Atom tuzilishi Tabiatda tarqalishi Fizik xossalari Kimyoviy xossalari
Download 337.8 Kb.
|
alyuminiy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Alyuminiyning tashqi elektron pogonasida uchta elektron bor.
- Alyumosilikatlarga dala shpatlari K2O-Al2O3-6SiO2 yoki K(AlSi3O8), slyudalar K2O-2H2O-3Al2O3-6SiO2
- Kimyoviy xossalari
- Alyuminiy qizdirilgan holda xlorid va suyultirilgan sulfat kislotasi bilan oson tasirlashib, vodorod ajratib chiqaradi
- Alyuminiy qizdirilganda galogenlar, fosfor, oltingugurt, azot, uglerod bilan reaksiyaga kirishadi
- 8Al + 3Fe3O4 — 4Al2O3 + 9Fe + 3300 kJ
- Reaksiya natijasida aralashma 3500°C gacha qizib ketadi. Reaksiya mahsulotlari bolgan alyuminiy oksid va temir suyuqlangan holda boladi.
- Mavzular yuzasidan test savollari
- Na2O2 + H2O — E) Na2O2 + CO2
Reja:
Atom tuzilishiAlyuminiy-Davriy sistemaning III guruhi bosh guruhchasida 13-tartib nomeri bilan joylashgan. Kimyoviy belgisi-Al. Nisbiy atom massasi 26,9815 ga teng. Alyuminiy p-elementlar oilasiga kiradi.Alyuminiyning tashqi elektron pog'onasida uchta elektron bor.Kimyoviy reaksiyalarda uchta elektronini berib, alyuminiy +3 zaryadlangan ionga aylanadi. Barcha barqaror birikmalarida +3 oksidlanish darajasini namoyon qiladi.Tabiatda tarqalishiAlyuminiy tabiatda eng ko'p tarqalgan metall bo'lib, Yer qobig'idagi massa ulushi 7,45 % ni tashkil etadi. Erkin holda uchramaydi. Tarkibida alyuminiy tutgan 250 dan ortiq mineral borligi ma'lum. Alyuminiyning asosiy qismi alyumosilikatlar shaklida uchraydi.Alyumosilikatlarga dala shpatlari K2O-Al2O3-6SiO2 yoki K(AlSi3O8), slyudalar K2O-2H2O-3Al2O3-6SiO2yoki KAl2(AlSi3O10)(OH)2 kiradi. Alyumosilikatlarning nurashi natijasida gillar hosil bo'ladi, masalan, oq gil-kaolin AlO -2SiO -2HO.Odatda gillar qo'shimchalar tutadi. Korund mineralida alyuminiy Al2O3 shaklida bo'ladi. Boksitlar-Al2O3 - nH2O tog' jinslari ham alyuminiy tutadi. Ularning tarkibida qo'shimcha sifatida temir, marganes, kremniy oksidlar bo'ladi. Alyuminiy olish uchun manba bo'lgan alyuminiy oksid, boksitlar va nefelindan (Na,K)2O - Al2O3 - SiO2 yoki (K, Na)[AlSiO4] olinadi.Alyuminiy muskul to'qimasida 0,07-2,8 - 10-4 %, ilikda (4-27) - 10-4 %, qonda 0,39 mg/l miqdorda bo'ladi. Har kuni ovqat bilan 2,45 mg iste'mol qilinishi kerak. Inson organizmida (70 kg) o'rtacha 61 mg miqdorda bo'ladi.Fizik xossalariAlyuminiy-kumushsimon oq rangli, qattiq metall. Alyuminiy yaxshi bolg'alanadi, undan sim tortish oson, issiqlik va elektr tokini yaxshi o'tkazadi. Suyuqlanish harorati 660,5°C, zichligi 2698 kg/m3; izotop soni 11 (22—31);Kimyoviy xossalariOdatdagi haroratda alyuminiy havoda o'zgarmaydi, chunki u havoda tezda oksidlanadi va uni yupqa, mustahkam oksid pardasi suv va boshqa oksidlanish holatidan himoya qilib turadi:Agar oksid pardasi olib tashlansa, alyuminiy suv bilan oson reaksiyaga kirishadi, vodorod ajratib chiqaradi:Alyuminiy qizdirilgan holda xlorid va suyultirilgan sulfat kislotasi bilan oson ta'sirlashib, vodorod ajratib chiqaradi:Konsentrlangan nitrat kislota bilan odatdagi haroratda ta'sirlashmaydi. Shuning uchun, konsentrlangan nitrat kislotasi alyuminiy idishlarda saqlanadi.Alyuminiy ishqorlarning suvli eritmalari bilan oson ta'sirlashib, vodorod ajratib chiqaradi:Alyuminiy qizdirilganda galogenlar, fosfor, oltingugurt, azot, uglerod bilan reaksiyaga kirishadi:Alyuminiy ko'pchilik metallarning oksidlari bilan ham ta'sirlashadi. Agar alyuminiy va temir (II, III)-oksidlarni aralashtirib, cho'g'lanib turgan sim tekkizilsa, juda shiddatli ekzotermik reaksiya sodir bo'ladi:8Al + 3Fe3O4 — 4Al2O3 + 9Fe + 3300 kJReaksiya natijasida aralashma 3500°C gacha qizib ketadi. Reaksiya mahsulotlari bo'lgan alyuminiy oksid va temir suyuqlangan holda bo'ladi.Alyuminiy bilan temir kuyundisining aralashmasi termit deb ataladi va ba'zi hollarda metallarni payvandlashda ishlatiladi.Reaksiya natijasida aralashma 3500°C gacha qizib ketadi. Reaksiya mahsulotlari bo'lgan alyuminiy oksid va temir suyuqlangan holda bo'ladi.Alyuminiy bilan temir kuyundisining aralashmasi termit deb ataladi va ba'zi hollarda metallarni payvandlashda ishlatiladi.IshlatilishiAlyuminiy va uning qotishmalari yengilligi va havo, namlik ta'siriga chidamli bo'lganliklari uchun xalq xo'jaligida keng ishlatiladi. Masalan, dyuralyuminiy (95 % Al, 4 % Cu, 0,5 % Mg, 0,5 % Mn) po'lat kabi mustahkam, lekin undan uch barobar yengil.Alyuminiy qotishmalari raketa, aviatsiya, kemasozlik, temiryo'l transporti, qurilish, asbobsozlikda ishlatiladi. Alyuminiydan teleskop oyinalari, elektr tarmoqlari simlari, termit, yorituvchi raketalar, oshxona idishlari tayyorlanadi. Undan foydalanib, ko'p metallar va metallmaslar olinadi. Alyuminiy kukunidan temir va temir buyumlarni korroziyadan saqlovchi metall bo'yog'i tayyorlanadi. Alyuminiy folgadan oziq-ovqat sanoatida o'rash vositasi sifatida ham foydalaniladi. Elektrotexnikada kondensatorlar tayyorlashda ishlatiladi.Alyuminiy birikmalari ham ko'p sohalarda ishlatiladi. Tabiatda korund shaklida uchraydigan alyuminiy oksiddan turli maqsadlarda foydalaniladi: texnik maqsadlar uchun jilvir, qumqayroq; tiniq kristallari-qizil rubin va moviy sapfir-qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlari tayyorlanadi. Rubinlardan lazerlar, podshipniklar ham tayyorlanadi.Mavzular yuzasidan test savollari1. Quyidagi qaysi qatorda faqat ishqoriy metallar keltirilgan?A) K, Na, Rb; B) K, Na, Ca; D) Li, Fe, Ca; E) Fr, Cs, Au; F) Ag, Cu, Au.2. Qaysi reaksiyada kislorod hosil bo'ladi?Na2O + H2O — D) Na2O2 + H2SO4 — F) Hamma reaksiyalardaNa2O2 + H2O — E) Na2O2 + CO2 —3. Quyidagilardan qaysi biri so'ndirilmagan ohak?А) Ca(OH)2; B) CaCO3; D) CaO; E) Ca(HCO3)2; F) MgCO3.4. Reaksiya unumi 90 % bo'lganda 5,1 g Al2O3 ni elektroliz qilib, necha g alyuminiy olish mumkin?A) 2,43; B) 2,7; D) 5,4; E) 1,35; F) 0,51.Download 337.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling