Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/23
Sana24.12.2017
Hajmi5.01 Kb.
#22986
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23

 
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TALIM 
VAZIRLIGI 
 
 
 
BERDAQ NOMIDAGI QORAQALPOQ DAVLAT 
UNIVERSITETI 
 
 
«Fuqarolik va xo’jalik huquqi» 
kafedrasi 
 
 
 
«FUQAROLIK HUQUQI» 
fani bo’yicha 
m a  r u z a l a r    m a t n i 
 
(w-êóðñ òàëàáàëàðè ó÷óí

 
 
 
 
 
 
   Tuzgan:                    
       Shamshetov Sh.S. 
  
Kafedra mudiri:         
     yu.f.d. Umarova Q.U. 
 
 
 
 
 
 
 
 
Nukus - 2008 

 
2
Fuqarolik huquqi fani bo’yicha maruzalar matni 
Umumiy qism   
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Fuqarolik huquqi tushunchasi, tamoyillari va tizimi
 3 

Fuqarolik huquqi manbalari
 10 

Fuqarolik huquqiy munosabatlar
  
17 

Fuqarolar - fuqarolik huquqiy munosabatlar subekti sifatida
  
23 

Yuridik shaxslar
 33 

Davlat  - fuqarolik huquqiy  munosabatlar subekti sifatida
 44 

Fuqarolik huquqi obektlari
 50 

Bitimlar
 59 

Vakillik va ishonchnoma
 67 
10 
Muddatlarni hisoblash.
  
71 
11 
Davo muddati
 75 
12 
Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar
 82 
13 
Xususiy mulk huquqi
  
93 
14 
Ommaviy  mulk huquqi
  
97 
15 
Umumiy  mulk huquqi
  
104 
16 
Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni himoya qilish
 109 
17 
Majburiyat huquqi tushunchasi va mazmuni
  
116 
18 
Majburiyatlarning bajarilishi
  
127 
19 
Majburiyatlarning bajarilishini taminlash
  
133 
20 
Majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik
  
140 
21 
Majburiyatlarning bekor bo’lishi
  
145 
22 
Shartnomalar hakida umumiy qoidalar
  
151 

 
3
Mavzu 1. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLIK HUQUQI TUShUNChASI
TAMOYILLARI VA TIZIMI 
 
1. Fuqarolik huquqi tushunchasi. 
2. Fuqarolik huquqining asosiy tamoyillari. 
3. Fuqarolik huquqi tizimi. 
 
1.Fuqarolik huquqi tushunchasi. 
Fuqarolik huquqi O’zbekiston Respublikasida amal qiluvchi huquq tizimi sohalaridan biri bo’lib, 
mamlakatimizda iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish, bosqichma-bosqich bozor iqtisodiyoti 
munosabatlariga o’tish davrida fuqarolar va boshqa subektlarning moddiy, manaviy ehtiyojlarini 
tobora to’laroq qondirish maqsadida mulkiy munosabatlarni hamda mulkiy xarakterda bo’lmagan 
shaxsiy munosabatlarni tartibga solish, mustahkamlashga qaratilgan huquqiy normalar yig’indisidan 
iboratdir. Sodda qilib aytganda, fuqarolik huquqi - yuridik jihatdan teng bo’lgan subektlar 
o’rtasidagi mulkiy va shaxsiy-nomulkiy munosabatlarni tartibga soladigan hamda 
mustahkamlaydigan huquqiy normalar yig’indisidir. Fuqarolik huquq sohasini va uning huquq 
sohalari tizimida tutgan o’rnini anglash uchun, dastavval ushbu huquq sohasi tartibga soladigan 
ijtimoiy munosabatlarni tahlil etish lozim. 
Ijtimoiy munosabatlar tizimida fuqarolik huquqi tartibga soladigan munosabatlar keng o’rinni 
egallaydi. Ayniqsa bu munosabatlar, kishilar o’rtasidagi o’zaro iqtisodiy manodagi muomalada, 
kundalik ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan harakatlarda ko’p uchraydi. 
Fuqarolik huquqi tartibga soladigan munosabatlar doirasi O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik 
kodeksining 2-moddasida belgilab qo’yilgan. Bunga asosan fuqarolik qonun hujjatlari fuqarolik 
muomalasi ishtirokchilarining huquqiy holatini, mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarning, 
intellektual faoliyat natijalariga bo’lgan huquqlarning vujudga kelish asoslarini hamda ularni amalga 
oshirish tartibini belgilaydi, shartnoma majburiyatlari va o’zga majburiyatlarni, shuningdek boshqa 
mulkiy hamda u bilan bog’liq shaxsiy nomulkiy munosabatlarni tartibga soladi. 
Bu munosabatlar doirasida mulkiy munosabatlar etakchi o’rinni egallaydi. 
Mulkiy munosabatlar deganda, iqtisodiy munosabatlar, yani ishlab chiqarish vositalari, istemol 
buyumlari, umuman kishi mehnatining har qanday mahsulotlarni yaratish, egallash, foydalanish va 
tasarruf etish bilan bog’liq bo’lgan ijtimoiy munosabatlar tushuniladi. 
Mulkiy munosabatlarning barchasi ham fuqarolik huquqi normalari bilan tartibga 
solinavermaydi. Bazi mulkiy munosabatlar huquqning boshqa sohalari bilan ham tartibga solinadi. 
Huquqiy munosabatda qatnashuvchi bir tarafning ikkinchi tarafga mamuriy jihatdan bo’ysunishiga 
asoslangan mulkiy munosabatlar - mamuriy huquq normalari bilan, soliq va byudjet bilan bog’liq 
munosabatlar-moliya huquqi normalari bilan, shuningdek er bilan bog’liq munosabatlar - er huquqi 
normalari bilan, mehnat shartnomasi hamda intizomiy bo’ysunuv bilan bog’liq munosabatlar mehnat 
huquqi normalari bilan tartibga solinadi. 
Fuqarolik huquqi asosan muayyan ekvivalent (tenglik) barobari belgilanadigan, qiymat, baho 
bilan ifodalanadigan va ishtirokchilari teng darajada ko’riladigan mulkiy munosabatlarni tartibga 
soladi. 
Mulkiy xarakterdagi huquqiy munosabatlar, yani fuqarolar va tashkilotlarning moddiy 
boyliklarni yaratish, ularni egallash, bu boyliklardan foydalanish, ularni tasarruf etish sohasida bo’lgan 
o’zaro huquqiy munosabatlar ishlab chiqarish munosabatlaridan, yani ijtimoiy munosabatlardan kelib 
chiqadi hamda ular bilan chambarchas bog’liq holda ko’riladi. 
Fuqarolik huquqi iqtisodiy munosabatlarni maxsus yuridik shaklda mulkiy-huquqiy 
munosabatlar shaklida rasmiylashtiradi va mustahkamlaydi. 
Fuqarolik huquqida mulkiy munosabatlar ishlab chiqarish munosabatlarining huquqiy shakli 
sifatida ko’riladi. Shu manoda mulkiy munosabatlar shaxslar o’rtasidagi, ularning erklari bilan bog’liq 
bo’lgan ijtimoiy munosabatlarning alohida toifasini - huquqiy munosabatlarni bildiradi. 
Fuqarolik huquqi mulkning barcha shakllari - xususiy va ommaviy mulkni mustahkamlash, 
tasarruf qilish huquqlarini belgilaydi, ushbu huquqlarni amalga oshirishni rasmiylash-tiradi, 
qo’riqlaydi hamda kafolatlaydi. 

 
4
Fuqarolik huquqi tomonidan tartibga solinadigan mulkiy munosabatlar doirasi nihoyatda keng. 
Bular jumlasiga oldi-sotdi, xilma-xil buyurtmalar qabul qilish (ijro etish), turar-joylarni ijaraga qo’yish 
va ijaraga olish, korxonalar, tashkilotlarning bir-biriga mahsulotlar etkazib berish, qurilish ishlarini 
amalga oshirish, transport korxonalari orqali yuk va yo’lovchi tashish, etkazilgan zararni qoplash, 
qonun va vasiyat bo’yicha meros olish, umuman har qanday shakldagi mulkni egallash, undan 
foydalanish hamda uni tasarruf etish bilan bog’liq bo’lgan munosabatlar kiradi. 
Fuqarolik huquqi tomonidan tartibga solinadigan mulkiy xarakterda bo’lmagan shaxsiy huquqiy 
munosabatlar ikki turga: mulkiy munosabatlar bilan bog’liq bo’lgan shaxsiy munosabatlarga va mulkiy 
munosabatlar bilan bog’liq bo’lmagan shaxsiy munosabatlarga (shaxsiy nomulkiy) bo’linadi. 
Mulkiy munosabatlar bilan bog’liq bo’lgan shaxsiy munosabatlarga misol qilib, intellektual 
faoliyat natijalariga bo’lgan va mualliflik huquqiga doir munosabatlarni ko’rsatish mumkin. Bu 
munosabatlarda faqat mulkiy munosabatlarnigina emas, balki ularning shaxsiy huquqlarini ham, 
chunonchi, asarni o’z nomidan, taxallusi ostida yoki nomini ko’rsatmasdan anonim tarzda nashr etish 
(FKning 1053-moddasi), asarning daxlsizligi huquqlari, ixtironing muallifi bo’lib tanilish huquqi va 
boshqa huquqlarni belgilaydi. 
Mulkiy munosabatlar bilan bog’liq bo’lmagan shaxsiy munosabatlarga FKning 100-moddasida 
ko’rsatilganidek, fuqaro o’zining shani, qadr-qimmati va ishchanlik obro’siga putur etkazuvchi 
malumotlarni tarqatgan shaxs basharti, ularning haqiqatga to’g’ri kelishini isbotlay olmasa, sud orqali 
raddiya talab qilish huquqi va shu kabi boshqa huquqlar misol bo’ladi.  
Mulkiy xarakterda bo’lmagan shaxsiy munosabatlar shaxsning o’zi bilan bevosita bog’liq 
bo’lgan va undan begonalashtirilmaydigan huquqlardir. Bunday huquqlar jumlasiga fuqaroning ismiga 
bo’lgan huquqi (FKning 19-moddasi), o’z tasviri (surati)ning daxlsizligiga bo’lgan huquq, mualliflik 
huquqi (FKning 1046-moddasi), mualliflik nomiga bo’lgan huquq (FKning 1051-moddasi) va 
hokazolar kiradi.  
Garchi fuqarolik huquqi shaxsiy munosabatlarning ko’plab turini tartibga solsada, lekin, har 
qanday shaxsiy huquqiy munosabatlar ham fuqarolik huquqi bilan tartibga solinavermaydi. 
O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 2-moddasi, 4-bandiga asosan shaxsiy nomulkiy 
munosabatlar va mulkiy munosabatlar bilan bog’liq bo’lmagan shaxsiy munosabatlar, agar qonunlarda 
boshqacha tartib nazarda tutilgan bo’lmasa yoki bu munosabatlarning mohiyatidan o’zgacha hol 
anglashilmasa, fuqarolik qonunlari bilan tartibga solinadi. Ushbu modda qoidasi tegishli yo’sinda 
yuridik shaxslarga ham tadbiq etiladi. 
Ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda fuqarolik huquqining o’ziga xos uslubi va xususiyatlari 
bor, bu bilan u o’ziga yondosh bo’lgan boshqa huquq sohalaridan ajralib turadi. Chunonchi, fuqarolik 
huquqi oila huquqi, moliya huquqi, mamuriy huquq, davlat huquqi, mehnat huquqi, er huquqi bilan 
bevosita bog’liq bo’lsa ham, mulkiy hamda shaxsiy nomulkiy munosabatlarni tartibga solishda bu 
huquq sohalaridan malum darajada farq qiladi. Dastlab fuqarolik huquqining oila huquqidan farqi 
to’g’risida to’xtalib shuni aytish kerakki, oila huquqi nikoh hamda oilaga taalluqli bo’lgan 
munosabatlarni, er - xotin, ota-onalar bilan bolalar o’rtasidagi, oilaning boshqa azolari o’rtasidagi 
munosabatlarni, farzandlikka olish, shuningdek davlat organlarining oilani mustahkamlash hamda 
onalar va bolalarga moddiy yordam ko’rsatishga taalluqli munosabatlarni tartibga soladi. Bu huquq 
fuqarolik huquqining malum bir qismi bo’lib qolmay, huquqning alohida sohasi hisoblanadi. Nikoh va 
oilaga oid munosabatlar maxsus kodeks O’zbekiston Respublikasi Oila kodeksi
1
 bilan tartibga 
solinadi. Oila huquqida mulkiy munosabatlar emas, balki shaxsiy huquqiy munosabatlar ustunlik 
qiladi. Bu munosabatlar oila huquqi tomonidan tartibga solinadigan mulkiy munosabatlarning 
xususiyatlarini belgilaydi. Misol qilib aliment majburiyatlarini olsak, bu majburiyatlar mulkiy 
xarakterda bo’lgan munosabatlardan emas, balki shaxsiy, oilaviy (er va xotinlik, qarindoshlik) 
munosabatlaridan kelib chiqadi. 
Oila huquqining fuqarolik huquqidan farq qiluvchi asosiy xususiyati shundaki, oila huquqi 
tomonidan tartibga solinadigan mulkiy munosabatlar va shaxsiy nomulkiy munosabatlar faqatgina bitta 
oila azosi o’rtasida vujudga keladi hamda bu erda fuqarolik huquqi uchun eng asosiy o’rinni 
egallaydigan keng manodagi mulkiy muomala (oborot) kuzatilmaydi. Agar oila azolari o’rtasida o’zaro 
                                                           
1
 Ўзбекистон Республикасининг Оила кодекси. -Т.: Адолат. 1998. 

 
5
fuqarolik muomalasi (oldi-sotdi, hadya, ayirboshlash) amalga oshirilsa ham, bu holat oila huquqi 
meyorlari bilan emas, fuqarolik huquqi meyori bilan tartibga solinadi. 
Agar mulkiy munosabatlarda davlat hokimiyati organlari sifatida qatnashib, mazkur 
munosabatlarda ishtirok etuvchilarga o’z erklarini buyursalar, bunday mulkiy munosabatlar fuqarolik 
huquqiga emas, balki mamuriy huquqqa taalluqli bo’ladi. Chunonchi, yuqori davlat organining o’z 
vakolati doirasida chiqarilgan buyrug’iga muvofiq muayyan binolar, uskunalarni topshirish - qabul 
qilish bilan bog’liq munosabat mamuriy-huquqiy munosabatlar bo’lib hisoblanadi. Agar mulkiy 
munosabatlarda davlat organlari fuqarolik oborotining ishtirokchisi sifatida bir-birlariga nisbatan teng 
huquqli bo’lib va bir-birlariga o’zlarining erklarini buyruqlar tartibida buyura olmaydigan bo’lib 
qatnashsalar - bunday munosabatlar fuqarolik huquqiga taalluqli bo’ladi.  
Soliqlar olish, tashkilotlarni pul mablag’lari bilan taminlash, fuqarolarga pul ssudalari berishga 
doir va boshqa bir muncha munosabatlar moliya huquqi tomonidan tartibga solinadi. 
Shaxsiy huquqlar faqat fuqarolik huquqi bilan qo’riqlanmaydi. Fuqarolarning saylov huquqlari 
va boshqa siyosiy huquqlari, masalan, O’zbekiston Konstitutsiyasida ko’rsatilgan fuqarolarning 
shaxsiy huquqlari davlat huquqi tomonidan qo’riqlanadi. 
Mehnat munosabatlari -alohida guruhga kiradigan munosabatlardir. Mehnat muhofazasi, mehnat 
intizomi, ish haqi, ish vaqti va dam olish vaqti ijtimoiy sug’urta va mehnat bilan bog’liq bo’lgan 
boshqa xususiy munosabatlar mehnat huquqi normalari bilan tartibga solinadi. 
Tashkilotlar va fuqarolarning erdan, suvdan foydalanish sohasidagi munosabatlari mamuriy-
huquqiy xarakterga ega bo’lib, er va suv qonunchiligi bilan tartibga solinadi. 
Xalqaro xususiy huquq fuqarolik huquqidan farq qilib, chet el elementi bilan murakkablashgan 
mulkiy va shaxsiy nomulkiy munosabatlarni tartibga soladi. O’z-o’zidan ravshanki, agar mulkiy va 
shaxsiy nomulkiy munosabatlarda chet el elementi ishtirok etsa, bunday munosabat xalqaro xususiy 
huquq predmeti hisoblanadi
1

Xo’jalik va tadbirkorlik huquqi tomonidan tartibga solinadigan munosabatlar esa, xo’jalik 
yurituvchi subektlarning tashkiliy boshqaruv, ularning o’z faoliyatini amalga oshirishi uchun turli xil 
fuqarolik-huquqiy shartnomalarga kirishi bilan bog’liq bo’ladi (mutaxassislar hozirgacha bu huquq 
sohasining predmetini aniq talqin etisha olmaydi). 
Fuqarolik huquqi huquqning boshqa sohalari kabi o’zi tartibga soladigan huquqiy 
munosabatlarga, ularning ishtirokchilari xatti-harakatlariga tasir ko’rsatish maxsus vositalar va usullar 
yig’indisidan, yani o’z uslubidan foydalanadi. Qo’riqlash funktsiyasini bajaruvchi huquq sohalaridan 
(jinoyat huquqi, mamuriy huquq va sh.k.) farqli ravishda fuqarolik huquqi, eng avvalo, normal 
huquqiy munosabatlarga tasir ko’rsatadi. Uning tartibga solish uslubidagi o’ziga xos xususiyatlar: 
- fuqarolik huquqiy munosabatlarda ishtirok etuvchilarning teng huquqqa ega bo’lishlari, ularga 
imkon boricha erkinlik, mustaqillik va tashabbuskorlik berilishida; 
- fuqarolik huquqida imperativ meyorlardan ko’ra, dispozitiv meyorlarning kengroq 
qo’llanishida; 
- fuqarolik huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan javob-garlikning mulkiy xarakterda 
bo’lishida; 
- buzilgan huquqlarning sud orqali davo bildirish tartibida himoya qilinishida; 
-buzilgan fuqarolik huquqini himoya qilishda uni tan olish, tiklash, huquqni buzadigan 
harakatlarga chek qo’yish, etkazilgan zararlarni undirib olish va shu kabi choralar qo’llanishida 
namoyon bo’ladi.  
 
2. Fuqarolik huquqining asosiy tamoyillari 
Fuqarolik huquqining asosiy tamoyillari (printsiplari) – bu barcha fuqarolik qonunlari 
mazmuniga singdirilgan asosiy, boshlang’ich qoidalardir. H.R.Rahmonqulov fuqarolik huquqi 
tamoyillari haqida o’z fikrini bildirar ekan, huquqning alohida sohasi sifatida xususiy huquq tarkibida 
bo’lgan fuqarolik huquqi tamoyillari uning predmetini tashkil qiluvchi ko’p qirrali mulkiy, mulk bilan 
bog’liq va mulk bilan bog’liq bo’lmagan shaxsiy va tashkiliy-huquqiy munosabatlarning xususiyatlari 
bilan ifodalanishini takidlaydi
2

                                                           
1
 Раҳмонқулов Ҳ. ва бошқалар. Халқаро хусусий ҳуқуқ. –Т.: Иқтисодиёт ва ҳуқуқ дунёси. 2002. -13 б. 
2
 Ҳ.Р.Раҳмонқулов. Фуқаролик ҳуқуқининг предмети, методи ва тамойиллари. -Т.: ТДЮИ.2003.-35 б. 

 
6
Bular jumlasiga quyidagilar kiradi: 
1) Fuqarolik-huquqiy munosabatlarda ishtirok etuvchi taraflarning teng huquqliligi. Bu tamoyil 
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18-moddasida va FKning 1-moddasida o’z ifodasini 
topgan. Fuqarolik qonunlarida ushbu konstitutsiyaviy tamoyildan kelib chiqib, barcha fuqarolar uchun 
teng hajmda huquq layoqati, ularning huquq va muomala layoqatlari cheklanishiga yo’l qo’yilmasligi 
belgilab qo’yilgan; 
2) barcha mulk shakllarining tengligi va huquqiy tomondan bab-baravar muhofaza qilinishi. 
Mazkur tamoyil O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasi va O’zbekiston 
Respublikasi Fuqarolik kodeksining 116-moddasida bevosita mustahkamlab qo’yilgan; 
3) mulkiy munosabatlarning mafkuraviy munosabatlardan ajratilganligi. O’tmishda iqtisodiy, 
shu jumladan, mulkiy munosabatlarni tartibga solishda har xil mafkuraviy qoliplar va aqidalardan 
kelib chiqilgan edi. Hozirgi paytda esa, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 12-moddasida 
hech qanday mafkura davlat mafkurasi sifatida o’rnatilishi mumkin emas, deb ko’rsatildi; 
4) qonunda nimaki taqiqlanmagan bo’lsa, ruxsat beriladi. Bu tamoyil fuqarolik huquqiy 
munosabatlar ishtirokchilarining erkinligi, tashabbuskorligini kafolatlaydi. Qonunda nimaiki 
taqiqlanmagan bo’lsa, ruxsat berish tamoyili fuqarolik huquqi subektlarining nafaqat qonunda 
ko’rsatilgan harakatlarni amalga oshirish balki, qonunda belgilangan bo’lsa ham lekin, qonun bilan 
taqiqlanmagan har qanday harakatni amalga oshirishlari imkonini beradi. Lekin, shu o’rinda bunday 
harakatlarning ahloq meyorlariga ham zid kelmasligi lozimligini aytib o’tish joiz.  
5) fuqarolik-huquqiy munosabatlar ishtirokchilarning ijtimoiy adolat va qonuniylik tamoyillari 
asosida amalga oshiriladi. Bu holat O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 14-moddasida 
mustahkamlangan; 
6) fuqarolik-huquqiy munosabatlar ishtirokchilari mulkining daxlsizligi. Bu qoida FKning 1-
moddasida o’z ifodasini topgan. Shu bilan birga FKning 166-moddasiga muvofiq, mulk daxlsizdir va 
qonun bilan qo’riqlanadi. Mulkning daxlsizligi mulkdorga qarshi turgan barcha subektlarning mulk 
huquqini buzishidan o’zlarini saqlashdan iborat. Fuqarolik huquqining boshqa tamoyillari kabi 
mulkning daxlsizligi tamoyili ham mutlaqlik xarakteriga ega emasligini nazarda tutib, FKning 166-
moddasi 2-qismi, mulkdorning mol-mulkini olib qo’yishga, shuningdek, uning huquqlarini cheklashga 
faqatgina qonunda nazarda tutilgan hollardagina yo’l qo’yilishi mumkinligini belgilaydi.  
7) Qonuniy asoslarga ega bo’lmasdan turib, hech kim ishtirok-chilarning xususiy ishlariga 
o’zboshimchalik bilan aralishishga haqli emas.  
Fuqarolik huquqi uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan asosiy tamoyillardan biri hisoblangan 
xususiy ishlarga o’zboshimchalik bilan aralashishga yo’l qo’yilmasligi tamoyili fuqarolik huquqi 
subektlari o’z huquq va majburiyatlarini amalga oshirishlaridagi harakatlar bevositaligi va 
uzluksizligini taminlaydi. Malumki, fuqarolik huquqida fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining 
xususiy manfaatlari asosiy o’rinni egallaydi. Shuning uchun qonun chiqaruvchi ana shu manfaatlar 
ustunligini kafolatlash maqsadida FKning 1-moddasidayoq, mazkur tamoyilni mustahkamlaydi. 
Bundan tashqari ushbu tamoyil boshqa qonun hujjatlarida ham alohida qoida bilan belgilab qo’yilishi 
mumkin. Masalan, O’zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari 
to’g’risida”gi 2000 yil 25 maydagi qonunining 34-moddasiga muvofiq, davlat organlari va ularning 
mansabdor shaxslari tadbirkorlik faoliyati subektlarining qonun hujjatlariga muvofiq amalga 
oshirilayotgan faoliyatiga aralashishga haqli emas. 
8) fuqarolik huquqlarining to’sqinliksiz amalga oshirilishi (FKning 1-moddasi). Fuqarolik 
huquqiy munosabat ishtirokchilari o’z fuqarolik huquqlarini amalga oshirishda har qanday 
to’sqinliklarni bartaraf etilishini talab qilishga haqli. Qonun hujjatlaridagi bazi cheklashlarning mavjud 
bo’lishi bu tamoyilning ahamiyatiga putur etkazmaydi. Chunki huquq subektiga berilgan, huquq 
subektlarining o’z huquqini amalga oshira olish imkoniyatiga ega bo’lishlari, bu huquqlar 
mavjudligining asosiy mezonidir. 
9) fuqarolik huquqiy munosabat ishtirokchilarining buzilgan huquqlarining tiklanishi (FKning 1-
moddasi). Fuqarolik huquqi birinchi navbatda huquqiy munosabat ishtirokchisining buzilgan 
huquqlarining avvalgi holatiga qaytarilishiga qaratiladi (mulkni natura holida qaytarish, buzilgan 
shaxsiy huquqni tan olish va h.k.). Buzilgan huquqlarni tiklanishi, amaldagi mumkin bo’lmagan 
hollardagina, taraflar talabini qanoatlantirishning boshqa usullari qo’llaniladi; 

 
7
10) fuqarolik-huquqiy munosabat ishtirokchilari huquqlarining sud orqali himoya qilinishini 
taminlash (FKning 1-moddasi). Fuqarolik-huquqiy munosabat ishtirokchilari o’z huquqlarini himoya 
qilish uchun o’z talabini maxsus organ-sud orqali bildirishga haqli va bu huquq qonun bilan 
kafolatlanadi. 
11) shartnoma tuzish erkinligi (FK 1-354-moddalar). Fuqarolar (jismoniy shaxslar) va yuridik 
shaxslar o’z fuqarolik huquqlari hamda burchlariga o’z erklariga muvofiq ega bo’ladilar, o’z 
manfaatlarini ko’zlab amalga oshiradilar.  
FKning 354-moddasida esa, ushbu tamoyilning mazmuni ochib berilgan. Shartnomalar erkinligi 
tamoyilini quyidagi uchta holatini ajratib ko’rsatish orqali tushunish mumkin:  
1) subektning shartnoma bo’yicha o’z kontragenti yani, shart-noma bo’yicha sherigini tanlash 
erkinligi; 
2) shartnoma predmetini yani, aynan qanday holat yuzasidan shartnoma tuzishni tanlash 
erkinligi; 
3) shartnoma shartlarini tanlash erkinligi. 
12) bozor munosabatlari sharoitidagi muhim ahamiyatga ega bo’lgan fuqarolik huquqi 
tamoyillaridan yana biri-O’zbekiston Respublikasining butun hududida tovarlar, xizmatlar va 
moliyaviy mablag’larning erkin harakatda bo’lishidir (FK 1-moddasi). Bu tamoyil bozor iqtisodiyoti 
uchun muhim bo’lgan moddiy nematlarning erkin harakatlanishi hisobiga tovar-pul munosabatlarini 
tezlashishini amalga oshirishga xizmat qiladi. Malumki, iqtisodiy rivojlanish va mamuriy-hududiy 
tuzilmalarning geografik joylashishi, muayyan turdagi tovarlar taqsimotining nomutanosibligiga sabab 
bo’ladi. Mazkur tamoyil ana shu nomutanosiblikni bartaraf etishda etakchi o’rinni egallaydi. 
Fuqarolik huquqida xo’jalik hisobi tamoyili fuqarolik-huquqiy munosabatlarida, masalan, 
etkazilgan mahsulotlar yoki bajarilgan ishlar uchun kelishilgan narxlar bo’yicha haq to’lashda, 
shartnomalarni bajarmaganlik yoki kechiktirib bajarganlik yoxud sifatsiz bajarganlik uchun 
sanktsiyalar belgilashda ifodalanadi. 
Bulardan tashqari ayrim huquqiy institutlar, jumladan, majburiyat huquqi, mulk huquqi, 
mualliflik huquqi, vorislik huquqi instituti ham o’z tamoyillariga ega. 
 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling