Atrof muhit iflosanishini monitoring qilish bo‘limi


Download 36.12 Kb.
bet9/10
Sana28.12.2022
Hajmi36.12 Kb.
#1016430
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Atrof muhit iflosanishini monitoring qilish bo

Monitoring — tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, atrof-muhitni muhofaza qilish maqsadida ma’lum bir hudud tabiiy sharoitining holatini kuzatish, nazorat qilish va boshqarish tizimidir.
Monitoringning asosiy maqsadi tabiiy muhitning inson fao­liyati ta’sirida o‘zgarishini kuzatish, olingan ma’lumotlar asosida baholash va tegishli boshqaruv apparatini ishga solishdir.
Monitoring asosida atmosfera havosi, suv havzalari, yerosti suvlari, tuproq, o‘simlik qoplamining turli chiqindilar, zaharli kimyoviy moddalar, radioaktiv elementlar bilan ifloslanishi kuzatiladi. Kuzatish ishlari insonning ma’lum ekologik sharoitda yashashining buzilishiga qaratiladi. Atrof-muhitning o‘zgarish darajasi hali ifloslanmagan tabiiy sharoit holatiga nisbatan olinadi.
Akademik I.P.Gerasimov tomonidan monitoring tashkil qilishning bioekologik, geoekologik va biosfera bosqichlari ajratilgan.
Bioekologik monitoring bosqichi yoki pog‘onasida atrof-muhitning ifloslanishi uning inson salomatligiga ta’siri nuqtayi nazaridan kuzatiladi. Mazkur pog‘onada odamlarning kasallanishi, o‘lim, tug‘ilish, uzoq umr ko‘rish va boshqa ma’lumotlardan foy­dalaniladi. Bu ma’lumotlar insonning atrof-muhit o‘zgarishiga aks ta’siri hisoblanadi. Ushbu bosqichda monitoring kuzatish shoxobchalari va sanitariya-gigiyena xizmati ma’lumotlariga tayanib ish ko‘riladi.
Bioekologik monitoring inson salomatligi uchun zararli bo‘lgan chiqindi va moddalar bo‘yicha kuzatishni tashkil qiladi.
Geoekologik (geotizimli) monitoring bosqichi yoki pog‘onasida asosan tabiiy-hududiy, tabiiy-texnogen va demografik (aholi) geotizimlari kuzatiladi va nazorat qilinadi. Mazkur bosqich (pog‘ona) uchun tabiatni ifloslantiruvchi moddalarning ruxsat etilgan miq­dori va tabiiy komplekslarning (geotizimlarning) o‘z-o‘zini tozalash qobiliyati haqidagi ma’lumotlar muhim hisoblanadi. Kuzatishlar geografik statsionarlarda, maxsus zona yoki mintaqaviy poligonlarda olib boriladi.
Geotizimli monitoringni amalga oshirishda hududda havo, suv, tuproq, o‘simlik, hayvonot dunyosi, inson salomatligiga salbiy ta’sir etuvchi omillar va ifloslantiruvchi manbalar bo‘yicha kuza­tish tashkil qilinadi. Bu borada geotizimning o‘ziga xos xususiyatlari e’tiborga olinmog‘i lozim. Cho‘llarda kemiruvchilar turli xatarli kasalliklarni tarqatuvchi manba hisoblanadi. Buning oqibatida ma’lum vaqt mobaynida katta hududda yuqumli kasallik o‘chog‘i yuzaga keladi. Shuni hisobga olib, cho‘l geotizimida muntazam ravishda monitoring ishlarini olib borish lozim bo‘ladi. 

Download 36.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling