3. Bor postulatlari. 1913-yilda Rezerfordning yadroviy modeliga kvant nazariyasi tatbiq etilib, tajriba natijalarini toʻla tushuntirib bera oladigan vodorod atomi nazariyasi yaratildi. Umuman olganda, kattaliklarning istalgan emas, balki maʻlum qoidaga boʻysunuvchi tanlangan qiymatlarni qabul qilish kvantlanish deyiladi. Kvantlanish asosida yaratilgan nazariyaga esa kvant nazariyasi deyiladi.
Statsionar (turgʻun) holatlar haqidagi postulat: atomda stasionar holatlar mavjud boʻlib, bu holatlarga elektronlarning satsionar orbitalari mos keladi.
Elektronlar faqat shu stasionar orbitalarda boʻlib, hattoki tezlanish bilan harakatlanganlarida ham nurlanish chiqarmaydilar.
meυnrn=nħ,
bu yerda me – elektronning massasi; rn – n – orbitaning radiusi; υn – elektronning shu orbitadagi tezligi; me υnrn – elektronning shu orbitadagi impuls momenti; n – nolga teng boʻlmagan (n≠0) butun son, unga bosh kvant soni deyiladi; (h – plank doimiysi).
Chastotalar haqidagi postulat: elektron bir statsionar orbitadan ikkinchisiga oʻtgandagina, energiyasi shu statsionar holatlardagi energiyalarning farqiga teng boʻlgan bitta foton chiqaradi (yoki yutadi):
hv =En-Em,
bu yerda En va Em – mos ravishda elktonning n - va m - statsionar orbitalar-dagi energiyalari.
4. Frank - Gers tajribasi. Nemis fizigi D. Frank va G.Gers elektron-larning gaz atomlari bilan toʻlqnashuvini tutuvchi potensiallar usulida oʻrganib 1913 – yil, atom energiyasi qiymatlarining diskretligini tajribada isbotladilar. Simob bugʻlari bilan toʻldirilgan, hovasi soʻrib olingan nayda katod (K), anod (A) va toʻrlar (T1 va T2) boʻlgan. Frank va Gers tajribalarining koʻrsatishicha, simob atomlari bilan toʻqnashgan elektron oʻz energiyasining faqat maʻlum qismini ularga berishi mumkin. Bu energiya 4,86 eV teng boʻlib, asosiy holatdagi simob atomi yutilishi mumkin boʻlgan eng kichik energiya porsiyasidir. Shunday qilib, atomda stasionar holatlar mavjudligi haqidagi bor nazariyasi tajribada toʻla isbotlangan.
Adabiyotlar:
1. Raximov X.R. Anorganik kimyo. II nashr. T. “oʻqituvchi”. 1984.
2. Axmerov K.M., Jalilov A., Ismoilov A. Umumiy va anorganik kimyo. T. “oʻqituvchi. 1988.
3. Axmetov N.S. Anorganik kimyo. Vыsshaya shkola. 1975.
Do'stlaringiz bilan baham: |