Atom yadrosi va elementlar zarrasi


) Albert Eynshteyn va fizika bo‘yicha 1921-yilgi Nobel mukofoti


Download 1.3 Mb.
bet12/17
Sana13.02.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1196068
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Tursunova Husnida

3) Albert Eynshteyn va fizika bo‘yicha 1921-yilgi Nobel mukofoti.
Fizika bo‘yicha berilgan Nobel mukofotlari orasida 1921-yilda Eynshteynga berilgan mukofotning izohi eng bachkanasi va bo‘lmag‘uri bo‘lsa kerak. o‘shanda, Eynshteynga mukofot "Fotoeffekt hodisasini kashf etganligi va boshqa ishlari uchun" - degan izoh bilan berilgan.
Gap shundaki, 1921-yilga kelib Eynshteynga Nobel bermaslikning iloji qolmagandi. U o‘zining maxsus va umumiy nisbiylik nazariyasi orqali allaqachon butun fizika fanini ag‘dar-to‘ntar qilib yuborgandi. Uning g‘oyalari shu qadar inqilobiy ediki, ayrim eski zamon fiziklari, shu jumladan, Nobel mukofoti qo‘mitasidagilar ham nisbiylik nazariyasini hali hazm qilib ulgurishmagan, qo‘pol qilib aytganda, nisbiylik nazariyasining haq ekanini tan olishni istashmayotgan edi. Biroq, ular qancha urinishmasin, Eynshteynning nazariyalari hayotda o‘zini to‘liq oqladi. Shu sababli, qo‘mitadagilar o‘zlarining qaysarliklari va Eynshteynning ilmiy doiralardagi obro‘si o‘rtasida murosa yo‘lini topishga majbur bo‘lishgan. Natijada, Eynshteynga Nobel mukofoti uning nisbiylik nazariyasini barpo qilgani uchun emas, balki bundan ko‘ra ancha "soddaroq" kashfiyoti - fotoelektr effektini kashf qilganligi uchun berilgan. Izohdagi "va boshqa ishlari uchun" - deyilgan joyi esa, mukofot qo‘mitasidagi qaysar qari tullaklarning ishi bo‘lgan bo‘lsa kerak.
Eynshteyn go‘yoki o‘ziga o‘rgatilgan va uqtirilgan narsalarni barchasini unutgan holatda, Olamga butunlay o‘zgacha nigoh bilan qaytatdan nazar tashladi hamda, olamning mutlaqo o‘zgacha manzarasini ochib berdi. U bizga, vaqtning va fazoning (zamon va makonning) aslida nisbiy tushunchalar ekanligini, yorug‘lik tezligiga yaqin tezliklarda Nyuton qonunlari o‘tmay qolishini, materiya va to‘lqinning qanday qilib biri ikkinchisi orqali o‘tib ketishini va eng asosiysi - massa va energiyaning o‘zaro bog‘liqligini ko‘rsatib berdi. Aslida, Eynshteyn o‘z zamonasidan turib, kelajakka, aytaylik, bizning zamonamizga eng katta ta'sir ko‘rsatgan shaxsdir. Aytish mumkinki, biz hozir Eynshteyn kashf qilib bergan fizik dunyoda yashayapmiz. Eynshteynning zamonaviy olam manzarasiga ko‘rsatgan ta'siri - Stiv Jobs, Bill Geyts, Gagarin va Kalashnikovlarning birgalikda ko‘rsatgan ta'siridan ham ko‘proqdir.


Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling