Atomning tomson modeli
-zarralarning sochilishi
Download 0.58 Mb.
|
Sanobar(2)
-zarralarning sochilishiRezerford alfa -zarralar sochilishining miqdoriy nazariyasini ishlab chiqdi. Bu nazariyada alfa -zarraning yadro bilan o‘zaro ta’sirlashuvi Kulon qonuni asosida bo‘ladi. Alfa-zarra va u bilan ta’sirlashadigan yadro orasidagi o‘zaro ta’sir kuchi ular orasidagi masofaning kvadratiga teskari proporsional deb faraz qilinadi. Bu albatta gipoteza, chunki alfa-zarra yadroga 10–12sm masofada yaqinlasha oladi. Bunday masofalar uchun Kulon qonuni tajribada tekshirilmagan. Alfa -zarralarning yadro maydonidagi harakati Rezerford tomonidan klassik mexanika nuqtai nazaridan qaralgan. Sochadigan yadro massasi alfa-zarra massasiga nisbatan shunchalik katta deb faraz qilinadiki, yadroni qo‘zg‘almas deb qarash mumkin. Lekin haqiqatda yadro harakatsiz emas, shuning uchun alfa-zarra massasini keltirilgan massa bilan almashtirib yadro harakatini hisobga olish mumkin.
Rezerfordning ko‘rsatishi bo‘yicha -zarraning atomda sochilishi uchun atom ichida kichik hajmga (radiusi 10–14m) to‘plangan katta massa bilan bog‘liq bo‘lgan musbat zaryad hosil qilgan kuchli elektr maydoni bo‘lishi kerak. Bunday tasavvurlar asosida Rezerford -zarralar sochilishining miqdoriy nazariyasini rivojlantirdi. Rezerford tajribasida qalinligi 10–5-10–4sm bo‘lgan metall folgalar ishlatilgan. Bunday holda katta burchaklarda sochilishda alfa-zarralarning yadro bilan ko‘p marta to‘qnashishlarini hisobga olmaslik mumkin. Ikki va undan ko‘p marta to‘qnashishda katta burchaklarga sochilish ehtimoliyati juda kichik
Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling