Atrof muhitning ifloslanishi va global ekologik muammolar
partiyasining o‘rni ekologik muammolarni echimini izlashda deyarli bilinmayapti
Download 72 Kb.
|
Atrof muhitning ifloslanishi va global ekologik muammolar-fayllar.org
partiyasining o‘rni ekologik muammolarni echimini izlashda deyarli bilinmayapti. Viloyatlarda ijtimoiy muammolar hal qilinmaganligi, ya’ni ko‘plab qishloqlarda gaz yo‘qligi sababli daraxtlarni, saksovullarni kesish avj olmoqda. Ammo ularni kesayotgan aholi kelajakda o‘zini yashashini ta’minlash uchun o‘rniga hech bo‘lmaganda bitta daraxtni ekishni o‘ylamaydi. Zero, har bir qishloqdagi xonadon o‘zini qishda o‘tin bilan ta’minlash uchun tomorqasining bir qismida terak etishtirsa, atrofdagi manzarali, mevali daraxtlarning kesilishini oldi olingan bo‘lar edi. Yana bir masala Qizil kitobga kiritilgan hayvonlarga bo‘lgan munosabat. Ruhshunoslar hayvonlarga nisbatan bolalikdan vahshiyona munosabat kelajakda ularning jinoyatchi bo‘lib etishishlariga zamin yaratishini allaqachon isbotlashgan. Diniy tomondan olib qaralganda ham hayvon va o‘simliklarga vahshiyona munosabat islomda qoralanadi. Alloh taolo Qur’oni karimda er yuzidagi barcha narsalarga, jumladan, hayvonot dunyosiga qanday munosabatda bo‘lish lozimligini mufassal bayon qilib bergan. Ko‘pgina oyatlar musulmonlarga Alloh taoloning hayvonot olamini yaratish maqsadini tushuntirib beradi. Ularni hayvonot dunyosini muhofaza qilishga va o‘rganishga da’vat qiladi. Qur’oni karim hayvonot dunyosidan inson qanday foyda olishi mumkinligini, jonzotlarni qay tarzda tarbiya qilish kerakligini uqtiradi; arzimas tuyulgan, oddiy jonivorlarda uchraydigan ilohiy qudratni ko‘rish va undan ibrat olishga chaqiradi. – Ekologik vaziyat haqida so‘z ketganda beixtiyor ekologik ong haqida o‘ylaysan kishi. Insoniyatning hozirgi holati kesilayotgan shoxda o‘tirib arra tortayotgan Afandini eslatmaydimi? – Ekologik ong o‘z ichiga yoshlikdan tabiatga to‘g‘ri munosabatning shakllanishida ko‘rinadi. Ya’ni tabiat biz uchun xizmat qilishi, hayvon va jonivorlar odamlarning hududlarida yashayotgani emas, aksincha biz ularning hududida yashayotganligimizni his qilishni tarbiyalashdan boshlanadi. Zardushtiylik dini eng “ekologik” din bo‘lgan. To‘rt unsur – suv, havo, olov va tuproq tozaligini saqlash, ularni ifloslantirish uchun esa ulkan gunoh bo‘lib, jazo muqarrar bo‘lgan. Bu muqaddas “Avesto” kitobining har bir bandida ko‘ringan. Yuqorida aytganimdek, Islomda ham tabiatga vahshiyona munosabat keskin qoralanadi. Ammo oilada ekologik tarbiyaning berilmasligi, ta’lim muassasalarida ekologiya borasida soatlarning o‘ta kamligi, atrof- muhitga zarar etkazish borasidagi jarimalarning pastligi, ekologik yo‘nalishdagi tashkilotlar faoliyatining sustligi, bu sohada korruptsiyaning keng yoyilganligi (pora evaziga noyob qush va jonivorlarni ov qilish, daraxtlarni kesishga ruxsat berilishi), qat’iy ekologik siyosatni amalga oshirilmayotganligi bevosita savoldagi shoxda o‘tirib arra tortayotgan Afandini eslatadi. Mutaxassislarning aytishicha, aynan zavodning faoliyati oqibatida biosfera rezervatida turong‘il, jiyda kabi daraxtlarning qurishi kuzatilmoqda, hayvonot dunyosi sog‘lig‘iga zarar etkazilayotir. Biosfera rezervati shuningdek suvsizlikdan azob chekmoqda. Ma’muriyatning aytishicha, ularda suv chiqarish uchun nasos bor, ammo uni ishlatish uchun 2 km.ga elektr simi tortilishi zarur, bunga esa mablag‘ etishmaydi. Natijada suvsizlikdan noyob o‘simliklar qurib bormoqda. Balki Qoraqalpog‘iston yoki Xorazmdan mard homiy-tadbirkor topilib, bu muammoni echimiga yordam berar? Bunday misollar juda ham ko‘p. Xo‘sh, kelajakda biz avlodlarga qanday O‘zbekistonni qoldiramiz? – Suv muammosi alohida og‘riqli mavzu. Orol fojiasi haqida ko‘p va ho‘p gapirildi. Ammo bu bilan endi dengizni qaytarib bo‘lmaydi. Mamlakatimizda 92 foiz ishlatiladigan suv hajmi qishloq xo‘jaligiga to‘g‘ri keladi. Suv ko‘p iste’mol qiladigan g‘alla, sholi va makkajo‘xori etishtirishga chuchuk suvning 27 foiz sarflanadi. Tadqiqot natijasiga ko‘ra, go‘sht ishlab chiqarishga 22 foiz, sutga 7 foiz suv sarflanishi aniqlangan. Aynan biror mahsulotga sarflanadigan suv “virtual suv” deb ataladi. Va suvni tejash haqida gap ketganda aynan “virtual suv”ni tejash lozim. Bu borada aholining bilimini xabardorligini oshirish lozim. Keling, mana bu faktlarga nazar tashlaylik. Suvga oid faktlar - Chuchuk suv zaxirasining 70-90 foizi rivojlanayotgan mamlakatlarda ekinlarni etishtirish uchun ishlatiladi; - Kundalik ehtiyojni qondirish uchun aholi jon boshiga kuniga 50 litr suv kerak (Dublin tamoyillari,1992); -1 kg guruch etishtirish uchun 3000 l suv zarur; - Bitta buxanka (400 gramm) nonga ketadigan unni etishtirish uchun 550 l suv kerak; - Rivojlangan mamlakatlarda 100 gramm mol go‘shti ishlab chiqarish uchun o‘rtacha 7000 l suv ishlatiladi; - Ikki yoki undan ortiq mamlakatga tegishli er osti suvlaridan tejamsiz foydalanilayotgan 263 daryo havzasi mavjud; - Suv isrof qilinishi sababli Hindistondagi 25 foiz hosilning taqdiri doim xavf ostida turadi. – Hozirgi yoshlarda yovuzlikka moyillik, yovuzlikni yoqtirish vasvasasi kuchayib bormoqda. Bu nihollarning sindirilishidan tortib azim chinorlarning kesilishida bir chumchuq bolasiga ozor etkazishdan kattakon ayiqni o‘ldirib, mazza qilishda namoyon bo‘lmoqda. Ayting-chi, bu jarayonni qanday to‘xtatish mumkin? Dunyo tajribasida bunday jarayonlar qanday boshqarilgan va ularga qarshi qanday ta’sirchan choralar ko‘rilgan? – Avvalo yuqorida aytganimdek, ta’lim muassasalarida ekologik darslarni ko‘paytirish lozim. Avvalo ekologik madaniyat oiladan boshlanishi lozim. “Qush uyasida ko‘rganini qiladi” deganlaridek, aksariyat holatda farzandi qo‘lidagi chiqindini duch kelgan joyga uloqtirsa, daraxtning shoxini sindirsa, jonivorlarga ozor bersa, yonida bo‘la turib, ota -onalari indamaydi, tanbeh bermaydi. “Bolada, bolaligiga boradi” deb, qo‘ya qolishadi. Ko‘chada indamay yotgan it yoki mushukni uzoqdan ko‘rishsa, “Borma tishlaydi, tirnaydi” deb, jonivorga talpingan go‘dakda ularga nisbatan adovat hissini uyg‘otishadi. Aksariyat holatda farzandlarga o‘rnak bo‘lgan holda, o‘zlari qo‘lidagi sigaret qoldig‘i, muzqaymoq qog‘ozi, ichimlik baklashkasi yoki shishasini erga, ariqqa tashlashadi. Bugun zudlik bilan maktabgacha ta’lim, o‘rta, o‘rta-maxsus, oliy ta’lim tizimiga – qaysi yo‘nalish bo‘lishidan qat’iy nazar ekologiya fanlarini kiritish zarur. Chunki aynan ekologiya bu bugungi kun hayotimiz, kelajagimiz demakdir. To‘g‘ri o‘rta ta’lim tizimida “Tabiatshunoslik”, “Ekologiya” fanlari bor. Ammo ularning soati kamligi, shuningdek mazkur fanlardan bevosita mutaxassislar dars bermasligi etarli natijani bermayapti. Birgina O‘zbekistonda qarovsiz hayvonlarga nisbatan aholining munosabatini olaylik. Hayvonlarga nisbatan insonparvarlik munosabatida bo‘lish – bu taraqqiy etgan jamiyat madaniyatining ajralmas va o‘ta muhim bo‘lgan qismidir. Kriminologiya, psixologiya, sud psixiatriyasi sohasidagi olimlarning o‘tkazgan tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘layotgan shaxslar ko‘pincha potentsial jinoyatchilar bo‘ladilar va huquq-tartibot organlarining jiddiy e’tiboriga loyiqdirlar. Tadqiqotlarning ko‘pchiligi shuni ko‘rsatadiki, manьyak-qotil 8-12 yoshdanoq shakllana boshlaydi. Agar ilgari bolalarning hayvonlarni tahqirlashi asosan oiladagi nomaqbul vaziyat tufayli tarbiyadagi nuqson sifatida talqin etilgan bo‘lsa, hozirgi kunda olimlarning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, shafqatsizlik va tajovuzkorlik uchun alohida gen javob beradi. Bolalik yoshida ushbu gen ma’lum bir vaziyatlarda psixopatiyaga olib kelishi mumkin. Singapurda jamiyat bolalar tarbiyasi yuzasidan muammolarga duch kelganida mamlakat bosh vaziri Li Kuan Yuning o‘tkazgan islohotlari natijasida maktablarda o‘simlik va hayvonot dunyosiga mehrni kuchaytirish borasida ekologiya darslari soni oshirildi. Hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lgan ota-onalarini ularning o‘z farzandlari uyaltira boshlashdi. Singapurda aynan uysiz hayvonlarni himoya qilish borasida kampaniyalar boshlandi. Natijada o‘smirlar va bolalar amalga oshirayotgan jinoyatlar soni keskin kamaydi. O‘zbekiston 1995-yilda “Biologik xilma-xillik to‘g‘risida”gi xalqaro Konventsiyaga qo‘shilgan va bu bilan o‘z hududidagi hayvonot va o‘simlik olamini himoya qilish majburiyatini olgan. Shunday ekan, hayvonlarni vahshiylarcha qiradigan ana u odamsimonlarni avvalo Qizil kitobga kiritilgan, ovlanishi taqiqlangan hayvonni ovlagani uchun, ana undan keyin hayvonlarga shafqatsizlarcha munosabatda bo‘lgani uchun, vahshiyligini video orqali ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib qirilib ketish xavfi ostida bo‘lgan Himolay qo‘ng‘ir ayiqlarining bundan keyingi hayotini yanada xavf ostida qoldirgani uchun albatta jazolanishi shart! Yaqinda aholi tomonidan Parlamentga muhokama uchun taklif kiritish imkonini beruvchi “meningfikrim” portaliga maktablarda o‘qitiladigan botanika, zoologiya, fizika, kimyo, algebra fanlarini qisqartirib buning o‘rniga odamlarga foydasi tegadigan etika, ovqatlanish, jamoat transportida yurish madaniyati haqidagi fanlar kiritilishi borasida taklif qo‘yildi. Taklif muallifining fikricha, ushbu fanlar kerakciz bo‘lib, odam hayoti davomida deyarli ishlatilmaydigan fanlar ekan. Mana bu bizning eng so‘nggi nuqtamiz bo‘lsa kerak! Shuning uchun, ko‘rilayotgan choralar, shu jumladan qabul qilinayotgan qonunlar, tarbiyaviy usullar hayvonlarga, o‘simliklarga yoyinki butun tabiatga nisbatan insonparvarlik madaniyatini va mas’uliyat hissini shakllanishiga xizmat qilishi kerak. Biz insonligimizni, Ona tabiatning ustuni emas, aksincha uning bir bo‘lagi ekanligimizni unutmasligimiz lozim. Xulosa Ushbu mustaqil ishni tayyorlash mobaynida o’zimga kerakli bo’lgan xulosalarni chiqarib oldim deb o’ylayman. Shu olamda yashay turib ko’plab ekologik muammolarga e’tibor qaratmagan ekanman. Yer shari yaqin yuz yilliklarda katta o’zgarishlarga duch keldi va hanuz bu o’zgarishlar tugagani yo’q, aksincha kundan kunga ko’payib bormoqda. Bularning asosiy qismini salbiy o’zgarishlar ya’ni ona sayyoramiz kelajagiga daxl solishi mumkin bo’gan ekologik, global muammolar tashkil etadi. Ayniqsa hayvonot, nabotot olami bu salbiy oqibatlarning qurbonlariga aylanayotgani bizni tashvishga solishi lozimdir. Chunki tabiat shunday muvozanatda yaratilganki, unda har bir jonzotning, o’simliklarning qo’yingki barcha tirik organizmlarning o’z vazifalari mavjud. Misoli hayot zanjirining qismlari kabidir. Inson shu zanjirning bir qismi aslida, biroq buni anglamog’lik ayni vaqtda dolzarb masalaga aylanayotgani kishini tashvishga soladi. Chunki ko’plab ekologik muammolar bizning vatanimizga ham o’z tasirini o’tkazmoqda. Orol dengzi muammosi bunga yaqqol namunadir. Yerlarning shoʻrlanishi, turar joylar, maʼmuriy binolar va asfaltlangan yoʻllarga katta ziyon keltirmoqda. 1986-yilda 78 % turar joylar foydalanishga yaroqsiz boʻlib qolgan. Bu halokat ichimlik suvlarni ifloslantirib, aholi oʻrtasida kasallikni kuchayishiga olib keldi. Amudaryo va Sirdaryo suvidan foydalanishda yoʻl quyilgan xatoliklar Orol boʻyida ekologik falokatni keltirib chiqargan. Mana shunday muammolar bizga tahdid qilib turgan ushbu kunda butun davlat miqyosida ekologik muammolar yechimlariga qaratilgan tashkiliy tuzilmalar o’z faoliyatlarini yo’lga qoymoqdalar. Mavjud komissiyalar vakolatlari kengayib, amaliy ishlar soni ko’payyotgani ayni xaqiqatdir. Shu o’rinda biz yoshlar ham o’z hissalarimizni qo’shmog’imiz, ko’ngillilar safida javlon urib xizmat qilmog’imiz vatanimiz, elu- yurtimiz oldida turgan muhim burchlarimizdan biridir. Ushbu masuliyatni chuqur anglagan holda o’z ishlanmalarimizni taqdim etishimiz, ekologik muammolarga oson yechimlarni o’z izlanishlarimiz, xulosalarimizga tayangan holda topmog’imiz ayni kundagi dolzar masaladir. Ilm - fan va texnika yutuqlarini amaliyotga joriy qilib, suv resurslarida unumli, oqilona, samarador foyidalanish usullarini ishlab chiqar ekanmiz bu kabi global, ekologik muammolarning yechimi asta sekin topiladi. Qilingan amaliy ishlar, tajribalar, aniq hisob kitobarga asoslangan holda mahsus inshoatlar, energiya tejamkor qurilmalar, muqobil energiya manbalarini ishlash tamoyillarini o’rganib amaliyotga joriy qilish bizning vazifamizdir va biz shunga qodir yosh kadirlarmiz deya ishonch bilan ayta olamiz. Bizga faqatgina davlatimiz ko’magi va eng muhim masala bo’lgan salohiyatli ustozlar bilimi katta madad beradi! Download 72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling