Atrof-muhitni huquqiy muhofaza qilish zarurati


Atrof-muhitni huquqiy muhofaza qilish asoslari


Download 22.91 Kb.
bet2/7
Sana18.06.2023
Hajmi22.91 Kb.
#1569469
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ekologik madaniyat

Atrof-muhitni huquqiy muhofaza qilish asoslari
Atrof-muhitni huquqiy muhofazalash huquqshunoslikda «Ekologiya huquqi» fani bilan bog'liq. Chunki atrof-muhitni muhofaza qilishga doir ijtimoiy munosabatlar aynan ekologik munosabatlar doirasiga kiradi. Наг bir fanda bo'lganidek, Ekologiya huquqida ham uning o'ziga xos ob'yekti, predmeti, prinsiplari (yo'naltiruvchi qoidalari), usullari, manbalari va amaliy tatbiq qilishning huquqiy doirasini belgilab olish muhim ahamiyatga ega.
Ekologiya huquqining ob'yekti — amaldagi huquq normalari bilan tartibga solish imkoniyati bor bo'lgan atrof tabiiy muhit unsurlari, resurslari va ularning majmualari. Tabiiy ob'yekt yoki majmua ekologiya huquqining ob'yekti bo'lishi uchun quyidagi 4 ta talabga javob berishi lozim:
1.qonunlar, ya'ni ekologiya huquqi manbalari bilan tartibga solish imkoniyatiga
ega bo'la olishi;
2. tabiiy kelib chiqqanligi;
3. yaxlit bir ekologik tizimda bo'lishi;
4. inson uchun havotiv zarur omil hisoblanishi
Mazkur talablarning birortasiga ham javob bera olmagan moddiy boylik yoki tabiiy unsur ekologiya huquqining ob'yekti bo'la olmaydi. Masalan, tuproq Yer sharining eng ustki unumdor qatlami bo'lib, odamzoddan ancha oldin, uzoq geologik davrlar mobaynida paydo bo'lgan. Yer, suv, yer osti boyliklari, o'simlik va hayvonot dunyosi, atmosfera havosi va boshqa tabiiy unsurlar bilan birga yaxlit ekologik zanjirda turadi. Ushbu zanjirning tarkibiy qismlari biri-ikkinchisi bilan uzviy bog'langan ekologik tizimdadir. Ularsiz hech bir tirik organizm yashay olmaydi. Xalqaro shartnoma, muayyan davlat konstitutsiyasi, yer qonunchiligi asosida tuproqdan oqilona foydalaniladi va uning muhofazasi ta'minlaniladi. O'zbekistonda yerga oid munosabatlarni huquqiy tartibga soluvchi 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan maxsus qonunlar majmui — «Yer kodeksi» amalda. Shunday qilib, yer (tuproq) atrof-muhitning ajralmas bir tabiiy bo'lagi sifatida ekologiya huquqining to'laqonli ob'yekti hisoblanadi. Xuddi shunday ko'rsatkichlarga yer osti boyliklari, suv, atmosfera havosi, o'simlik va hayvonot dunyosi, o'rmon va tabiat komplekslari ham egadir.
Ekologiya huquqi ob'yektlarining o'ziga xos xususiyati va ularni mulk sifatida o'zlash-tirish imkoniyatlariga qarab milliy va xalqaro ekologiya huquqi ob'yektlariga ajratiladi.

Download 22.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling