida amalga oshiriladi. Gamma-spektr haqidagi axborotlarni EHMga ham chiqarish mumkin. Bayon qilingan ushbu uslub yordamida  burchakka sochilgan -kvantlar energiyasi aniqlaniladi va olingan natijani kompton effekti nazariyasi yordamida hisoblangan sochilgan -kvantlar energiyasi bilan solishtiriladi.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling