Atom yadrosi va elementlar zarrasi


Download 1.3 Mb.
bet5/17
Sana13.02.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1196068
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Tursunova Husnida

Yadroviy reaksiyalar.
Hozirgi vaqtda atom yadrosida ko‘p sonli elementar zarracha
lar kashf qilingan. Ulardan eng muhimlari protonlar bilan neytronlardir. Bu ikkala zarracha nuklon deyila
digan yadro zarrachasining ikki turli xil holati sifatida qaraladi.
 Elementar zarrachalarning muayyan massasi va zaryadi boladi. 
Protonning massasi 1,0073 m. a. b. ga va zaryadi + 1 ga teng. Neytronning massasi 1,0087 m. a. b. ga, zaryadi esa nolga teng (zarracha elektr neytraldir). Proton bilan neytronning massasini deyarli bir 
xil deyish mumkin.Neytron kashf etilgandan keyin tez orada rus olimlari
 D.D.Ivanenko bilan Y.N.Gapon yadro tuzilishining proton—
neytron nazariyasini yaratdilar (1932). Bu nazariyaga muvofiq
vodorod atomining yadrosidan boshqa barcha atomlarning yadrolari Z protonlar bilan (A—Z) neytronlardan tarkib topgan, bunda
Z — elementning tartib raqami, A — massa soni.Massa soni A atom yadrosidagi protonlar Z bilan neytron
larning N umumiy sonini ko‘rsatadi, ya’ni
A=Z+N
Proton bilan neytronlarni yadroda tutib turuvchi kuchlar yadro
kuchlari deyiladi. Bular juda qisqa masofalarda (10-15 m atrofida) 
ta'sir etuvchi nihoyatda katta kuchlar bo‘lib, itarilish kuchlaridan katta bo‘ladi. Bu kuchlarning tabiatini-yadro fizikasi o'rganadi.Tekshirishlar shuni ko‘rsatdiki, tabiatda bitta elementning massasi turlicha bolgan atomlari mavjud bolishi mumkin ekan. Masalan, xlorning massasi 35 va 37 bolgan atomlari uchraydi. Bu atomlarning yadrolarida protonlar soni bir xil, lekin neytronlarning soni turlicha boladi.Elementning yadro zaryadlari bir xil, lekin massa sonlari turli olia bolgan atom turlari izotoplar deyiladi.Har qaysi izotop ikkita kattalik: massa soni (tegishli kimyo
viy element belgisining chap tomoni yuqorisiga yoziladi) va tartib
raqami (kimyoviy element belgisining chap tomoni pastiga yozi
ladi) bilan xarakterlanadi.Elementning atom massasi uning barcha tabiiy izotoplari 
massalarining shu izotoplarning tarqalganlik darajasi e’tiborga olingan o‘rtacha qiymatiga tenMasalan, tabiiy xlorning 75,4 foiz massa soni 35 bolgan izotopdan va 24,6 foiz massa soni 37 bolgan izotopdan iborat: xlorning o'rtacha atom massasi 35,453. Yadro reaksiyalari — bu atom yadrolarining elementar 
zarrachalar bilan va bir-biri bilan o‘zaro ta’sirlashishi natijasida
o‘zgarishidir. Bunday reaksiyalarning tenglamalarini yozish massa 
va zaryadning saqlanish qonunlariga asosiangan. Bu degan so‘z, 
tenglamaning chap qismida massalar yig‘indisi bilan zaryadlar
yig'indisi tenglamaning o‘ng qismidagi massalar yig'indisi bilan
zaryadlar yig‘indisiga teng bo‘lishi kerak, demakdir.
Siklotron qurilmasi yaratilgandan (1930) keyin juda ko‘p
turli-tuman yadro reaksiyalari kashf qilindi va tekshirildi.Yadro reaksiyalarining tenglamalarini qisqacha yozish ko‘p 
qollaniladi. Dastlab boshlanglch yadroning kimyoviy belgisi yozila
di, so‘ngra (qavs ichida) reaksiyani vujudga keltirgan zarracha va reaksiya
 natijasida hosil bolgan zarracha qisqacha belgilanadi, shundan keyin
 hosil boigan yadroning kimyoviy belgisi qo‘yiladi. Bunda boshlangich
va hosil bolgan yadrolaming simvollarida faqat massa sonlari qo‘yiladi, 
chunki yadrolarning zaryadlarini D.l.Mendeleyevning element
lar davriy sistemasidan oson aniqlash mumkin.Yadro reaksiyalari – bu atom yadrolarining elementar zarrachalar bilan va bir-biri bilan o‘zaro ta’sirlashishi natijasidagi o‘zgarishidir. γ- nurlanish rеntgеn nurlariga o‘xshash bo‘lib, kuchli o‘tish (singish) xossasiga ega; 0,1 m qalinlikdagi to‘siqdan o‘ta oladi. Atom yadrosidagi energiya kamayadi, lekin massasi va zaryadi o‘zgarmaydi. Yadro reaksiyalari β- parchalanish, α- parchalanish kabi asosiy turlarga bo‘linadi. α- parchalanishda elеmеntning tartib raqami 2 birlikka kamayadi. β- parchalanishda elеmеntning tartib raqami bir birlikka ortib, yadroning massa soni o‘zgarmay qoladi. Ayrim yadro rеaksiyalarida pozitron ( 1+ 0e )yoki (+β) zarracha hosil bo‘lib, yadroning massa soni o‘zgarmasdan, tartib raqami bir birlikka kamayadi. Ba’zi yadro rеaksiyalarida yadro β-zarrachani biriktirib oladi. Bunda tartib raqami bir birlikka kamayadi, yadro massasi o‘zgarmaydi. Yadro reaksiyalari yordamida radioaktiv xususiyati bor izotoplar (radioaktiv izotoplar) olinadi. Ularning hammasi beqaror va radioaktiv parchalanish natijasida boshqa elementlarning izotoplariga aylanadi. Barcha kimyoviy elementlarning radioaktiv izotoplari olingan. Ularning taxminan 1500 turi ma’lum. Faqat radioaktiv izotoplardan tarkib topgan elementlar radioaktiv elementlar deyiladi. Bular Z=43, 61 va 84 — 105 elementlardir.Bunday reaksiyalarning tenglamalarini yozish elementlarning massa va zaryadlari yig‘indisi o‘zgarmasligiga asoslangan. Bu degan so‘z, tenglamaning chap qismida massalar yig‘indisi bilan zaryadlar yig‘indisi tenglamaning o‘ng qismidagi massalar yig‘indisi bilan zaryadlar yig‘indisiga teng bo‘lishi kerak.1919-yilda Rezerford azot atomlarining yadrolarini α-zarrachalar bilan bo’lbardimon qilib, birinchi marta sun’iy ravishda yadro reaksiyasini amalga oshirdi:Barqaror (radioaktiv emas) izotoplardan 300 ga yaqini ma’lum. D.I. Mendeleyev elementlar davriy sistemasidagi ko‘pchilik kimyoviy elementlar ana shunday izotoplardan tarkib topgan. Ba’zi elementlarda barqaror izotoplar bilan birga uzoq vaqt yashaydigan radioaktiv izotoplari ham bo‘ladi.

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling