Atom tuzilishi, atomlardagi elektronlarning taqsimlanishi. Elektronlar harakatining zarracha va to‘lqinsimon tabiati
Download 241.63 Kb.
|
2 Atom tuzilishi, atomlardagi elektronlarning taqsimlanishi. Elekt
Ikki marta sehrli yadrolarga va lar; protoni boʻyicha sehrli yadrolarga lar, neytroni boʻyicha sehrli yadrolarga esa va va boshqalar kiradi.
Yadro zaryadlari bir xil, ammo massalari turlicha (har xil) boʻlgan zarrachalar izotoplar deyiladi. Izotoplar massalari va yadrolaridagi neytronlar soni bilan bir- biridan farq qiladi. Masalan; kislorod elementining hamma atomlarining yadrolarida 1xil (8ta) sondagi protonlar mavjud, ammo neytronlar soni har xil 8, 9 va 10 ta. Vodorodning 3 ta izotopi bor: - protiy (1p); ( )- deyteriy (1p;1n); yoki - tritiy (1p;2n). Kalsiyning 3 ta tabiiy izotopi bor: Ca (20p; 20n); Ca (20p; 22n); Ca (20p; 23n). Elementlarning izotoplari 2 tadan (Masalan; Cl), 20 tagacha (Masalan; Sn) oraliqda oʻzgarib turadi. Yagona (faqat bitta) tabiiy izotopga ega boʻlgan elementlar ham mavjud boʻlib, ularning soni 21 ta: Be, F, Na, Al, P, Sc, Mn, Pr, Tb, Ho, Tm, Y , I, Co, As, Nb, Rh, Cs, Au, Bi, Th. Izotoplar ikki xil boʻladi: barqaror (stabil) va beqaror (radioaktiv). Beqaror izotoplar vaqt oʻtishi bilan radioaktiv yemirilishi natijasida oʻz-oʻzidan boshqa element atomlariga aylanadi. Izotoplar ayni kimyoviy element belgisi bilan ifodalanadi. Element belgisining chap tomoni yuqori qismiga uning massasi, pastki qismiga esa tartib raqami qoʻyiladi ( ). Masalan; Na; ; va h.z. Davriy sistemada elementlar tabiiy izotoplarining oʻrtacha nisbiy atom massalari berilgan. Shuning uchun nisbiy atom massalar kasr sonli boʻladi. Oʻrtacha nisbiy atom massa quyidagi tenglama yordamida hisoblanadi: ; Xlorning tabiatda Cl (75,4%) va Cl (24,6%) izotoplari uchraydi. Yuqoridagi formuladan foydalanib xlorning oʻrtacha atom massasini hisoblaymiz: Elementlar nisbiy atom massalarining kasr sonlariga ega boʻlishining ikkinchi sababi, yadro hosil boʻlishida nuklonlar massalarining bir qismi Ebogʻ=∆m∙c2 tenglamaga muvofiq, energiyaga aylanishidir. Har qanday bogʻ hosil boʻlishida energiya ajralib chiqadi. Kimyoviy bogʻlanish hosil boʻlishida bu energiya kichik qiymatga ega, shuning uchun bu energiya inobatga olinmaydi va massa oʻzgarmas deb qabul qilinadi. Yadro hosil boʻlishida esa juda katta miqdorda energiya ajralib chiqadi va bu “massa defekti” nomi bilan ma’lum. Masala. Elementar zarrachalarda geliy yadrosi hosil boʻlishida qancha energiya ajralib chiqadi? Yechish: Geliyning atom massasi 4,0026 m.a.b. ga teng. Elementar zarrachalar massalarining yigʻindisini hisoblaymiz: 2mp+2mn+2me=2(1,007+1,009+5,5∙10-4)=4,0331 m.a.b. Massa defekti 4,03–4,0026=3,05∙10-2 yoki 0,0305 m.a.b yoki 3,05∙10-2∙1,66∙10-27=5,1∙10-29kg. ∆E=∆mc2=5,1∙10-29∙(3∙108)2=4,6∙10-13 . Yadro zaryadi har xil ammo massa sonlari bir xil boʻlgan atomlar turiga izobarlar deyiladi. Masalan; Izobarlarda protonlar soni ham, neytronlar soni ham oʻzaro teng boʻlmaydi. . Ammo proton va neytronlar sonining yigʻindisi (nuklonlar soni) oʻzaro teng boʻladi. Yadrosidagi neytronlar soni teng boʻlgan zarrachalar izotonlar deyiladi. Masalan; Elektronlar soni oʻzaro teng boʻlgan zarrachalar izoelektron zarrachalar deyiladi. Masalan; CO va N2 molekulalarining har birida 14 tadan elektron bor. Shuning uchun CO va N2 lar oʻzaro izoelektron zarrachalardir. S-2, Ar, K+, Cl, Ca+2 zarrachalar ham oʻzaro izoelektron zarrachalar boʻlib, ularning tarkibida 18 ta dan elektron boʻladi. Download 241.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling