Atom yadrosi tarkibi
Download 123.6 Kb.
|
3-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Radioaktivlik hodisasi.
Rentgen nurlari
Katodiy nurlar ta‘sirida shisha shu‘lalanadi. Rentgen ana shu hodisani tekshirish natijasida, nurlarning yangi turini kashf etdi va ularni X nurlar deb atadi. X nurlar keyinchalik, rentgen sharafiga, rentgen nurlari deb ataladigan bo’ldi. Rentgen nurlari fotog’rafiya plastinkasiga ta‘sir etadi va ko’pgina moddalarni Shu‘lalantiradi. Rentgen nurlari metallardan, ayniqsa og’ir metallardan va boshqa jismlardan o’ta oladi. Rentgen nurlari manbai sifatida katodiy nurlar ta‘sir etadigan har qanday qattiq jism, asosan, volfram, platina kabi og’ir metallar ishlatilishi mumkin. Rentgen nurlari hosil qilish maqsadida maxsus naylar — rentgen naylari ishlatiladi . Bu naylarda katodiy nurlar metall plastinkaga — antikatodga yuboriladi. Plastinka katoddan chiquvchi tez uchar zarrachalar (elektronlar) zarbi ta‘sirida rentgen nurlari chiqara boshlaydi. Rentgen nurlari, katodiy nurlarning aksicha, magnitaviy maydonda ham, elektr maydonda ham og’maydi. Binobarin, rentgen nurlari zaryadsiz zarrachalardir. Radioaktivlik hodisasi. 1896 yilda A. Bekkerel uran birikmalarining ko’zga ko’rinmas nurlar chiqarishini va bu nurlar qora qog’oz ichidagi fotoplastinkaga ta‘sir etishini aniqladi. 1898 yilda Mariya Kyuri - Skladovskaya bilan Per Kyuri uran rudasida radiy va poloniy elementlarini topdilar va ularning shiddatli ravishda nurlar chiqarishini aniqladilar. Ular davriy sistemaning VI davridagi toriy va aktiniy ham nurlar chiqarish xossasiga ega ekanligini topdilar. Bu hodisa, ya‘ni elementlarning o’z-o’zidan nur chiqarish hodisasi radioaktivlik hodisasi - deb ataladi; o’z-o’zidan nur chiqaruvchi elementlar esa radioaktiv elementlar deb ataladi. Radioaktivlik hodisasi atomning tuzilishiga oid ta‘limotning yanada rivojlanishiga asos bo’ldi. Radioaktiv elementlarning emirilish jarayoni. Radioaktiv elementlardan asosan uch xil nur chiqadi. Qo’rg’oshin bu nurlarni o’tkazmaydi. Ana Shundan foydalanib, radioaktiv elementlardan nur chiqishini aniqlash mumkin. Buning uchun Yuqorisidan kichkina teshik qo’yilgan qo’rgoshin idishga radioaktiv preparat solinib, idishning teshigiga qora qogozga o’ralgan fotog’rafiya plastinkasi tutiladi. Shundan keyin fotoplastinkada uchta dog’ hosil bo’lganligini ko’rish mumkin. Bu dog’lar radioaktiv preparatdan uch xil nur chiqqanligini ko’rsatadi. Bu nurlarning biri elektr maydonida manfiy qutb tomon burikadi va -nurlar deb ataladi, ikkinchisi elektr maydonida musbat qutb tomon buriladi va -nurlar deyiladi, nurlarning uchinchisiga esa elektr maydon ta‘sir etmaydi, Shuning uchun o’z yo’nalishini o’zgartirmaydi va - nurlar deb ataladi.
-nurlarning moddalardan o’tish xususiyati -zarrachalarnikidan Yuqori, ammo energiyasi ularnikidan kichikroq. Uchinchi xil nurlar — -nurlar zaryadsiz zarrachalar bo’lib, to’lqin uzunligi rentgen nurlarinikidan ham kichik, binobarin, turli moddalardan o’tish xususiyati rentgen nurlarinikidan Yuqori. Radioaktiv nurlanish jarayoni natijasida radioaktiv elementlar- ning atomlari hamisha emirilib, boshqa elementga aylanib turadi. Masalan, radiy nurlar chiqarib, radonga aylanadi. Shunday qilib, radioaktiv emirilish jarayoni ham atomning murakkab tuzilganligidan dalolat beradi. Download 123.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling