Antropogen ta’sirning har xil turlari bilan bog’liq asosiy ekologik muammolar.
III.1.1-jadval.
T/r
|
Antropogen ta’sir turlari
|
Ekologik muammolar
|
1
|
Sug’orma dehqonchilik
|
D, B, S
|
2
|
Chorvachilik
|
B, D
|
3
|
Gidrotexnik inshootlar
|
G, S, D, B
|
4
|
Sug’orish
|
D, S, G
|
5
|
Yerlarni zaxini qochirish
|
D, S, B, G
|
6
|
Ovchilik
|
B
|
7
|
Foydali qazilmalarni topish va qazib olish
|
G, S, B, D, A
|
8
|
O’rmonlarni kesish
|
B, D, S
|
9
|
Energetika sanoati (issiqlik)
|
A, S, B, D
|
10
|
Transport
|
A, G, D, B, S
|
11
|
Urbanizatsiya, qayta ishlash sanoati
|
A, G, S, B, D
|
Bu yerda: A - Atmosfera havosining ifloslanishi; B - biotaning yemirilishi va kamayishi; S - suvning ifloslanishi va kamayishi, suv rejimining buzilishi; G - yerlarning kompleks buzilishi va mahalliy geotizimlarning yo’q qilinishi; D - tuproqning yemirilish(degrodatsiya)i va ifloslanishi.
Global ekologik muammolarning shakllanish bosqichlarini quyidagi ( III.1.1 -rasm) ketma-ketlikda ifodalash mumkin:
III.1.1 -rasm. Global ekologik muammolar.
Bunday ketma-ketlik tabiiydir, chunki bir xil mahsulot ishlab chiqaradigan turli mamlakatlardagi korxonalar, atrof muhitga bir xil ifloslantiruvchi moddalarni chiqaradilar. Masalan, barcha issiqlik elektro stantsiyalarini yoqilg’isi – ko’mir va neft mahsulotlari bo’lsa, atmosferaga chiqarayotgan zararli tashlamalari – azot oksidi, oltingugurt dioksidi, uglerod oksidi va karbonat angidridlaridir2. Bu inson qo’li bilan yaratilgan ulkan ekologik muammodir.
Atmosferaga ta’sir qilish ko’pincha ekologik muammolarning asosiy sababi –deb ataladi. Bugungi kunga kelib, antropogen faoliyat ta’sirida atrof-muhitda yuzaga keladigan asosiy muammolar, quyidagilarni tashkil etadi:
- Dunyo aholisining o’sishi;
- issiqxona effektini kuchayishi;
- ozon qatlamining yemirilishi;
- o’rmonlarning beayov kesilishi va cho’llashish jarayonlarini tezlashishi;
- atmosfera va gidrosferaning, ayniqsa zaharli moddalar bilan ifloslanishi;
- tropik o’rmonlarning qisqarishi;
- kislotali yomg’irlar miqdorini ortib ketishi;
- biologik xilma-xillikning pasayishi.
Sivilizatsiyaning rivojlanishi – shunday ekologik muammolarni keltirib chiqarishi mumkin-ki, u, insoniyat va biosferaning o’limi bilan yakun topadi!
Shunday qilib, ekologik tizimlar va insoniyat jamiyatining tabiat bilan o’zaro munosabatlaridagi nomutanosiblik sifatida ta’riflanishi mumkin bo’lgan global tendentsiyalardan biri bu – tobora kuchayib borayotgan ekologik inqirozdir. Pessimistik bashoratlarda, kutilganidan ko’ra tezroq rivojlanayotgan global ekologik inqirozni bartaraf etish muammosi, bugungi kunda alohida ahamiyat kasb etmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |