Atrof-muhitni huquqiy muhofaza qilish zarurati


—-Ekologiya huquqining manbai


Download 22.91 Kb.
bet5/7
Sana18.06.2023
Hajmi22.91 Kb.
#1569469
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ekologik madaniyat

_—-Ekologiya huquqining manbai ekologik tnunosabatlarni tartibga solish uchun yo 'nahirilgan huquqiy hujjatlar tizimi. ushbu huquqiy hujjatlar quyidagi talablarga javob bergan holatdagina Ekologiya huquqining manbai bo'la oladi:
1.vakolat berilgan davlat organlari tomonidan qabul qilingan bo'lishi;
2. tegishli doirada majburiy ahamiyat kasb etishi;
3. atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga
qaratilishi;
4. rasmiy shakl, tuzilma, amal qilish muddati va boshqa huquqiy talab-
ko'rsatkichlarga javob bera olishi.
Ekologiya huquqi manbalari yuridik kuchiga ko'ra, Konstitutsiya va Konstitutsiyaviy qonunlar, qonunlar, qonun osti me'yoriy hujjatlariga ajratiladi.
Konstitutsiya va konstitutsiyaviy qonunlarga O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda unga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritishga oid qonunlar kiradi. Ular umumxalq muhokamasidan o'tadi va Respublikamiz Oliy Majlisi tomonidan qabul qilinadi.
Qonunlarga tabiatni muhofaza qilish, alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, Suv va suvdan foydalanish, Yer osti boyliklari, Ekologik ekspertiza, Chiqindilar to'g'risidagi qonunlar va Yer, Havo, Jinoyat, Ma'muriy javobgarlik, Fuqarolik kabi kodekslar kiradi. Ular ham Oliy Majlis tomonidan qabul qilinadi va Prezident imzosi bilan amalga joriy qilinadi.
Qonun osti me'yoriy hujjatlarga Prezident, Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, davkt qo'mitalari, huquqni muhofaza qilish idoralari kabi vakolatlangan davlat organlari tomonidan qabul qilingan qaror, farmon, farmoyish, buyruq, yo'riqnoma kabilar kiradi va ular konstitutsiyaviy qonunlar va qonunlarni amalga oshirilishini ta'minlaydi. Ular ekologik munosabatlarni atroflicha me'yorlab berilganligi bilan ajralib turadi va shuning uchun ham uning amaliy ahamiyati juda katta hisoblanadi. Ekologiya huquqi manbalarini, odatda, mazmun va mohiyatiga ko'ra ikki xil turga ajratadi: tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish qonunchiligi.
Tabiatni muhofaza qilish qonunchilik manbalariga asosan tabiiy ob'yektlarni kompleks ravishda muhofaza qilish va bir paytning o'zida ulardan oqilona foydalanish me'yorJari va qoidalari o'rnatilgan huquqiy hujjatlar kiritiladi. Ularga Tabiatni muhofaza qilish, Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, Atmosfera havosini muhofaza qilish, Ekologik ekspertiza to'g'risidagi qonunlar va shularga binoan qabul qilingan qonun osti me'yoriy hujjatlarni kiritish mumkin.
Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish qonunchilik manbalariga tabiiy resurs-lardan yakka tartibda yoki bir nechtasidan kompleks foydalanish va bir paytning o'zida xuddi shu tartibda muhofazalashga yo'naltirilgan huquqiy hujjatlar kiradi. Yer osti boyliklari, Suv va suvdan foydalanish, O'simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish, Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish kabi qonunlar va qonun osti me'yoriy hujjatlar shular jumlasidandir.

Download 22.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling