Atom tuzilishi. Atom tuzilishi xaqidagi nazariyalar. D. I. Mendeleev elementlar davriy qonuni. Davriy qonunning zamonaviy tarifi. Reja


Download 22.98 Kb.
bet2/3
Sana27.01.2023
Hajmi22.98 Kb.
#1131057
1   2   3
Bog'liq
Atom tuzilishi

1. Rezerford tajribasi. Rezerfordning oʻz oldiga qoʻygan maqsadini tushunish uchun atomning Tomson modelini oddiy tarvuz sifatida tasavvur qilaylik: tarvuzning goʻshti musbat zaryadlari boʻlsa, danaklari elektronlar boʻlsin. Bunda ishonch hosil qilish uchun qanday yoʻl tutish kerak? Bunday tarvuzni parchalab boʻlmaydi, chunki u juda kichik, kattaligi 10-10 m. yagona yoʻl tarvuzga undan ham kichikroq jismlarni yoʻnaltirish, yaʻni uni nishonga olib otish. Tarvuzni teshib oʻtgan oʻq uning ichki tuzilishi haqida maʻlumot beradi. Bordi – yu, tarvuzning markazi tomon yoʻnalgan oʻqlar uni teshib oʻtamasdan orqaga qaytsa – chi? Bunda qanday xulosa chiqariladi? Demak, uning markazida oʻq teshib oʻta olmaydigan, ogʻir oʻzak boʻlmogʻi kerak. Aks holda oʻq orqaga qaytmas edi. Endi Rezerford tajribasining sxemasi bilan tanishaylik. Rezerford tajribasida atomga α – zarralar oqimi yoʻnaltiriladi. α – zarraning zaryadi +2e ga, massasi esa 6,64∙10-27 kg ga teng. Manba tor tirqishi qoʻrgʻoshin idishda joylahtirilgan boʻlib, zarralar maʻlum yoʻnalishdagina chiqariladi va boshqa yoʻnalishdagilarini qoʻrgʻoshin devorlar yutib qoladi. α – zarralarning yoʻliga perpendikulyar qilib 1 μm qalinlikdagi oltin qogʻoz qoʻyilgan. Oltin qogʻozdan oʻtgan α – zarralarning yoʻnalishi ekran yordamida qayd qilingan. Rezerford oʻz tajribasida α – zar-ralarning bir qismi dastlabki yoʻnalishda maʻlum burchaklarga ogʻishini va hatto oltin qogʻozdan qaytuvchi zarralar ham boʻlishini qayd etgan. Garchi bunday hol 10 000 ta zarradan bittasida kuzatiladi.
2. Atomning yadroviy modeli. Tariba natijalari asosida Rezerford 1911-yilda atomning yadroviy (planetalar) modelini taklif qildi. Ushbu modelga koʻra hatto jajigina quyosh sistemasidek tasavvur qilinadi. Elektronlar yadro atrofida (yopiq) orbitalar – atomning elektron qobigʻi boʻylab harakatlanadi va ularning zaryadi yadrodagi musbat zaryadga teng.
Taklif qilingan model atomning tuzilishi haqida toʻla xulosa chiqarishga imkon beradimi? Afsuski, yoʻq.

Atomning Rezerford modeli klassik mexanika va elektrodinamika qonunlari bilan qarama-qarshi boʻlib olmadi. Kelgusi mavzuda ushbu muammolarga batafsilroq toʻxtalamiz.



Download 22.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling