Atom yadrosi va elementlar zarrasi
Vilgelm Rentgen va uning rentgen nurlari
Download 1.3 Mb.
|
Tursunova Husnida
Vilgelm Rentgen va uning rentgen nurlari.
Biz deyarli hammamiz, umrimizda bir marta bo‘lsa ham rentgen apparatga tushganmiz va tanamizning u yoki bu qismining rentgen tasvirini ko‘rganmiz. Hozirgi kunda travmatik jarrohlik va boshqa turdagi tashxis-diagnostika ishlarida benazir vositaga aylangan rentgen nurlarini 1895-yilda nemis fizigi Vilgelm Rentgen kashf qilgan edi. Ushbu kashfiyoti uchun Rentgen fizika bo‘yicha 1901-yildagi, ya'ni, eng dastlabki Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan. Uning o‘zi o‘sha paytlarda bu nurlarni "iks-nurlar", ya'ni, "noma'lum nurlar" deb atagan edi. Keyinchalik, vrachlar va ilmiy jamoatchilik nutqida "iks-nurlar" atamasi o‘rniga "rentgen nurlari" atamasi ommalashib ketdi. Rentgen nurlarining amaliy ahamiyatini olimlar deyarli darhol anglashgan. Mana, kashf etilganiga bir asrdan oshibdiki, rentgen nurlari shu paytgacha millionlab insonlarni mayib majruh bo‘lib qolishdan va hattoki o‘limdan qutqarib qoldi. Shu ma'noda, rentgen nurlarining insoniyatga qilgan xizmatini munosib baholashning o‘zi ham mushkul. o‘rni kelganda shuni aytib o‘tish joizki, nurlarning o‘zi ham va uni kashf qilgan olim familiyasi ham, aslida, sof nemischa talaffuzda "Ryontgen" deb yoziladi va o‘qiladi. "e" o‘rniga "yo" ishlatilsa to‘g‘riroq bo‘ladi. Lekin, ommalashib, nutq va matnga singib bo‘lgan "rentgen" so‘zini endi yoppasiga "ryontgen"ga almashtirishni iloji bo‘lmasa kerak... 2) Maks Plank va "energiya kvantlarini kashf etganligi uchun" 1918-yilgi Nobel mukofoti. Maks Plankni nemis ilm-fanining cho‘qintirgan otasi deyishadi. Plank mumtoz fizikani, ya'ni, "Nyuton fizikasi"ni barbod qilgan olimlardan biridir. U aslida mumtoz fizikaga nisbatan hatto raddiya bermoqchi ham emas edi. U mutlaq qora jism spektrida energiyaning taqsimlanishini nazariy asoslash uchun, energiyaning uzluksiz tarzda emas, balki, bo‘lak-bo‘lak ko‘rinishda, ya'ni, diskret shaklda uzatilishi va nurlanishini tasavvur qilib ko‘rdi va ayni xayoliy model uchun, avvalboshda mutlaqo nazariy, shunchaki model uchun tadbiq qilinadigan o‘ziga xos "energiya kvanti" tushunchasini o‘ylab topdi. Bu esa, fizikada mutlaqo yangi bir yo‘nalish, alohida bir fanning - kvant mexanikasining paydo bo‘lishiga olib keldi. Ishoning, siz bilan biz yashayotgan elektronika va axborot texnologiyalari olamidagi deyarli barcha katta va kichik elektron texnika, Plankning aynan o‘sha kashfiyotidan kelib chiqqan amaliy yutuqlar mahsulidir. Yaqin kelajakda esa, kvant kompyuterlarining ommalashishi orqali, kvant nazariyasi insoniyat sivilizatsiyasini yana bir qadam yuqori bosqichga olib chiqishi kutilmoqda. Hayotda o‘ta kamtar va kamsuqum inson bo‘lgan Maks Plankning o‘zi, o‘zining faoliyatidagi eng katta kashfiyoti deb - yosh yigitcha Albert Eynshteynni olim sifatida kashf etganligi deb hisoblagan. Ha-ha, biz bilgan o‘sha daho olim Eynshteynning ustozi aynan Maks Plank bo‘ladi. Plank Eynshteyndagi iste'dodni eng birinchi bo‘lib payqagan va unga har tomonlama ko‘mak berib, ilmiy ishlarining tarqalishida katta yordam ko‘rsatgan. Download 1.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling