Atom yadrosi tarkibi


Download 123.6 Kb.
bet3/6
Sana02.06.2024
Hajmi123.6 Kb.
#1840028
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-ma\'ruza

Atom yadrosi
Katodiy nurlarning elektronlar oqimidan iborat ekanligi aniqlangandan va elektronning zaryadi bilan massasi hisoblab topilgandan keyin atomning tuzilishi o’rganila boshladi.
Xilma-xil moddalardan elektronlar ajralib chiqishi elektronlarning barcha atomlar tarkibiga kirishini ko’rsatdi, Ammo atom, umuman olganda, elektr jihatidan neytral bo’lganligi uchun unda musbat zaryadli boshqa bir qism bo’lishi va uning zaryadi shu atomdagi barcha elektronlar zaryadlari yig’indisiga teng bo’lishi kerak, degan fikr tug’ildi.

α zarrachalarning atom ichidan o’tishi


Atomning musbat va manfiy zaryadli zarrachalari bir-biriga nisbatan qanday joylashganligini ingliz fizigi Rezerford quyidagicha tajriba o’tkazib aniqladi: u yupka metall plastinkaga juda katta energiyali -zarrachalar tutamini yubordi, bunda - zarrachalarning ko’pchiligi plastinkadan o’tgach, to’g’ri yo’lini (3.3- rasm), - zarrachalarning atom ichidan o’zgartirmaganligini, ba‘zilarining turli qiyalikda burilganligini, juda kam qismining esa orqa tomonga qaytganligini aniqladi..
Atom yadrosining zaryadi. Mozli qonuni. Yuqorida aytib o’tilganidek, atom,
umuman olganda, elektr jihatidan neytral. Shu sababli yadrodagi protonlarning umumiy zaryadi elektronlarning umumiy zaryadiga teng. Protonning zaryadi bilan elektronning zaryadi qarama-qarshi ishorali, ammo miqdor jihatidan o’zaro teng bo’lganligi uchun atomda protonlarning soni elektronning soniga baravar bo’lishi kerak. Odatda, yadro zaryadi aniqlanib, undan elektronlar soni topiladi.
Biror element atomi -zarrachalar bilan bombardimon qilinganda o’z yo’lini o’zgartirgan -zarrachalar soni va burilish burchagi yadroning zaryadiga proporsional bo’ladi; ana Shundan foydalanib, yadro zaryadini aniqlash mumkin. Rezerford ana Shu usulni tadbiq etib, yadro zaryadi atom og’irligining taxminan yarmiga tengligini ko’rsatdi. Ikkinchi tomondan, elementning davriy jadvaldagi tartib raqami ham element atom og’irligining taxminan yarmiga teng (engil elementlar uchun). Demak, atomdagi elektronlar soni elementning davriy jadvaldagi tartib raqamiga; elementlarning tartib raqami esa Shu elementlar atomi yadrosining zaryadiga teng.

Download 123.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling