Atom tuzilishi, atomlardagi elektronlarning taqsimlanishi. Elektronlar harakatining zarracha va to‘lqinsimon tabiati


Atom elektron qobiqlarining tuzilishi


Download 241.63 Kb.
bet12/12
Sana10.11.2023
Hajmi241.63 Kb.
#1761111
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
2 Atom tuzilishi, atomlardagi elektronlarning taqsimlanishi. Elekt

2.5. Atom elektron qobiqlarining tuzilishi
Kimyoviy reaksiyalarda atom yadrosi oʻzgarishga uchramaydi. Bunda atomlarning tashqi elektron qobiqlaridagi elektronlar qayta taqsimlanadi.
Kimyoviy elementlarning koʻpchilik xossalari shu elektron qobiqlarning tuzilishi bilan tushuntiriladi.
Atomdagi elektronning holatini kvant mexanikasi bayon qilib beradi. Bunga binoan elektron bir vaqtda zarracha (tinch massaga ega) va toʻlqin xossasiga (toʻlqin uzunligi, amplituda, chastota kabilar) ega.
Yadro atrofidagi elektronning boʻlish ehtimolligi eng koʻp boʻlgan fazo orbital deyiladi. Yadrodan har xil masofada elektronlar joylashib elektron qavatni hosil qiladi. Kichik oʻlchamli orbitalda harakatlanuvchi elektronlar katta oʻlchamli orbitalda harakatlanuvchi elektronlarga qaraganda yadroga kuchliroq tortiladi.
Oʻlchamlari bir- biriga yaqin orbitallarda harakatlanadigan elektronlar elektron qavatlarni hosil qiladi.
Elektron qavatlarda energiyalari bir - birlariga yaqin elektronlar joylashganligi uchun ularga energetik pogʻonalar deyiladi. Energetik pogʻonalar yadrodan boshlab raqamlanadi: 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7 yoki lotin alifbosining bosh harflari bilan belgilanadi: K, L, M, N, O, P, Q.
Kimyoviy element atomlaridagi energetik pogʻonalar soni, ayni element joylashgan davr raqamiga teng. Masalan, 1-davr elementlarida bitta, 4-davr elementlarida toʻrtta elektron qobiqlar boʻladi va h.z.
Ma’lum vaqt oraligʻida atomning sohasida hamma ehtimolligi boʻlishi mumkin boʻlgan joylarni nuqtalar bilan belgilasak, bu nuqtalar toʻplamiga elektron bulut deyiladi.
Hozirgi vaqtda ma’lum boʻlgan hamma elementlar 7 ta davrda joylashganligi uchun atomdagi energetik darajalar (pogʻonalar) soni 7 ga teng.
Ayni energetik pogʻonada joylashishi mumkin boʻlgan elektronlarning maksimal soni (N): N = 2n2 formula bilan aniqlanadi. n - pogʻona raqami. Masalan,
n=1 (birinchi qavatda) N=2n2=2∙12=2 faqat 2 ta (koʻpi bilan ) elektron boʻladi. n=2 boʻlsa, N=8 ta; n=3 boʻlsa, N=18 ta; n=4 boʻlsa N=32 ta elektron boʻladi va h .z.
Qavatda maksimal boʻlishi mumkin boʻlgan elektronlar joylashgan qavat tugallangan qavat deyiladi. Masalan, birinchi energetik qobiqda 2 ta, ikkinchi energetik qobiqda 8 ta, uchinchi energetik qobiqda 18 ta, toʻrtinchi energetik qobiqda 32 ta, beshinchi energetik qobiqda 50 ta elektronlar boʻlganda har bir energetik pogʻonalar tugallangan hisoblanadi va h.z. Tashqi qavatning tugallanishi 8 ta elektron boʻlganda (amalga oshadi) nihoyasiga yetadi. Ya’ni tashqi elektron qobiq (pogʻona) da 8 ta dan ortiq elektron boʻlishi mumkin emas.
Bundan vodorod va geliy mustasno, ularda tashqi qavat yadroda birinchi hisoblanadi, shuning uchun ularning tashqi elektron qavati tugallanishi 2 ta elektron bilan amalga oshadi.
Download 241.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling