Atrof-muhitni boshqarish predmeti


Download 49.47 Kb.
bet2/3
Sana03.06.2024
Hajmi49.47 Kb.
#1899091
1   2   3
Bog'liq
3-тема

2-bosqich. Bundan 10 ming yil oldin ozuqa yetishmasligi va tabiiy sharoitlarning cheklovchi roli yana ham kamaygan.
Yer yuzida aholi soni 50 mln. kishidan ortgan. Dastlabki antik shaharlar vujudga kelgan, madaniyat rivojlangan.
O’simlik va hayvonlarning hayot tarzi, yashash sharoitlari va moslashishlari, sonining o’zgarishlari haqidagi dastlabki ekologik bilimlar eramizdan avvalgi asarlarda qadimgi Rim va Yunonistonda vujudga kelgan.
Bu davrga kelib tabiatga inson ta’sirining kuchayishi–o’rmonlarning kesilishi, yerlarning sho’r bosishi, dastlabki cho’llashish vaziyatlari kuzatilgan. Antropogen ta’sir natijasida, ayrim hayvon turlari qirilib ketgan, alohida noyob o’simlik va hayvon turlari muhofaza qilingan. Bu agrar bosqich -deb yuritiladi. Keyinchalik insonlarning atrof tabiiy muhitga ta’siri kuchayib borgan.
3-bosqich. O’rta asrlarga kelib aholi soni 500 mln. kishidan ortgan. O’rta Osiyoda dastlabki ekologik bilimlar vujudga kelgan. Uyg’onish davrida, Yevropada ekologik bilimlar rivojlana boshlagan.
XVIII asrning oxirlarida, 1784-yilda bug’ mashinasining ixtiro qilinishi bilan insoniyat tarixidagi industrial bosqich boshlangan. Bu davrga kelib inson xilma-xil tabiiy resurslardan foydalana boshlagan, antropogen modda almashinuvining ko’lami ortib borgan.
4-bosqich. XIX asrda aholi soni 1 mlrd. kishidan oshgan, tabiiy resurslarni qazib olish va ishlatish hajmi o’sgan, ayrim o’simlik va hayvon turlari qirilib ketgan. Atrof-muhitning ifloslanishi kuchaya boshlagan. XIX -asrning ikkinchi yarmidan jamiyat tarixidagi texnogen bosqich ajratiladi.
1864-yili AQShda, geograf-olim G.Marsh (1801-1882)ning “Inson va tabiat yoki Insonning tabiatni fizik-geografik sharoitlarining o’zgarishiga ta’siri” degan asari e’lon qilingan. G.Marsh birinchi bo’lib, insonning tabiatga salbiy ta’siri xaqida alohida kitob yozdi. U, insonning tabiatga ongli va stixiyali ta’sirining og’ir ekologik oqibatlarini tahlil qilib, bu muammolarni o’rganadigan alohida fan-“yangi geografiya” zarurligini ta’kidlagan edi.
O’zingizga ma’lumki, 1866-yili E.Gekkel (1834-1919) ekologiya faniga asos soldi. Ekologiyaning vujudga kelishida Ch.Darvin (1809-1882) ning evolyutsion ta’limoti katta rol o’ynadi. Ekologiya alohida fan sifatida XX asrning boshlariga kelib shakllandi. Dastlab o’simlik va hayvonlar ekologiyasi, keyinchalik inson ekologiyasi va ijtimoiy ekologiya vujudga kelgan.
XX asrga kelib, tabiat va jamiyat munosabatlari keskinlasha boshladi. Asosiy mineral xom-ashyo resurslarining etishmovchiligi, isrofgarchilik bilan o’zlashtirilishi nohush ijtimoiy-siyosiy va ekologik oqibatlarga sabab bo’lgan.
XX asrning ikkinchi yarmiga kelib, hayot sharoitlarining yaxshilanishi, fan-texnika inqilobi, aholi sonining keskin ortishi – “Demografik portlash”ga olib keldi.
Ya’ni, o’sha davrda Yer yuzi aholisi sonining keskin o’sishi, insonlarning o’rtacha umr davomiyligining ortishi, oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanishining yaxshilanishi, ayrim kasalliklarning tugatilishi, bolalar o’liminig kamayishi va boshqalar bilan bog’lqdir.
5-bosqich. Aholi sonining o’sishi, tabiatga ta’sirning kuchayishi natijasida mahalliy, regional, dunyo miqyosidagi global ekologik muammolar kelib chiqdi. Yadro energiyasidan kеng foydalanila boshlandi. Inson kosmosga chqib – Oyni zabt etdi. Jamiyat taraqqiyotining noosfera (“noos” –aql, “sfera” –qobiq) bosqichiga o’ta boshladi.
Sayyoramizning hayot qobig’i – biosferaning barqarorligiga jiddiy putur yetdi. O’rmonlarning maydoni qisqardi, cho’llashish, turlar sonining keskin kamayishi, atrof-muhitning kuchli ifoslanishi avj oldi.
1960-yillarda global ekologik inqiroz belgilari namoyon bo’ldi va unga qarshi uyushgan jamoatchilik harakati vujudga keldi. Rivojlangan davlatlarda qonunlar qabul qilindi, ekologiya borasida ko’plab halqaro tashkilotlar tuzildi, atrof-muhit muammolari bo’yicha konferentsiyalar o’tkazildi, konventsiyalar imzolandi (bular haqida keyingi boblarda tanishasiz). Bevosita insonning yashash muhitini muhofaza qilish masalalari bilan shug’ullanish, ekologiyaning fan sifatida ahamiyatini oshirib yubordi.
1970-80-yillarda ekologiyaning g’oya va muammolarining barcha fanlar va ishlab chqarish sohalariga kirib borishi – ekologiyalashtirish jarayonini amalga oshirilishiga sabab bo’ldi. Unda ishlab chqarish jayonlarini ekologiya talablariga qarab tashkil qilish, ta’limni va ijtimoiy hayotning boshqa sohalarini ekologiyalashtirish ko’zda tutilgan.
1980-90 yillarda barqaror rivojlanish kontseptsiyasi ishlab chiqildi va uni hayotga tatbiq etish boshlandi. XX asr oxiriga kelib, Yer yuzida aholi soni 6 mlrd. kishidan ortib, kuniga o’rta hisobda 250 ming kishiga ko’paishi kuzatildi.
XXI asrga kelib tabiat va jamiyat o’rtasidagi ziddiyatlar kuchayib bormoqda. Agar yaqin o’n yilliklar ichida ekologik tizimlarni boshqarish borasida tegishli chora-tadbirlar ko’rilmasa, umumsayyoraviy miqyosda ekologik halokat muqarrar bo’lib qolishi mumkin.
Atrof-muhit muammolarini o’rganish va hal qilish jarayonida ekologiyaning tabiiy, aniq va ijtimoiy fanlar bilan integratsiyasi (birlashishi) amalga oshdi. Ekologiyaning o’rganish predmeti kеngayib, “Tabiat va jamiyat o’zaro aloqadorligining umumiy qonuniyatlari to’g’risidagi fan”ga aylanib bormoqda.
Tabiiy va ijtimoiy-tabiiy ekotizimlarning tuzilishi va ishlash sharoitlarini buzish, tobora har xil turdagi ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlarga olib kela boshladi. Inson faoliyatining eng tipik turlari, ya’ni bizning davrimizning o’ziga xos ekologik muammolari paydo bo’lishiga olib keladigan antropogen ta’sirlarni quyidagi jadval (III.1.1-jadval) da ko’rishimiz mumkin1.

Download 49.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling