Quyidagi hollarda kimyoviy reaksiyalar qaytmas bo‘ladi:
Reaksiya mahsulotlari reaksiya doirasidan cho‘kma yoki gaz holda chiqib ketsa, masalan:
CaCl2+ H2SO4 CaSO4 + 2HCl K2CO3 + 2HCl 2KCl + CO2 + H2O
Kam ionlanadigan birikma, masalan, suv hosil bo‘lsa,
NaOH + HCl NaCl + H2O
Reaksiya davomida katta miqdorda energiya ajralsa, masalan, magniy- ning yonishi:
2Mg + O2 2MgO H = -602,5 kj/mol
Bir vaqtning o‘zida bir-biriga teskari ikki yo‘nalishda boradigan reaksiyalar qaytar reaksiyalar deyiladi.
Qaytar reaksiyalarda kimyoviy jarayon qarama-qarshi tomonda sodir bo‘ladi. Ya’ni, avval reaksiya mahsulotlari va ayni daqiqada reaksiya mahsulotlaridan dastlabki moddalar ham hosil bo‘ladi. Qaytar reaksiyalar- ning tenglamalarida chap va o‘ng qismlari orasida qarama-qarshi tomonlarga yo‘nalgan ikkita strelka qo‘yiladi. Oltingugurt (IV) oksidi suv bilan reaksiya- ga kirishib, sulfid kislota hosil qiladi:
SO2 + H2O H2SO3
Mavzuga oid testlar:
NH3+О2=Н2О+N2 reaksiyada kimyoviy muvozanat qaror topganda moddalar konsentratsiyalari [NН3]=0,4; [О2]=0,65; [Н2О]=0,3 mol/litr ni tashkil qiladi. Reaksiya hajmi 0,005 m3 bo‘lgan idishda olib borilgan bo‘lsa, dastlabki moddalar miqdorini (mol) hisoblang.
А) 0,6; 0,8; В) 1,0; 0,75; С) 3,0; 4,0; D) 0,2; 0,15.
NH3(g)+Cl2(g)=N2(g)+HCl(g) reaksiya hajmi 0,009 m3 bo‘lgan idishda olib borildi. Kimyoviy muvozanat qaror topganda moddalar konsentratsiyalari [NH3]=0,4; [Cl2]=0,2; [HCl]=0,6 mol/litr bo‘lsa, boshlang‘ich moddalar miqdorini (mol) hisoblang.
А) 0,2; 0,3; В) 0,6; 0,5; С) 5,4; 4,5; D) 1,8; 2,7.
СН4(g)+Н2О(g)=СО(g)+Н2(g) reaksiya hajmi 9 litr bo‘lgan idishda olib borildi.
Kimyoviy muvozanat qaror topganda moddalar konsentratsiyalari [СH4]=0,5;
[Н2О]=0,3; [H2]=0,6 mol/l bo‘lsa, boshlang‘ich moddalar miqdorini (mol) yig‘indisini hisoblang.А) 1,2; В) 10,8; С) 0,8; D) 7,2.
Do'stlaringiz bilan baham: |