Atom yadrosi va elementlar zarrasi
Bevosita o‘zaro ta’sirli yadroviy reaksiyalar
Download 1.3 Mb.
|
Tursunova Husnida
Bevosita o‘zaro ta’sirli yadroviy reaksiyalar
Yadroviy reaksiyalarni o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, ba’zi hollarda reaksiya natijasini Bo’ling kompaund yadro mexanizmi asosida tushuntirish mumkin emas. Masalan, ikkilamchi zarralarning burchak taqsimoti izotrop emas, balki anizatrop bo’lib,chiqdi. Agar yadro reaksiyasi tyad yoki unga yaqinroq vaqtda ro‘y beradigan bo’lsa, bunday reaksiya bevosita o‘zaro ta’sirli yadro reaksiyasi deyiladi. Bunday qisqa vaqt ichida yadroga kelib tushgan zarra yadrodagi bitta yoki ko‘pi bilan ikkita-uchta nuklonlar bilan to‘qnashishga ulguradi.Kompaund yadro mexanizmidan farqli oMaroq, bu holda bitta nuklon bilan to‘qnashgan zarra unga bevosita impuls beradi va natijada bu zarra yadrodan urib chiqarilishi mumkin bo’ladi.Bunday mexanizm asosida nishon-yadrodan protonlar hamda neytronlar teng intensivlik bilan uchib chiqishi mumkin, chunki yuqori energiyalarda tushayotgan zarra bilan nishon-yadro orasidagi kulon ta’simi hisobga olmasa ham bo’ladi.Shunday qilib, bevosita o‘zaro ta’sirli yadroviy reaksiyalar quyidagi alomatlarga ega bo’lishadi: birinchidan, tushuvchi nuklon o‘z impulsini asosan bitta nuklonga beradi, uchib chiquvchi nuklonlar ko‘plab tushish yo‘nalishida bo’ladi. Ikkinchidan, tushuvchi nuklon bitta nuklonga deyarlik toMa energiyasini berar ekan, chiquvchi nuklon energiyasi ham maksimum energiyaga yaqin energiya bilan chiqadi. Uchinchidan, kulon to‘sigM rol o‘ynamaydi, proton va neytronlar teng intensivlik bilan chiqa oladi.Bevosita o‘zaro ta’sirli yadroviy reaksiyalar xillari turlicha, istalgan tushuvchi zarralar bilan barcha yadrolarda kuzatish mumkin. Reaksiya mahsulida bitta, juft nuklonlar, deytron, 3He yadro, a-zarra, murakkab litiy, berilliy yadrolari va h.k.lar chiqishi mumkin. Bulardan tashqari to‘qnashuv natijasida elementar zarralar - pion, kaon, giperonlar va boshqa zarralar chiqishi mumkin. Bevosita o‘zaro ta’sir yadroviy reaksiyalardan: (n, n); (n, p); (p, n); (p, p) reaksiyalar, uzilish (d, p); (d, n) va ilib olish (p, d); (n, d) va boshqa ko‘plab turlari yaxshi o‘rganilgan. Download 1.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling