Savol va topshiriqlar:
Kaliy permanganatning sulfat kislota ishtirokidagi natriy peroksid bilan reaksiyasida 5,6 l (n.sh.) gaz ajraldi. Reaksiyada qatnashgan kaliy permanganat massasini (g) hisoblang. A) 24,2; B) 15,8; C) 62,4; D) 50,6.Xrom (III) sulfat kaliy gidroksid ishtirokida vodorod peroksid bilan ta’sirlashganda 19,4 g kaliy xromat hosil bo‘ldi. Reaksiyada qatnashgan oksidlovchining massasini (g) hisoblang. A) 5,1; B) 13,6; C) 10,2; D) 6,8.
5% li 204 g vodorod peroksid eritmasining ishqoriy sharoitda oltin(III) xlorid bilan reaksiyasida hosil bo‘lgan oltinning massasini (g) hisoblang.
15- ELEKTROLIZ
Reja:
Elektroliz tushunchasi. Eritma va suyuqlanma elektrolizi
Elektroliz qonunlari.
Mavzuga doir masalalar yechish.
Elektroliz jarayoni qanday jarayon ekanligini bilib olish uchun quyidagi tajribani ko‘rib chiqamiz.
Elektroliz jarayonini o‘tkazish uchun mo‘ljallangan maxsus idish (elektro- lizyor yoki elektrolitik vanna) olamiz. Uni ichiga mis (II) xlorid eritmasidan solamiz.
Shu idishga elektrodlarni tushiramiz. Birinchi elektrodga elektr tokining manfiy qutbi, ikkinchisiga musbat qutbi ulanadi. Manfiy qutb ulangan elek- trod katod va musbat qutb ulangan elektrod esa anod deb ataladi.
Katod Anod
Katod va anodni o‘zgarmas tok manbayiga ulasak, reaksiya sodir bo‘ladi. Ya’ni mis (II) xlorid tarkibidagi musbat zaryadlangan Cu2+ kationlari man- fiy zaryadlangan katod tomon harakatlanadi. Manfiy zaryadlangan Cl- anion- lari esa musbat zaryadlangan anod tomon harakatlanadi.
Elektroliz qonunlari
Elektroliz qonunlarini ingliz olimi M.Faradey kashf etgan.
Faradeyning 1-qonuni: Elektroliz davomida elektrodlarda ajralib chiqa- digan moddaning massasi elektrolit eritmasi orqali o‘tgan elektr toki- ning miqdoriga to‘g‘ri proporsional bo‘ladi.
Faradeyning 2-qonuni: Agar turli xil elektrolitlar eritmalari orqali bir xil miqdorda elektr toki o‘tkazilsa, elektrodlarda ajralib chiqadigan moddalarning massasi, shu moddaning ekvivalent og‘irliklariga to‘g‘ri proporsional bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |