Atom yadrosi va elementlar zarrasi


Yadro fizikasi sohasida nobel mukofoti olgan dunyo olimlar ularning ilmiy ishlari


Download 1.3 Mb.
bet10/17
Sana13.02.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1196068
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Bog'liq
Tursunova Husnida

2.2. Yadro fizikasi sohasida nobel mukofoti olgan dunyo olimlar ularning ilmiy ishlari.
Har yili oktyabr oyining dastlabki haftasida butun dunyo ilmiy jamoatchiligi nigohi Stokgolm tomon yuzlanadi. Chunki, oktyabrning ilk kunlarida Shvetsiya Fanlar Akademiyasi tomonidan, dunyodagi eng nufuzli ilmiy mukofot - Nobel mukofotining joriy yilgi laureatlarini e'lon qiladi. Xabaringiz bor, Nobel mukofoti Fiziologiya va Tibbiyot, Fizika, Kimyo ilmlari bo‘yicha, hamda, adabiyot, iqtisodiyot va tinchlik sohalarida beriladi. Albatta, qaysidir olim, yoki shaxsga ushbu oliy ilmiy mukofot berilgani haqida xabar tarqalishi hamonoq, uning aynan qaysi "ko‘rsatgan karomati" uchun mukofotga loyiq ko‘rilgani ham ma'lum qilinadi. Tabiiyki, oddiy xalq eng avvalo, o‘sha ilmiy ishning amaliy ahamiyati bilan qiziqadi. Ya'ni, "xo‘sh, bundan odamlarga nima naf?" - qabilidagi savol albatta o‘rtaga tashlanadi.
Haqli savol. Bu savolga har doim ham jo‘yali javob topib berish qiyin. Masalan, ushbu, 2017-yilgi fizika bo‘yicha Nobel mukofotiga loyiq ko‘rilgan ilmiy ish - gravitatsion to‘lqinlarni qayd etilishidan yaqin orada qandaydir bir amaliy naf chiqishi gumon. Basharti, bu to‘lqinlarni qayd etilganligi o‘zi katta ilmiy yutuq hisoblansa-da, lekin ushbu gravitatsiya to‘lqinlaridan maishiy turmush u yoqda tursin, shunchaki ilmiy laboratoriyalar uchun bo‘lsa ham foydasi tegadigan biror amaliy ish chiqarish mushkul masaladir. Lekin, gap shundaki, bu kabi fundamental tadqiqotlar olib borayotgan olimlar, umuman, aksariyat ilm kishilari, tadqiqot va ilmiy ishlaridan qandaydir amaliy naf chiqarishni maqsad qilmaydilar. Odatda, Nobel mukofotiga loyiq ko‘riladigan ilmiy ishlarda olam sirlarini bilish, tabiat asrorlarining tagiga yetish va biz yashayotgan Koinotning qonuniyatlarining mohiyatini ochib berish birinchi galdagi masala bo‘ladi. Odatda, bunday fundamental ilmiy ishlar va ulardan olingan muhim kashfiyotlardan kelib chiqadigan ikkilamchi xulosalar orqaligina u yoki bu darajada odamlar uchun xizmat qiladigan amaliy naf chiqariladi. Lo‘nda qilib aytganda, aslida ilmiy kashfiyotlar siz bilan bizga oshxonada kartoshkaning po‘stini archishda yordam berish uchun qilinmaydi. Aksincha, ilmiy kashfiyotlardan kelib chiquvchi ikkilamchi xulosalardan kartoshkaning po‘stini archishni osonlashtirish uchun foydalanish mumkin bo‘ladi. Shu ma'noda, Nobel mukofotiga loyiq ko‘rilgan ilmiy ishdan darhol amaliy naf kutish o‘zi to‘g‘ri emas. Mukofotga loyiq ko‘rilgan ba'zi ishlar oradan faqat bir necha o‘n yillar o‘tibgina insoniyatga amaliy xizmat qila boshlashi mumkin. Ba'zilaridan esa, yuz yildan keyin ham amalda foydasi bo‘lmasligi, lekin u, odamzotning olamni anglash yo‘lidagi bilim va tafakkurini tubdan o‘zgartirganligi bilan qadrli bo‘lishi mumkin...
Maqolamiz muqaddimasini tahliliy fikrlar bilan cho‘zib yubordik. Albatta, yuqoridagi gaplar Nobel mukofotiga sababchi bo‘lgan ilmiy kashfiyotlarning amaliy ahamiyatiga nisbatan xolis baho bo‘la olmaydi. Ular muallifning subyektiv va o‘ta nisbiy fikrlari mahsuli xolos. Shunga qaramay, vaziyatga boshqa (ijobiy) ko‘z bilan qaraydigan bo‘lsak, o‘z muallifini Nobel mukofotiga sazovor qilgan ilmiy ishlar, kashfiyot va asarlar ichida shundaylari borki, ular haqiqatan ham butun insoniyat hayotini mutlaqo o‘zgartirib yuborgan. Ya'ni, o‘sha kashfiyotlardan kelib chiqqan amaliy foyda butun bashariyat sivilizatsiyasini mutlaqo yangi bosqichga olib chiqqan yoki, jamiyat va shaxs ongini butunlay o‘zgacha tafakkur qilishga o‘rgatgan. Quyida, Nobel mukofoti ta'sis qilinganidan buyon o‘tgan davr mobaynida, ushbu eng oliy ilmiy mukofotga loyiq topilgan ishlar yoki asarlar orasida, haqiqatan ham tom ma'noda dunyoni o‘zgartirgan, buyuk kashfiyotlar haqida so‘z yuritamiz. Maqola, hozir OAVda "mod" bo‘lgandek, "Top-10" uslubida . Lekin ularning joylashish tartibi kashfiyotning darajasini belgilamaydi. Ularning hammasi ham eng muhim va birinchi o‘ringa loyiq ishlardir.

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling