Atrof-muhitni huquqiy muhofaza qilish zarurati
Ekologiya huquqining boshqa huquq sohalaridan farqi -
Download 22.91 Kb.
|
Ekologik madaniyat
Ekologiya huquqining boshqa huquq sohalaridan farqi - muayyan davlatlarning ichki ekologik-huquqiy munosabatlarni tartibga solishda xalqaro huquq normalarini keng qo'llanishidadir. Chunki ekologik xavf-xatar, inqirozli vaziyat yoki tabiiy-antropogen ofat hech qanday ma'muriy chegaraga bo'ysunmaydi. Ularga xalqaro hamjamiyat va tashkilotlar, davlatlararo qabul qilingan huquqiy hujjatlar kiradi. Masalan: 1963 yilda qabul qilingan «Atom qurolini sinovdan o'tkazishni taqiqlash to'g'risida»gi shartnoma, «Tabiiy muhitga harbiy va boshqa har qanday adovatli ta'sir qiluvchi maqsadlarda foydalanishni taqiqlash» 1985 yilgi «Vena konvensiyasi», 1997 yil 28 fevralda qabul qilingan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining «Almati deklaratsiyasi» kabi xartiya, rezolyutsiya, bitim, kelishuvlar kiradi.Yuqorida ko'rsatilgan xalqaro normativ hujjatlar O'zbekiston Respublikasida amal qilishi uchun vakolatlangan shaxslar tomonidan imzo chekilgan bo'lishi va albatta, Oliy Majlis tasdig'idan o'tishi (ratifikatsiya qilinishi) lozim. Aynan shunday holatdagina O'zbekistonda xalqaro huquq me'yorlari milliy qonun me'yorlariga nisbatan ustivorlik prinsipiga ega bo'ladi, ya'ni tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishda birinchi galda qo'llaniladi.
Atrof-muhitni huquqiy muhofaza qilish uchun tegishli davlat organlari tomonidan qabul qilingan huquqiy me'yorlarning qo'llaniladigan joylari, ya'ni huquqiy doirasi mavjud va ular uch qismga ajratiladi: mahalliy, davlat, xalqaro miqyosda. Mahalliy miqyosda tatbiq qilinadigan ekologik me'yoriy hujjatlar O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 68 va 69-moddalarida aks ettirilgan ma'muriy-hududiy birliklar - Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumardar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullar bo'yicha qabul qilinadi va qo'llaniladi. Davlat miqyosida tatbiq qilinadigan ekologik me'yoriy hujjatlar butun davlat, ya'ni O'zbekiston Respublikasi bo'yicha qabul qilinadi va qo'llaniladi hamda milliy ekologik xavfsizlikni ta'minlashga yo'naltirilgan bo'ladi. Ularni qabul qilish va ijrosini nazorat etish faqatgina davlatning markaziy organlari zimmasidadir. Xalqaro miqyosdagi ekologik me'yoriy hujjatlar ikki va undan ortiq davlatlar hududidagi mintaqa, qit'a yoki kurraviy ekologik xavfsizlikni ta'minlashga yo'naltirilgan bo'ladi. UJarning ijrosini ta'minlash ishtirokchi(tegishli) davlatlar yoki vakolatlangan xalqaro tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi. Download 22.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling