Atrof-muhit va demografik siyosat


Download 4.04 Mb.
bet3/4
Sana18.10.2023
Hajmi4.04 Mb.
#1708202
1   2   3   4
Bog'liq
Ulxodjayev Fazliddin

Atmosferaning ifloslanishi deganda havoga begona birikmalarning qo’shilishi natijasida uning fizik va kimyoviy xususiyatlari o’zgarishi tushuniladi. Atmosfera tabiiy va sun’iy yo’llar bilan ifloslanadi. Vulqonlar otilishi, chang-to’zonlar, o’rmon va dashtlardagi yong’inlar, o’simlik changlari, mikroorganizmlar, kosmik chang va boshqalar tabiiy ifloslanish manbalaridir. Sun’iy ifloslanish manbalariga energetika, sanoat korxonalari, transport, maishiy chiqindilar va hokazo kiradi. Hozirgi kunda atmosferaning sun’iy ifloslanish darajasi tez oshib bormoqda. Atmosferaning mahalliy, mintaqaviy va umumsayyoraviy ifloslanishi kuzatiladi.

  • Atmosferaning ifloslanishi deganda havoga begona birikmalarning qo’shilishi natijasida uning fizik va kimyoviy xususiyatlari o’zgarishi tushuniladi. Atmosfera tabiiy va sun’iy yo’llar bilan ifloslanadi. Vulqonlar otilishi, chang-to’zonlar, o’rmon va dashtlardagi yong’inlar, o’simlik changlari, mikroorganizmlar, kosmik chang va boshqalar tabiiy ifloslanish manbalaridir. Sun’iy ifloslanish manbalariga energetika, sanoat korxonalari, transport, maishiy chiqindilar va hokazo kiradi. Hozirgi kunda atmosferaning sun’iy ifloslanish darajasi tez oshib bormoqda. Atmosferaning mahalliy, mintaqaviy va umumsayyoraviy ifloslanishi kuzatiladi.

O’zbekiston Respublikasida atmosfera havosining ifloslanishi eng asosiy ekologik muammolardan hisoblanadi. Shaharlarning, asosan, tog’oldi va tog’ oraliq botiqlarida joylashganligi, iqlimning issiq va quruqligi O’zbekistonda atmosfera havosi ifloslanishining nisbatan yuqori bo’lishiga olib keladi. O’zbekistonda atmosfera havosi, ayniqsa, aholi, sanoat va transport yuqori darajada to’plangan Toshkent va Farg’ona iqtisodiy hududlarida kuchli ifloslangan. Metallurgiya, kimyo va mashinasozlik markazlari bo’lgan Olmaliq, Toshkent, Farg’ona, Bekobod, Andijon, Chirchiq, Navoiy shaharlarida havoning ifloslanish darajasi ancha yuqori. Bir qator zararli birikmalar bo’yicha ko’rsatkichlari RECHMdan yuqori bo’lgan bu shaharlarning ba’zilarida fotokimyoviy smog xavfi mavjud.

  • O’zbekiston Respublikasida atmosfera havosining ifloslanishi eng asosiy ekologik muammolardan hisoblanadi. Shaharlarning, asosan, tog’oldi va tog’ oraliq botiqlarida joylashganligi, iqlimning issiq va quruqligi O’zbekistonda atmosfera havosi ifloslanishining nisbatan yuqori bo’lishiga olib keladi. O’zbekistonda atmosfera havosi, ayniqsa, aholi, sanoat va transport yuqori darajada to’plangan Toshkent va Farg’ona iqtisodiy hududlarida kuchli ifloslangan. Metallurgiya, kimyo va mashinasozlik markazlari bo’lgan Olmaliq, Toshkent, Farg’ona, Bekobod, Andijon, Chirchiq, Navoiy shaharlarida havoning ifloslanish darajasi ancha yuqori. Bir qator zararli birikmalar bo’yicha ko’rsatkichlari RECHMdan yuqori bo’lgan bu shaharlarning ba’zilarida fotokimyoviy smog xavfi mavjud.

Download 4.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling