Atom yadrosi va elementlar zarrasi
) Enriko Fermi va fizika bo‘yicha 1938-yilgi Nobel mukofoti
Download 1.3 Mb.
|
Tursunova Husnida
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5) Aleksandr Fleming va Fiziologiya va Tibbiyot bo‘yicha 1945-yilgi Nobel mukofoti. Penitsillinni kashf etganligi uchun.
4) Enriko Fermi va fizika bo‘yicha 1938-yilgi Nobel mukofoti.
1938-yilgi Nobel mukofoti "sekin harakatlanuvchi neytronlar orqali yuzaga keltiriladigan yadro reaksiyalarini kashf etganligi uchun" berilgan. Mukofot egasi - Italiyalik fizik Enriko Fermi. Fermi atiga 53 yil umr ko‘rgan. Lekin shu qisqa umri davomida 6 yoki 8 marta Nobel mukofoti olishga loyiq muhim ilmiy kashfiyotlarni amalga oshirgan. Ular ichida eng muhim kashfiyoti esa, boshqariladigan yadro reaksiyalarini olib borish uchun mo‘ljallangan yadroviy reaktor edi. Zamonaviy dunyoni muttasil energiya bilan ta'minlab turgan yadroviy reaktorlarning ishlash tamoyilini va mohiyatini aynan Fermi ishlab chiqqan. Ya'ni, boshlang‘ich konsepsiya muallifi Enriko Fermi sanaladi. Uning nazariyasi asosida barpo qilingan ilk tajriba reaktori 1942-yilning 2-dekabrida ishga tushgan va taxminan 0,5 vatt energiya chiqargan. o‘n kundan keyin, o‘sha qo‘lbola reaktor endi 200 vatt energiya bera oladigan darajaga chiqarilgan. Fermining ushbu kashfiyoti tufayli dunyo o‘ta arzon va juda samarador (lekin xavfli) energiya manbaiga ega bo‘ldi. o‘shandan buyon yadro energetikasi jahon sanoati va iqtisodiyotining ajralmas qismiga aylangan. Yadro energetikasisiz zamonaviy dunyoni tasavvur qilib bo‘lmaydi. Chunki, sanoatlashgan dunyoning energiyaga bo‘lgan talab-ehtiyojlarini yadro energetikasi bilangina qondirish mumkin. 5) Aleksandr Fleming va Fiziologiya va Tibbiyot bo‘yicha 1945-yilgi Nobel mukofoti. Penitsillinni kashf etganligi uchun. Butun bashariyatga mislsiz darajada, o‘ta katta xizmat qilgan eng muhim kashfiyotlardan birini 1928-1929 yillarda Shotlandiyalik olim Aleksandr Fleming amalga oshirgan. Fleming - butun Britaniya xalqlari faxrlanadigan timsollardan biridir. Chunki u tarixda ilk bor antibiotik dorini kashf qildi. Ommaviy ishlab chiqarilishi 1940-yillar boshida yo‘lga qo‘yilgan penitsillin tabletkalari II-jahon urushi davomida millionlab askarlarning hayotini saqlab qolgan. Lekin, penitsillinni buyuk qilgan statistika bu emas. Aleksandr Fleming o‘zining penitsillini bilan sayyoramizdagi odamlarning o‘rtacha umr ko‘rishi darajasini deyarli ikki barobar (!!) oshirgan olimdir. Chunki, penitsillin singari antibiotiklar yordamida davolangan va ustidan g‘alaba qozonilgan kasalliklardan forig‘ bo‘lish tufayli, butun sayyoramizda odamlarning o‘rtacha umr ko‘rishi 1950-yilda 47,7 yoshdan, 2017-yilga kelib 71,0 yoshgacha ortdi. o‘ylaymanki, ortiqcha izohga hojat yo‘q. Statistikaning o‘zi hammasini aytib turibdi. (Nobel mukofotining amaliy ahamiyati haqida boshqa savollaringiz qolmadi deb o‘ylayman ). 6) Bertran Rassel va 1950-yilgi Nobel mukofoti. "Uning turli-tuman va muhim asarlari uchun".Bundagi g‘alati izoh ham Eynshteynning Nobeliga berilgan mujmal izohdan kam emas. Bertran Rasselga Nobel berilishi aslida haqiqatan ham konfuz. Chunki, Nobel matematiklarga mukofot berilishini istamagan deyishdi (harholda, uning vasiyatida matematika umuman tilga olinmagan). Shuningdek, Nobelning vasiyatida faylasuflar ham nazarda tutilmagan. Bertran Rassel esa professional matematik hamda, tuzukkina faylasuf ham bo‘lgan. Nobel mukofoti qo‘mitasidagilar XX-asrning eng o‘tkir zehn egalaridan birini ushbu yuksak mukofot bilan qanday qilib mukofotlash yo‘lini uzoq qidirishgan. Nobelning vasiyatidagi shartlarni turli xil talqinlar bilan "aylanib o‘tish"ga urinishgan. Oxir oqibat, matematik Bertran Rasselga adabiyot sohasidagi Nobel mukofotini taqdim qilish bilan masalani hal qilishgan . Kulishni ham bilmaysan odam... Bertran Rassel haqiqatan ham kitoblar yozgan. Lekin, uning kitoblari asosan matematika va mantiq ilmlariga taalluqli bo‘lgan. Qolaversa, bir necha ilmiy ommabop kitoblari bor. Lekin, Rasselning biror badiiy asar yozganini hozirgacha bilmaymiz . Shunga qaramay, u adabiyot bo‘yicha, har qanday shoir va yozuvchi orzu qiladigan mukofotga erishgan... Download 1.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling