Atom va molekulalarning tuzilishi haqida tushunchalar. Davriy qonun


Download 1.51 Mb.
bet17/21
Sana20.12.2022
Hajmi1.51 Mb.
#1034180
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
nigora 06.12.2022

Mavzuga doir masalalar:

  1. Hajmi 4 litr bo‘lgan idish 18 mol is gazi bilan to‘ldirildi. 75 sekunddan so‘ng (2CO(g) + O2(g) ↔ 2CO2(g) reaksiya bo‘yicha) idishda 8 mol is gazi qoldi. Reaksiyaning o‘rtacha tezligini mol/litr∙min aniqlang.

  2. Hajmi 5 litr bo‘lgan idish 5 mol metan gazi bilan to‘ldirildi. 120 sekunddan so‘ng (CH4 (g) + 2O2 (g) ↔ CO2 (g) + 2H2O (g) reaksiya bo‘yicha) idishda 3 mol metan gazi qoldi. Reaksiyaning o‘rtacha tezligini mol/litr∙min aniqlang.

  3. Hajmi 0,25 litr bo‘lgan idish 22 mol xlorid kislota bilan to‘ldirildi. 30 sekunddan so‘ng (HCl +NaOH↔ NaCl+H2O reaksiya bo‘yicha) idishda 7 mol xlorid kislota qolgan bo‘lsa, reaksiya tezligini (mol/litr∙sek) aniqlang.

  4. Hajmi 0,4 litr bo‘lgan idish 10 mol NH3 bilan to‘ldirildi. 75 sekunddan so‘ng (2NH3(g)↔N2(g)+3H2(g) reaksiya bo‘yicha) idishda 1 mol NH3 qolgan bo‘lsa, reaksiya tezligini (mol/litr∙sek) aniqlang.


13- KIMYOVIY MUVOZANAT
Reja:

1.Qaytmas reaksiyalar.


2.Qaytar reaksiyalar.
3.Kimyoviy muvozanat.
Idishga azot va vodorodni solamiz va idish qopqog‘ini berkitamiz. Ma’lum sharoit hosil qilinganda azot va vodorod molekulalari o‘zaro ta’sirlashib, ammiak molekulasini hosil qila boshlaydi.
N2 + 3H2 2NH3
Natijada idishda azot va vodorodning miqdori kamayib, ammiakning miqdori ortib boradi. Shu bilan birgalikda azot va vodorod molekulalarini bir-biri bilan ta’sirlashish ehtimolligi kamayadi. Endi azot va vodoroddan ammiak hosil bo‘lishi o‘rniga, ammiak molekulasi parchalanib, azot va vodorod molekulalari hosil bo‘la boshlaydi. Ya’ni reaksiya teskari yo‘nalishda boradi.
2NH3 N2 + 3H2
Kimyoviy reaksiyalarni 2 guruhga bo‘lishimiz mumkin:

      1. Qaytar reaksiyalar;

      2. Qaytmas reaksiyalar.

Faqat bir yo‘nalishda boradigan va reaksiyaga kirishayotgan boshlang‘ich moddalar oxirgi mahsulotlarga to‘liq aylanadigan reaksiyalar qaytmas reaksiyalar deyiladi. Qaytmas reaksiyalar shunday reaksiyalarki, reaksiya natijasida hosil bo‘lgan mahsulotlar parchalanib yoki o‘zaro reaksiyaga kirishib dastlabki moddalarni hosil qilmaydi. Mis metallining konsentrlangan nitrat kislota bilan reaksiyasida olingan mahsulotlardan, ya’ni azot (IV) oksid, mis (II) nitrat va suvni o‘zaro reaksiyaga kirishtirib metall holidagi misni olib bo‘lmaydi.
Cu + 4HNO3 Cu(NO3)2 + 2NO2 + 2H2O Cu(NO3)2 + 2NO2 + 2H2O
Shuningdek temir va oltingugurtni reaksiyaga kirishtirib olingan temir (II)
sulfid shu haroratda yana temir metali va oltingugurtga parchalanmaydi.
Fe + S FeS
FeS
Shuning uchun bu reaksiyalar qaytmas reaksiyalar hisoblanadi. Ular dast- labki moddalardan birontasi tugamaguncha, ya’ni oxirigacha davom etadi.

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling