Atrof muhitning ifloslanishi va global ekologik muammolar
Dunyoda yuz berayotgan ekologik, global iqlim
Download 72 Kb.
|
Atrof muhitning ifloslanishi va global ekologik muammolar-fayllar.org
Dunyoda yuz berayotgan ekologik, global iqlim
o‘zgarishlariga sabab bo’lgan omillar. Dunyoda yuz berayotgan ekologik, global iqlim o‘zgarishlariga nima sabab bo‘lmoqda – Dunyodagi barcha ekologik o‘zgarishlar, halokatlarga inson sababchi, deb hisoblayman. Suv toshqinlarining aksariyati global iqlim isishi oqibatidir. Yer o‘z yuzasidagi infraqizil nurlarni fazoga qayta chiqarmaslik xususiyatiga egadir. Ular erni issiq “ko‘rpa”ga o‘rab, issiqxona samarasini beradi va yerdagi haroratni saqlab turadi. Mazkur jarayon yerni hayot uchun yaroqli qiladi. Issiqxona gazlarisiz er hozirgidan taxminan 30 darajaga sovuqroq bo‘lar edi. Ammo afsuski, inson faoliyati natijasida atmosferaga yuqorida keltirib o‘tilgan gazlar chiqarilmoqda. Raqamlarga e’tibor bersangiz, bir kunda dunyoda 9 milliard litr neftь yoqiladi. Buning natijasida havodagi SO2 ning miqdori yiliga 30 foizga ortib bormoqda. Uning oqibatlari esa quyidagicha: harorat oshishi natijasida muzliklar eriydi. Muzliklar eriganda okean suvining harorati va fizik xossalari, okean oqimlari, mazkur oqimlarga bog‘liq bo‘lgan mamlakatlarda iqlim, global gidrologik tsikl va iqlimni yaratuvchi global jarayonlar o‘zgaradi. Oqibatda yog‘ingarchiliklar amplitudasida katta o‘zgarishlar yuz berib, u o‘ta ko‘p yog‘in yog‘ishi yoki umuman yog‘masligi bilan belgilanadi, qurg‘oqchilik va toshqinlar soni ko‘payadi, tabiiy ofatlar – tornado, tayfunlar, sellar, ko‘chkilar yuz beradi. Bir qarashda bu uncha qo‘rqinchli bo‘lib tuyulmasligi mumkin. Ammo Yerda harorat yana 5 darajaga ko‘tarilsa, barcha jarayonlar orqaga qaytarib bo‘lmaydigan tus oladi va sayyoramizda har qanday hayotga jiddiy xavf tug‘iladi. Inson biologik tur sifatida yashab qolishi masalasi kun tartibidan o‘rin oladi. Ayni shu sababli bu muammo olamshumul ahamiyat kasb etadi. Iqlim o‘zgarishi muammosi O‘zbekistonga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi. Albatta iqlim o‘zgarishi natijasida ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararni hali hech kim hisoblagani yo‘q. Xo‘sh, bizning faoliyatimiz iqlim o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatadimi? Albatta, ha. Avvalo bu avtomobillardan chiqayotgan zaharli gazlar, neftь, gaz, ko‘mir va o‘tinni yoqish oqibatida ajraladigan SO2, atmosferadagi aerozollar, tsement sanoati. Shuningdek, dehqonchilik, ozon qatlamining yupqalashishi, chorvachilikning rivoji, o‘rmonlarning kesilishi ham iqlim o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatadi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, 1901-2012 yillarda o‘rtacha global harorat Tselьsiy bo‘yicha 0,89 darajaga ko‘tarilgan. Bu 1400 yil mobaynidagi eng yuqori ko‘rsatkichdir. Xavotirli tomoni shundaki, bu jarayon davom etishi bashorat qilinmoqda. Ya’ni, 2016-2035 yillarda sayyoramizda havo harorati yana 0,3-0,7 darajaga ko‘tarilishi ehtimoldan xoli emas. Buning oqibatida yaqin o‘n yillikda qish chillasida harorat 20-30 daraja issiqqa ko‘tarilishi, yozda esa havoning sovub ketishini kuzatish mumkin. Eng achinarlisi, issiqxona effekti oqibatida dunyo aholisini, xususan siz-u bizning ichimlik suvimiz bo‘lmish tog‘lardagi muzliklarning zahiralari erishi natijasida kamayib boradi. 1960 yildan boshlab bugungi kunga qadar Erdagi qor va muz qoplami 15 foizga qisqardi. Iqlim isishi, ya’ni havo haroratining global ortishi muammosini bartaraf qilish juda murakkab vazifadir. Chunki, bu muammo ham “tabiat-inson-jamiyat” munosabatlariga, ya’ni uchlikning muvozanatiga, uyg‘un rivojlanishiga bog‘liqdir. Ushbu muvozanat yo‘llarini topish va uni saqlash uchun quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish lozim: - iqlim o‘zgarishi muammosi mazmun-mohiyatini chuqur anglash, er shari aholisi, davlatlar, xalqaro tashkilotlarning hamkorligiga erishish; - issiqxona hosil qiluvchi gazlar emissiyasini (atmosferaga chiqarishni) kamaytirish imkoniyatini beradigan yangi texnologiyani ishlab chiqish va unga o‘tish; - muqobil energiya manbalariga o‘tish va ularning samaradorligini oshirish; - ekinzorlardan, ayniqsa, sholipoyalardan metan gazining ajralib chiqishini kamaytiradigan texnologiya va usullarga erishish; - uy-joy va binolarni isitishda tejamkor, ekologik talablarga javob beradigan usullarni joriy etish; - har bir insonda “Sayyoramiz-umumiy uyimiz” tuyg‘usi va mas’uliyatini oshirish, ekologik madaniyatni shakllantirish; - maishiy chiqindilarni oqilona bartaraf qilish texnologiyasini takomillashtirish; - iqlim isishi indikatori va oqibatlarini hududlar doirasida o‘rganish va uni bartaraf qilishning geografik asoslarini izlash va ushbu mavzuda loyihalarni ishlab chiqib amaliyotga tatbiq qilishdir. Umuman olganda, ekologik muvozanatning buzilishi va erlar degradatsiyasining oldini olish, bioxilmaxillikni saqlash, cho‘llanish hamda qurg‘oqchilikka qarshi kurashishda biologik resurslarni muhofaza qilish talablariga to‘liq rioya etilishini ta’minlash, shamol va suv eroziyasiga qarshi kurashish samaradorligini oshirish va atrof-muhitni muhofaza qilish maqsadida: birinchidan, yer va suv resurslarini boshqarishdagi iqtisodiy mexanizmlar hamda huquqiy asoslarni takomillashtirish va me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablariga qat’iy rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish; ikkinchidan, yer hamda suv resurslarini barqaror boshqarish va keng o‘rmonlarni barpo etish yo‘li bilan bioxilmaxillikni saqlash, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, iqlimning noqulay oqibatlariga moslashish; – Ekologiya sizu biz, jamiyat, davlatning kelajagidir. Uning yomonlashuvi kelajagimizning barbod bo‘lishidir. Bu gaplar sal balandparvoz tuyulishi mumkin. Ammo bugungi kunda O‘zbekistonda tabiatga munosabatga bir nazar tashlaylik. Ekologiya bo‘yicha qonunlar deyarli ishlamayapti. Orqama-ketin qabul qilinayotgan qarorlar qog‘ozda qolib ketmoqda. Butun dunyo daraxtlarni saqlash, hayvonlarni himoya qilishga bel bog‘laganda, bizdagi quruq gaplarning aksariyati qog‘ozda qolib ketmoqda. Yaqinda jamoatchilik tomonidan juda ham ko‘plab e’tirozlar bildirilgan daraxtlarni kesishni to‘xtatish maqsadida moratoriy (atigi bir yilga) e’lon qilindi. Ammo “qimmatbaho navli daraxtlar” ro‘yxati e’lon qilinmadi. Ya’ni aholiga oxirigacha mazkur qarorning ahamiyati to‘liq tushuntirib berilmadi. Ekologiya qo‘mitasi, Ekologik Download 72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling