Atrof-muhit va demografik siyosat
Download 4.04 Mb.
|
Ulxodjayev Fazliddin
Atrof muhitni muhofaza qilish masalalari Konstitutsiyaning 50, 54, 55 va 100-moddalarida berilgan. Konstitutsiyaning 50-moddasida «Fuqarolar atrof-tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo’lishga majburdirlar» deb ta’kidlanadi. Ushbu talabga ko’ra O’zbekistonning har bir fuqarosi atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishi va tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish talablariga to’la amal qilishi shartdir.
Ilmiy-texnik taraqqiyot va uning bilan bog’liq tabiiy muhitning buzilishi muhofazani kuchaytirish, alohida resurslardan foydalanishni huquqiy tartibga solish uchun «Suv va suvdan foydalanish to’g’risida» (1993); «Alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar to’g’risida» (1993); «Atmosfera havosini muhofaza qilish to’g’risida» (1996); «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to’g’risida» (1997) va boshqa qonunlar qabul qilingan. Mavjud qonunlar va normativ huquqiy hujjatlarda fuqarolarning ekologik huquqlariga katta o’rin berilgan. Ekologiya sohasida huquqbuzarlik sodir etilganda quyidagi ma’muriy jazo choralari qo’llanilishi mumkin: 1) jarima; 2) ma’muriy huquqbuzarlikni sodir yetish quroli hisoblangan yoqi bevosta shunday narsa bo’lgan ashyoni musodara qilish; 3) muayyan shaxsni unga berilgan maxsus huquqdan(masalan, ov qilish huquqidan) mahrum yetish. Ekologik jinoyat sodir yetishda aybli deb topilgan Shaxslarga nisbatan quyidagi asosiy jazolar qo’llanilishi mumkin: 1) jarima; 2) muayyan huquqdan mahrum qilish; 3) ahloq tuzatish ishlari; 4) qamoq; 5) ozodlikdan mahrum qilish. Qo’shimcha tariqasida mol-mulkni musodara qilish ham qo’llanilishi mumkin.
Download 4.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling