Ion radiuslari qiymati koordinatsion soniga va elementlarning davriy sistemada joylashgan oʻrniga hamda qarama-qarshi zaryadli ionlarning kimyoviy tabiatiga bogʻliq. Guruhlarda yuqoridan pastga tushgan sari ayni guruh elementlari hosil qilgan ionlarining radiuslari ortib boradi. Davrlarda chapdan oʻngga oʻtganda ion radiuslari kamayadi.
Masalan; Na+ (0,98A0), Mg+2(0,78A0), Al+3(0,57), Si+4(0,39A0), P+5(0,35A0), S+6(0,34A0), Cl+7(0,26A0).
Bitta element hosil qilgan ionlarning radiuslari ularning manfiy zaryadlari ortib borishi bilan oshib boradi, bu esa ayni pogʻonaga qoʻshimcha elektron qoʻshilishi bilan tushuntiriladi. Masalan;
Ion
|
Radius A0
|
Ion
|
Radius A0
|
Pb+4
Pb+2
Pb0
S+6
S-2
|
0,84
1,32
1,74
0,34
1,76
|
Mn+7
Mn+4
Mn+3
Mn+2
Mn0
|
0,35
0,52
0,70
0,91
1,31
|
Yadro bilan eng tashqi elektron pogʻonadagi elektronlar orasidagi masofa atom radiusi deyiladi.
Davrlarda chapdan oʻngga oʻtgan sari elementlarning atom radiuslari kamayib boradi, chunki davrlarda atomlarning yadro zaryadi va tashqi elektron pogʻonadagi elektronlar soni ortib boradi, natijada yadro va tashqi pogʻonadagi elektronlar orasidagi tortishuv kuchayadi, ular orasidagi masofa esa kamayadi. Masalan;
Rasmda eng tashqi elektron pogʻonalar berilgan.
Atom radiuslaridan kationning radiusi kichik, anionning radiusi esa katta boʻladi:
Guruhlarda esa yuqoridan pastga tushgan sari atom radiuslari ortib boradi, chunki yuqoridan pastga tushgan sari tashqi elektron pogʻonadagi elektronlar soni oʻzgarmagani holda elektron pogʻonalar soni ortib boradi. Masalan: Li ga 2 ta, Na da 3 ta, K da 4 ta elektron pogʻonalar boʻladi va h.z .
Do'stlaringiz bilan baham: |